212
21.1-rasm
. Yarim-o’zgaruvchan xarajatlarning mahsulotning mos hajmiga
nisbatan o’zgarishi
Bir firmada energiya xarajatlari asosan o’zgarmas bo’lsa,
yana boshqa
firmada ular mahsulot hajmiga qarab o’zgarishi mumkin
122
.
Shuningdek, ayrim xarajatlar ba’zan o’zgarmas bo’lishi mumkin,
keyinchalik esa ishlab chiqarish hajmi yuqori pog’onaga ko’tarilgach ular ham
keskin ko’tariladi va o’zgarmay turaveradi; ishlab chiqarish hajmi yana o’ssa, ular
ham ko’payadi. Bunday xarajatlar yarim-o’zgaruvchan yoki yarim-o’zgarmas
xarajatlar deb nomlanishi mumkin. Tanlash sizning ixtiyoringizda, chunki har ikki
termin ham amaliyotda qo’llaniladi. Ishlab chiqarishni
nazorat qiluvchilarga
to’lanadigan ish haqi bunga misol bo’lishi mumkin. Qisqa muddat ishlab chiqarish
hajmini 15 foizga qisqartirib turishga to’g’ri kelsa, korxona nazoratchilar ish haqini
ham 15 foizga qisqartirishi haqiqatdan yiroq. Shunga o’xshash,
sotuvchilarga
to’lanadigan komission haq ular ko’proq sotganlari sayin ortib boradi.
Xarajatlarning bu turdagi xususiyati 3 chizmada tasvirlangan.
Zararsizlik modelini qo’llash va murakkab xarajatlar strukturasi masalasini
hal qilish uchun moliyaviy menejer rejalashtirilayotgan maqsadlar uchun eng
munosib ishlab chiqarish hajmini aniqlash (1) va ushbu
ishlab chiqarish hajmiga
muvofiq ravishda yarim-o’zgaruvchan xarajat moddalarining bir qismini
o’zgarmas, qolganini esa o’zgaruvchan xarajatlarga
ajratish orqali ularning
qiymatli samaradorligini aniqlashi shart. Haqiqiy biznes jarayonida bu jarayon
hazil emas. U haqiqiy zararsizlik hisob-kitoblarini qilishga
nisbatan xarajatlarni
o’zgarmas va o’zgaruvchan kategoriyalarga ajratishda raqamlar bilan ishlashga
ko’proq vaqt sarflaydigan tahlilichi uchun noodatiy emas.
Jami daromad va ishlab chiqarish hajmi. O’zgarmas va o’zgaruvchan
xarajatlardan tashqari, zararsizlik modeli savdodan olingan jami daromad va ishlab
122
Havo harorati qattiq nazorat qilinuvchi issiqxonalarda isitish xarajatlari ko’pincha issiqxona binosi o’simliklar
bilan to’la yoki to’la emasligidan qat’iy nazar o’zgarmas bo’ladi. Tutqichlarni ishlab chiqarishga qaratilgan metalga
shakl berish jarayonida mashinalar to’xtab turgan yoki ishchilar ishda bo’lmagan vaqtda korxonani yuqori darajada
isitish shart emas. Bu holatda, isitish xarajatlari ko’proq o’zgaruvchan deb hisoblanadi.
213
chiqarish hajmi kabi muhim elementlarni ham o’z ichiga oladi. Jami daromad jami
savdo hajmining puldagi qiymatini anglatadi va u
mahsulot birligi narxining
sotilgan mahsulot miqdoriga ko’paytirish orqali aniqlanadi. Ishlab chiqarish hajmi
esa firmaning faollik darajasini bildiradi va uni birlik miqdorda yoki pulda
ifodalash mumkin.
Zararsizlik nuqtasini topish
Ishlab chiqarilgan mahsulot birligi nuqtayi nazaridan
zararsizlik nuqtasini
topishning bir necha usullari bor. Bu usullarning barchasi hozirgina ta’kidlab
o’tilgan zararsizlik modelining muhim elementlariga asoslanadi. Zararsizlik modeli
firmaning daromadlar to’g’risidagi hisobotini quyida berilgan formula ko’rinishida
ifodalashni talab etadi:
Dostları ilə paylaş: