“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/202
tarix21.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#158949
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   202
Moliya UMK

 
 
22-mavzu. Moliya va korporativ strategiya
Reja: 
1. Moliyaviy rejalashtirish iqtisodiy mohiyati 
2. Moliyaviy hamda strategik rejalashtirish amaliyoti 
1.
 
Moliyaviy rejalashtirish iqtisodiy mohiyati
123
“Rejalashtirish” tushunchasining ma’no-mazmunini yanada umumiyroq 
bo’lgan va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini muvofiqlashtirishning ob’ektiv 
zarurligi va imkoniyatini anglatuvchi “rejalilik” orqali aniqlash mumkin. 
Haqiqatdan ham rejalashtirish amaliyotda rejalilikni amalga oshirishni, ya’ni 
balanslilik (muvozanat) va proportsionallilikka (mutanosiblikka) erishish bo’yicha 
ongli faoliyatni bildiradi. Shu ma’noda, moliyaviy resurslarning balansliligini 
(muvozanatini) va prorportsionalliligini (mutanosibligini) ta’minlashga qaratilgan 
faoliyatga moliyaviy rejalashtirish deyiladi.
Bunda balanslilik (muvozanat) davlatning ixtiyorida bo’lgan moliyaviy 
resurslar va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ixtiyorida (qo’lida) qolgan 
daromadlar o’rtasidagi optimal nisbatni bildiradi. Proportsionallik (mutanosiblik) 
esa korxonalar, xo’jalik tarmoqlari, mintaqalar va davlat sub’ektlari bo’yicha
daromadlarning soliq to’languncha va soliq to’langandan keyingi o’lchamlari 
123
Vahobov A.V., Malikov T.S. Moliya. Darslik /Toshkent Moliya instituti. – Toshkent: “Sharq”, 2010. – 804 
bet.


228 
(miqdorlari) o’rtasidagi oqilona nisbatdan iborat. Ana shu nisbatni ko’paytirish 
yoki kamaytirish orqali davlat ularning rivojlanishini rag’batlantirish yoki cheklab 
qo’yishi mumkin. 
Umumiy va oddiy ko’rinishda, moliyaviy rejalashtirish deyilganda moliyaviy 
rejalarni tuzish va amalga oshirish jarayoni nazarda tutiladi. Moliyaviy rejani, 
xuddi uni ishlab chiqish, yaratish yoki tuzish jarayoni kabi moliyaviy 
ko’rsatkichlarni ijodiy tahlil qilish, umumlashtirish va o’zaro bog’lash tizimi 
sifatida qarash kerak. Amaliyotda tez-tez foydalaniladigan rejalashtirish 
ma’lumotlarini, masalan, korxona faoliyatining shakliy modelini ishlab chiqish va 
shu asosda moliyaviy ko’rsatkichlarning rejali tizimini aniqlashni, moliyaviy 
rejalashtirishning ishchi sxemasi sifatida qarash mumkin. Shuni nazarda tutish 
kerakki, moliyaviy rejalashtirish jarayonida u yoki bu sub’ekt faoliyat ko’rsatishi 
moliyaviy ta’minlanishining hayotiychanligini oshiruvchi noshakliy omillar 
inobatga olinishi kerak. 
“Moliyaviy rejalashtirish” tushunchasi o’z ichiga quyidagilarni oladi: 
• taraqqiyotning asosiy tendentsiyalarini aniqlash va moliyaviy tahlil qilish; 
• jalb qilingan mablag’lar va vaqtincha bo’sh turgan mablag’larni joylashtirish 
menejmenti; 
• firma ichidagi moliyaviy natijalar va pullarni rejalashtirish, hisobga olish va 
nazorat qilish texnologiyasi; 
• investitsion menejment; 
• kapitallar menejmenti; 
• faoliyatning boshqa ko’rinishlari (trast, faktoring, lizing va boshqalar). 
Quyidagilar moliyaviy rejalashtirishning asosiy vazifalari hisoblanadi: 
• ishlab chiqarish, investitsion va moliyaviy faoliyatlarni kerakli bo’lgan 
moliyaviy resurslar bilan ta’minlash; 
• pul mablag’laridan iqtisod qilib, tejab-tergab foydalanish hisobidan 
korxonaning foydasini oshirish bo’yicha ichki rezervlarni qidirib topish; 
• kapitalni samarali joylashtirish yo’llarini aniqlash, undan oqilona va 
samarali foydalanishni baholash; 
• kontragentlar bilan optimal moliyaviy munosabatlarni o’rnatish; 
• korxonaning moliyaviy ahvoli, to’lovga qobilligi va kreditga layoqatliligi 
ustidan nazorat o’rnatish. 
Bozor munosabatlariga o’tilganiga qadar moliyaviy rejalashtirishning 
mazmuni korxonalarda sof operativ vazifalarni – markazlashtirilgan iqtisodiyot 
amal qilganligi uchun etarli darajada formal bo’lgan korxonalarning besh yillik 
moliyaviy rejalaridagi ko’rsatkichlarni ishlab chiqish, istiqbolga mo’ljallangan 
rejalarning loyihasini baholash, korxonaning yillik moliyaviy rejalarini tuzish 
kabilarni hal etishga qaratilgan edi. Bunday amaliyotning hukm surganligi korxona 
moliyaviy xizmatlarining obro’yiga obro’ qo’shmas, chunki ularga hech narsa 
bog’liq emas edi. Bozor iqtisodiyotida moliyaviy xizmatlarning roli tubdan 
o’zgaradi. Ular korxona rivojlanishini faol va ta’sirchan boshqaradi va bir
vaqtning o’zida, shu rivojlanishning yo’nalishi va sifatini nazorat qiladi. 


229 
Hozirgi sharoitdagi moliyaviy rejalashtirish barcha zaruriy harakatlarni 
oldindan ko’zda tutishgina (ko’ra bilishgina) emas. Bu tegishli ishlarni amalga 
oshirish jarayonida yuzaga chiqishi mumkin bo’lganhar qanday kutilmagan 
holatlarni ko’ra olish qobiliyati hamdir. Albatta, xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z 
faoliyatidagi barcha risklarga barham beraolmaydi. Lekin u ana shu risklarni 
samarali oldindan ko’ra bilish yordamida boshqarish imkoniyatiga ega. 
Moliyaviy rejalashtirish amaliyotida quyidagi asosiy metodlardan 
foydalanish mumkin: 
• iqtisodiy tahlil metodi; 
• normativ metod; 
• balansli hisob-kitoblar va pul oqimlari metodi
• ko’p variantlilik metodi; 
• iqtisodiy-matematik modellashtirish metodi; 
• va boshqa metodlar. 
Moliyaviy rejalashtirish jarayonining quyidagi asosiy bosqichlarini ajratib 
ko’rsatish mumkin: 
• xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining moliyaviy natijalarini tadqiq 
etish; 
• operativ rejalarning o’zgarishi asosida moliyaviy hisobotlarning bashorat 
variantlarini ishlab chiqish; 
• o’z reja topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash uchun xo’jalik yurituvchi 
sub’ektning moliyaviy resurslarga bo’lgan konkret ehtiyojlarini aniqlash; 
• moliyalashtirish manbalari (shu jumladan, o’z va tashqi manbalarning) va 
ularning tarkibiy tuzilishini bashoratlash; 
• xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasini boshqarishning tizimini yaratish va 
uni ushlab turish (qo’llab-quvvatlash); 
• shakllantirilgan rejalarni operativ o’zgartirish tartibini (protsedurasini) ishlab 
chiqish. 
Moliyaviy rejalashtirishning ikki turi bo’lishi mumkin: 
• strategik moliyaviy rejalashtirish; 
• joriy moliyaviy rejalashtirish. 
Strategik moliyaviy rejalashtirish o’z ifodasini strategik moliyaviy rejalarda 
topadiki, u tashqi va ichki muhitda o’zgarayotgan xo’jalik yuritish sub’ekti 
moliyaviy taraqqiyotining ko’p variantli bashoratidan iboratdir.
Strategik moliyaviy reja, hech bo’lmaganda, quyidagi savollarga aniq javob 
bermog’i lozim: 
• xo’jalik yurituvchi sub’ekt uchun talab qilinadigan kapitalning o’lchami 
qanday, u qaysi manbalar hisobidan va qanday muddatlarda jalb qilinadi? 
• bu kapitaldan qanday qilib foydalaniladi? 
• o’z kuchiga ishongan holda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rivojlanishi 
mumkinmi? Agar yo’q bo’lsa, moliyaviy resurslarni jalb qilishning manbalari 
qanday? 


230 
• xo’jalik yurituvchi sub’ekt pul mablag’lari tushumi, ishlab chiqarishning 
rentabelligi va investitsiyalar daromadligining qanday darajalariga chiqishi 
mumkin va qay muddatlarda? 
O’z navbatida, joriy moliyaviy rejalashtirishning asosiy funktsiyalari 
quyidagilardan iborat: 
• ishlab chiqarish, investitsion, marketing, ilmiy-loyihaviy va qidiruv 
faoliyatlarini hamda sotsial loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan 
moliyaviy resurslarning hajmi va ularning manbalarini aniqlash; 
• mahsulotni (ishni, xizmatni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish tannarxini 
rejalashtirish; 
• pul oqimlarini rejalashtirish; 
• butun xo’jalik yurituvchi sub’ekt doirasida foydani rejalashtirish 
(bashoratlash); 
• investitsiyalarning daromadliligini rejalashtirish. 
Moliyaviy rejalashtirish mamlakat milliy xo’jaligini rejalashtirishning tarkibiy 
qismi bo’lib, sotsial-iqtisodiy rivojlanish rejasining ko’rsatkichlariga tayanadi
moliya 
tizimi 
barcha 
organlarining 
faoliyatlarini 
muvofiqlashtirishga 
(koordinatsiya qilishga) yo’naltiriladi. 

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin