“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


Foiz stavkasiga hisob-kitob pul birligining ta’siri



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/202
tarix21.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#158949
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   202
Moliya UMK

Foiz stavkasiga hisob-kitob pul birligining ta’siri. 
Qayd qilingan 
daromadga ega bo‘lgan instrument (vosita) faqatgina aniq hisob-kitob pul birligiga 
muvofiq risksiz, ishonchli hisoblanadi. Uning o‘zgarishi bilan foiz stavkasi ham 
nihoyatda jiddiy ravishda o‘zgarib ketishi mumkin. Keling, bu hodisani aniqroq 
tushuntirish uchun, nominallari turli xil valyutalarda ko‘rsatilgan obligatsiyalarni 
ko‘rib chiqamiz.
Faraz qilaylik, Britaniya Qo‘shma Qirolliklarining davlat obliga-tsiyalari 
bo‘yicha foiz stavkalari Yaponiyaning davlat obligatsiyalariga qaraganda ancha 
yuqori va ular taxminan bir xil qoplash muddatiga ega. Mazkur toifa obligatsiyalari 
to‘lanmay qolish riskidan ozod ekanligi inobatga olingan holda, mazkur shartlar 
barcha investorlar Qo‘shma Qirolliklarning obligatsiyalarini afzalroq ko‘rishiga 
olib kelmaydimi?
Mazkur holatda javob salbiy bo‘ladi. Chunki ushbu obligatsiyalarning 
nominallari turli valyutalarda: Qo‘shma Qirollik obligatsiyalari – funt sterlingda, 
Yaponiyaniki esa – iyenda aks ettirilgan. 
Ikki mamlakatning mazkur toifa (klass) 
obligatsiyalari ishonchli daromadlilik stavkasini ushbu mamlakatlar valyutasida 
taklif etishiga qaramasdan, daromadlilik stavkasi har qanday boshqa valyutada 
noaniq bo‘ladi, chunki u kelajakda to‘lovni olish paytida ushbu ikki valyutaning 
almashish kursiga bog‘liqdir. 
Keling, bu fikrga aniq misol keltiramiz. Faraz qiling, Siz ma’lum bir 
mablag‘ni bir yil muddatga investitsiya qilishga qaror qildingiz. Yaponiya davlat 
obligatsiyalari bo‘yicha yillik foiz stavkasi 3%ni, Qo‘shma Qirollik obligatsiyalari 
bo‘yicha esa 9%ni tashkil etadi. Boshqa valyutaga nisbatan bir valyutaning 
bahosini o‘z ichiga olgan 
valyuta kursi
(exchange rate), 1 funt sterling 150 
iyenaga teng. 
Endi, tasavvur qiling, Siz o‘z kapitalingizni iyenda qaysidir ishonchli aktivga 
investitsiya qilmoqchi bo‘lgan yapon investori hisoblanasiz. Yapon 
obligatsiyalarini sotib olib, Siz o‘zingizga 3%lik daromadni kafolat-laysiz. Agar 
Britaniyaning davlat obligatsiyalari sotib olinsa, iyenada daromadlilik stavkasi bir 
yil o‘tgandan keyin iyena va funt sterlingning almashuv kursi qanday bo‘lishiga 
bog‘liq bo‘ladi.
Faraz qilaylik, Siz 100 funt sterlingga Birlashgan Qirollikning 
obligatsiyalarini sotib olishga qaror qildingiz. Buni qilish uchun, Siz 15000 iyenni 
funt sterlingga konvertatsiya qilishingiz lozim bo‘ladi, ya’ni Sizning dastlabki 
sarflaydigan mablag‘ingiz 15 000 iyenni tashkil etadi. Birlashgan Qirollik 
obligatsiyalarining foiz stavkasi 9% teng bo‘lganligi uchun bir yildan so‘ng Siz 
109 funt sterlingni olasiz. Biroq bu pul miqdorining iyenga o‘girilgan narxini 
oldindan bilish imkoniyati yo‘q. Sababi: kelajakda valyuta kursining qanday 
bo‘lishini hech kim bilmaydi. 
Shunday qilib, mazkur operatsiya natijasida olingan real daromad-lilik 
stavkasi quyidagicha bo‘ladi: 


58 
D
s(iyen) 
= (109 funt sterling X iyendagi kelajak funt
sterling kursi – 15 000 iyen) : 15 000 iyen 
Bu yerda:
D
s(iyen) 
- daromadlilik stavkasi (iyen) 
Tasavvur qilaylik, bir yilda funt sterling kursi tushib ketdi va bir funt 140 
iyenni tashkil etdi. Bunday holatda Birlashgan Qirollik obligatsiyalari bo‘yicha 
iyendagi daromadlilik stavkasi qanday bo‘ladi? Yangi ma’lumotlarni yuqoridagi 
tenglamaga qo‘yib, quyidagilarni olamiz: 
D
s(iyen) 
= (109 funt sterling X 140 iyen/funt sterling – 15 000 
iyen) : 15 000 iyen = 0,017333. 
Bu yerda:
D
s(iyen) 
- daromadlilik stavkasi (iyen) 
Shunday qilib, Sizning real daromad stavkangiz 1,73%ni tashkil etadi. Bu esa 
Siz aynan shunday qaytarish muddati bilan yapon obliga-tsiyalarini sotib olish 
orqali olishingiz mumkin bo‘lgan 3%dan kamroqdir. 

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin