10-mavzu. Xalqaro savdo bitimlari Topshiriqlar 1-masala



Yüklə 27,06 Kb.
tarix22.12.2023
ölçüsü27,06 Kb.
#190326
10-mavzu. Xalqaro savdo bitimlari


10-mavzu. Xalqaro savdo bitimlari


Topshiriqlar
1-masala. Vositachi firma yogoch materiallarini eksport qiladi (1000 kub.m.). Eksport litsenziyasini olish birjada 600 ming so’mga tushadi. Eksport uchun tovarning ishlab chiqaruvchidagi narxi 1 kub.m. 2000 so’m bo’lib, chet ellik firmaga FOB shartida sotilgan. Yuklash-tushirish va transport xarajatlari mahsulot narxining bir qismini tashkil qildi. Boshlangich eksport tarifi stavkasi 11EKYU. Sotuv narxi 1 kub.m. 42,1 dollar. (Valyuta kursi quyidagiga teng: 1 EKYUk279,17 so’m; 1 doll. 204 so’m.) Firmaning eksport bitimlari samaradorligini aniqlang.


2-masala. Korxona yanvar oyida chet ellik firma bilan tonnasi 950 funt sterling narxda metall mahsulotlari tayyorlash bo’yicha shartnoma imzoladi. Shu vaqtning o’zida London metall birjasida tonnasi 952 funt sterlingdan fyuchers sotib olindi. Mart oyida shartnomani bajarish va fyuchersni sotish payti keldi. Bu vaqtga kelib ayrim sabablarga kura metall mahsuloti narxi tonnasi 960 funt sterlingga etdi. Fyuchersni tonnasi 962 funt sterlingdan sotish mumkin bo’ldi:
Firma fyuchersni sotib olmaganda zarar ko’rarmidi? Zarar miqdori qanchalik bo’lardi? Fyuchersni xarid qilish korxonaning foyda olishini ta’minlaydimi? Uning miqdori qanday bo’ladi? Foyda va zarar nisbati qanday bo’ladi?


Testlar

  1. Kross-litsenziya nima?

a) litsenziar uchun huquq beruvchi litsenziya
b) intellektual mulk litsenziyasidan birgalikda foydalanish huquqi
v) asbob-uskunalarni etkazib berish huquqini beruvchi litsenziya
g) kross-kelishuvga asoslangan litsenziya

  1. Xalqaro savdo bitimlari turlari:

a) eksport bitimlari; import bitimlari; reeksport bitimlari
b) oldi-sotdi bitimlari; barter bitimlari; eksport bitimlari
v) oldi-sotdi bitimlari; tovar ayirboshlash bitimlari; barter bitimlari
g) reeksport bitimlari; tovar ayirboshlash bitimlari; reimport bitimlari

  1. Ofset bitimi xalqaro savdoda javob tariqasidagi operatsiyalarning bir turi bo’lib, nimani nazarda tutadi?

a) teng qiymatli tovarlarni etkazib berilishini ko’zda tutadi
b) retsipient mamlakat import qilinayotgan mahsulot, texnologiya yoki asbob-uskunalarga to’xtovsiz tovar etkazib berish bilan hisob-kitob qiladi
v) ochiq dengizda hujjatlarni almashtirish va tovar jo’natilgan manzilni o’zgartirish yordamida amalga oshiriladi
g) tovar ayirboshlashni hamda turli xil xizmat va imtiyozlar o’rniga kapital kiritish imkoniyatini taqdim etishni nazarda tutadi

  1. Eksport bitimlari bu

a) tovarni chet ellik kompaniyadan sotib olish va uni chet eldan mamlakatga olib kirish
b) chet ellik xaridorga tovarni sotuvchining mamlakatidan chet elga olib chiqib sotishdir
v) tovarni chet ellik sotuvchidan sotib olish va uni chet eldan mamlakatga olib kirish
g) tovarni chet ellik kompaniyalarga chet elga olib chiqib sotish

  1. Mahsulot eksport qilish usullarini ayting:

a) shartnomalar orqali boshqarish
b) portfel investitsiyalar
v) bilvosita eksport
g) qo’shma korxona tuzish

  1. Tovar ayirboshlash operatsiyalarining quyidagi shakllari mavjud:

a) franchayzing, lizing, muqobil xaridlar, barter bitimlar
b) franchayzing, lizing, kompensatsiya kelishuvlari
v) litsenzion kelishuvlar, franchayzing, lizing
g) muqobil xaridlar, barter bitimlar, kompensatsiya kelishuvlari

  1. Kliring kelishuvlari

a) majburiyatlarni o’zaro hisobga olish to’g’risidagi hukumatlararo kelishuvlardir
b) majburiyatlarni o’zaro hisobga olish to’g’risidagi firmalararo kelishuvdir
majburiyatlarni o’zaro hisobga olish to’g’risidagi kelishuvlardir
g) xalqaro oldi-sotdi kelishuvlar

  1. Kliring kelishuvlari texnik jihatdan qaysi tizim bo’yicha amalga oshirilishi mumkin?

a) ochiq va yopiq hisob tizimi
b) milliy va xalqaro hisob tizimi
v) ichki va tashqi hisob tizimi
g) ikki yoqlama hisob yoki yagona hisob tizimi

  1. Agentlik kelishuvi bu -

a) huquqiy shaxs (agent) bilan tuziluvchi shartnoma turi
b) huquqiy yoki jismoniy shaxs (agent) bilan tuziluvchi shartnoma
v) jismoniy shaxs (agent) bilan tuziluvchi shartnoma
g) bank bilan tuziladi

  1. Lizing qanday mexanizm elementi?

a) rejali-taqsimotli
b) ma’muriy
v) bozor
g) ishlab chiqarish

  1. Lizing deganda quyidagi munosabatlar turi nazarda tutiladi:

a) kredit munosabatlari turi
b) investitsiyalash turi
v) moliyaviy ijara munosabatlari
g) oldi-sotdi munosabatlari turi

  1. Nimalar xalqaro savdoga jiddiy to’siq bo’lishi mumkin?

a) mehnat qonunchiligi sohasiga tegishli hukumat qarorlari (cheklovlari)
b) investitsiyalar sohasiga tegishli hukumat qarorlari (cheklovlari)
v) lizing sohasiga tegishli hukumat qarorlari (cheklovlari)
g) eksport va import sohasiga tegishli hukumat qarorlari (cheklovlari)

  1. Savdo embargosi - bu

a) barcha turdagi xizmatlar eksportini taqiqlash
b) ayrim tovarlar va xizmatlar eksportini taqiqlash
v) ayrim tovarlarni eksport yoki import qilishni taqiqlash
g) barcha turdagi xizmatlar importini taqiqlash
Yüklə 27,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin