225
qilingan va amaliyotdagi moliyachilardan ko’ra nazariyachilarni ko’proq
qiziqtiradi. Biznes moliyaviy menejmenti amaliyotiga kiritilgan kapital strukturasi
nazariyasining elementlarini ta’kidlab o’tish uchun biz kapital bahosi yoki kapital
strukturasi asoslarini yaxshiroq tushunish maqsadida intuitiv yoki nomatematik
yondashuvdan foydalanamiz.
Kapital strukturasining ahamiyati
U
firma
uchun
moliyaviy
kapitaldan
foydalanish
xarajatlarini
minimallashtirishga urinishda iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Kapital bahosi ham,
ishlab chiqarish xarajatlari kabi boshqa xarajatlar ham umumiy bir xususiyatga
ega bo’lib, ular oddiy aksiyadorlarga to’lanadigan pul ko’rinishidagi dividendlar
miqdorini qisqartirishi mumkin.
Mustaqillik yondashuvi
Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan ikki iqtisodchi - Franko Modigliani va
Merton Miller (bunday keyin MM deb ataymiz) biznes dunyosi haqidagi eng tor
ma’nodagi farazlardan foydalangan holda kapital strukturasi haqidagi qarorning
ahamiyatini tahlil qilishgan. Ayniqsa, MM firmaning investitsiya siyosati (ya’ni, u
amalga oshirishi mumkin bo’lgan investitsiya to’plami) va dividend
siyosati(aksiyadorlarga to’lanadigan firma foydasi miqdori) o’zgarmasligi, ya’ni
ular firmaning kapital strukturasi borasidagi qarorlari ularga ta’sir qilmasligini
ta’kidlab o’tgan. Ular keyinchalik ko’plab farazlarga asoslangan holda, firmaning
kapital strukturasidagi nisbat firmaning kapital bahosi yoki uning oddiy aksiyalari
qiymatiga ta’sir o’tkazmasligini ko’rsatib bergan. Bu yondashuv ba’zan kapital
strukturasi mustaqilligi deb ham ataladi, chunki firmaning qiymati uning qanday
moliyalashtirilganiga bog’liq emas (mustaqil). MM ning mustaqillik g’oyasi
asosida yotuvchi asosiy farazlar quyidagilarda aks etgan:
Dostları ilə paylaş: