“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


Riskni yoqtirmaslik (xush ko‘rmaslik, qabul qilmaslik, tan olmaslik)



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/202
tarix21.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#158949
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   202
Moliya UMK

Riskni yoqtirmaslik (xush ko‘rmaslik, qabul qilmaslik, tan olmaslik). 
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, tikilgan (joylashtirilgan, kiritilgan) kapitalning 
daromadlilik stavkasi doim risk bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu munosabat bilan 
quyidagi savolning tug‘ilishi, tabiiy: bozor iqtisodiyoti sharoitida kafolatlangan 
foiz stavkasini olish imkoniyati bormi va uni nima belgilaydi? 
Bu savolning javobi quyidagicha: moliya tizimi riskdan holi aktivlarga pul 
tikishni istagan kishilarga ma’lum imkoniyatlar yaratib beradi. Buning uchun ular 
tikilgan (joylashtirilgan, kiritilgan) kapi-taldan kutilgan daromadning ma’lum 
qismidan voz kechishlari zarur. Riskdan uncha qo‘rqmaydigan kishilar
65
riskka 
toqati yo‘q kishilar
66
ga kafolatlangan foiz stavkasi olish imkoniyatini beradilar. 
Biroq, bu stavka risk darajasi yuqori bo‘lgan aktivlar bo‘yicha kutilgan o‘rtacha 
daromadlilik stavkasidan past bo‘ladi. Aholi orasida riskni tan olmaslik darajasi 
qanchalik yuqori bo‘lsa, risk uchun mukofot shunchalik yuqori va risksiz foiz 
stavkasi miqdori shuncha past bo‘ladi.
8-mavzu. Moliyaviy vositachilar 
Reja: 
1.
 
Banklar va boshqa depozit-jamg‘arma muassasalari 
2.
 
Sug‘urta kompaniyalari 
3.
 
Pensiya fondlari 
4.
 
O‘zaro fondlar 
5.
 
Investitsion banklar 
6.
 
Venchur kompaniyalariga kapital qo‘yuvchi firmalar va aktivlarni 
boshqaruvchi firmalar
 
7.
 
Axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar
 
1. Banklar va boshqa depozit-jamg‘arma muassasalari 
Moliyaviy vositachilar shunday firmalarki, ularning asosiy vazifasi moliya 
bozoridagi mijozlarni shaxsan ular ishtirokidagi operatsiyalaridan ko‘ra yuqoriroq 
65
Bunday kishilar toifasiga kimlarni kiritsa bo‘ladi? Ularning shu toifaga kiritilishiga nimalar asos bo‘lishi mumkin? 
66
“Riskka toqati yo‘q kishilar” – ular kimlardan iborat? Nega ular shunday deb nomlanadi? Ularning bunday nomni 
olishlariga nimalar sabab bo‘lgan?


73 
samara beradigan moliyaviy mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlashdan iborat. Eng 
umumiy ko‘rinishda ularning tarkibini quyi-dagicha tasavvur etish mumkin (8.1-
rasm): 

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin