72
taqdirda ham foiz stavkasi ijobiy bo‘ladi, shuningdek, odamlarning pul berish va
qarz olishlari uchun yagona sabab ularning umri davomida
xohish-istaklarining
doimo o‘zgarib turishidir, degan taxmindan kelib chiqib ish ko‘radilar. Umuman
olganda, odamlar tovar va xizmatlarni ertaga qoldirmasdan bugun iste’mol qilishni
qanchalik ko‘p afzal ko‘rsa, iqtisodiyotda foiz stavkasi shuncha yuqori bo‘ladi.
Odamlar, odatda, hayotning hamma ne’matlaridan ertaga emas,
bugun
foydalanishni afzal ko‘rishlarining sabablaridan biri ular qachon o‘lishining
noma’lumligidir. Inson hozir tirikligini biladi va u bugunning o‘zida imkoni
boricha o‘zining barcha ehtiyojlarini qondirib, hayotning ne’matlaridan rohat
olmoqchi.
Kelajakka kelsak, doimo bu ishni keyin ham qila olishi bo‘yicha
qandaydir darajada mavhumlik mavjud bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: