89
rivojlantirish uchun qoldirgan taqsimlanmagan sof foyda summasiga teng
miqdorda ortgan. Bu davrda yangi aksiyalar chiqarilmagan. Shuning uchun
kapitalning to‘langan qismi ko‘rsatkichi o‘zgarishsiz qolgan.
2-nazorat uchun savol
Agar yil davomida “XYZ”
korporatsiyasi qo‘shimcha 50,0 mln. so‘mlik uzoq
muddatli obligatsiyalarni muomalaga chiqarib, olingan mablag‘ni o‘z aktivlarining
tegishli qismiga – pullar va bozor qimmatli qog‘ozlariga – kiritganida,
korporatsiyaning balansi yil oxiriga kelib qanday o‘zgargan bo‘lar edi?
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi
hisobotda ma’lum vaqt oralig‘ida firma samaradorligiga umumiy baho beriladi.
Biz o‘rganayotgan misolda bu davr 1 yilga teng. Buning uchun foyda (income,
profit, earnings) deb ataladigan asosiy moliyaviy ko‘rsatkichdan foydalaniladi.
Foyda – bu kompaniyaning daromadi va xarajatlari o‘rtasidagi farq. 11.3-jadvalda
keltirilgan hisobotda 20x1 yilda “XYZ”
korporatsiyasi tovarlarini sotishdan
kelgan tushum (daromad) 200,0 mln. so‘mni, sof foyda – 23,4 mln. so‘mni tashkil
etgani ko‘rsatilgan.
11.3-jadval
Dostları ilə paylaş: