19
malakaga ega kishilar bu sohada o‘z biznesini tashkil
etish uchun moliyaviy
resurslarga va aksincha, buning uchun yetarlicha mablag‘ga ega badavlat kishi esa
bu kabi tashkilotni boshqarish uchun zarur qobiliyatga ega bo‘lmasliklari mumkin.
Shunday qilib, bunday vaziyatda eng maqbul yo‘l shuki, malakali mutaxassislar
filmlar yaratib, ularga prodyuserlik qiladilar va sota-dilar, badavlat kishilar esa bu
biznesni zarur miqdorda kapital bilan ta’minlaydilar.
Ikkinchidan,
biznesda samaradorlikka erishish yoki foyda ko‘rish uchun,
ko‘pincha, bir necha uy xo‘jaliklarining resurslarini birlashtirish kerak bo‘ladi.
Masalan, kam budjetli bo‘lsa-da, bitta film yaratishga millionlab mablag‘
sarflanadi, to‘liq metrajli film esa bir necha o‘n va hatto yuzlab million so‘mga
tushadi. Bunday vaziyatda ishlab chiqarishning iqtisodiy samarali ko‘lami
(masshtabi)ni ta’minlash maqsadida bir necha mulk-dorlarni
birlashtiradigan
tuzilma talab etiladi va qizig‘i shundaki, ularning ko‘pchiligi
bunday biznesni
boshqarishda bevosita ishtirok etmaydi.
Dostları ilə paylaş: