55
Oddiy vaziyatlarda har bir aksiyaga bir xil miqdordagi foyda va
korporatsiyani boshqarish masalalari bo‘yicha qaror qabul qilish uchun bitta ovoz
berish huquqi to‘g‘ri keladi. Biroq, ayrim korporatsiyalar muomalaga oddiy
aksiyalarning ikki toifasini chiqaradilar. Ulardan biri aksiyadorga ovoz berish
huquqini beradi, boshqasi esa bermaydi.
Oddiy aksiyalar korporatsiya aktivlariga
qoldiq talablarni
(residual claim)
ifodalaydi. Bunday aksiya egalari firmaning, u tomonidan barcha qolgan moliyaviy
majburiyatlarni bajarganidan so‘ng qolgan istalgan aktivlariga huquqi bor.
Masalan, agar firma biznesni to‘xtatishga qaror qilsa va o‘zining barcha aktivlarini
sotayotgan bo‘lsa, u holda oddiy aksiya-larga egalik qiluvchi barcha aksiyadorlar,
barcha kreditorlarga tegishli bo‘lgan summalar to‘lab bo‘lingandan keyin nima
qolsa (yoki nimadir qolsa) hammasini o‘zaro bo‘lishib oladilar.
Oddiy aksiyalar unga egalik qiluvchining
Dostları ilə paylaş: