74
Bizning kunlarda bank deb nomlanuvchi ko‘pchilik firmalar kamida ikkita:
omonatlarni qabul qilish va qarz berish funksiyalarini bajaradi. AQShda bu turdagi
muassasalar
tijorat banklari
(commercial banks) deb nomlanadi.
Ayrim mamlakatlarda banklar deyarli har qanday moliyaviy funk-tsiyalarni
bajaruvchi moliyaviy vositachilar hisoblanadi. Ular mijozlarga faqat pullarni
o‘tkazish va qarz berish bo‘yicha turli operatsiyalarni
bajarishga oid xizmatlarni
taklif etibgina qolmay, balki o‘zaro fondlar va sug‘urta kompaniyalari
funksiyalarini ham bajaradilar. Masalan, Germa-niyada
universal banklar
deb
nomlanuvchi banklar ko‘proq ixtisoslashgan moliyaviy vositachilarga xos bo‘lgan
deyarli barcha moliyaviy funksiyalarni bajaradilar.
Oxirgi
vaqtlarda, har xil turdagi moliyaviy institutlar o‘rtasida ular qaysi
moliyaviy xizmat turlarini taklif qilayotganligi asosida chegara tortish borgan sari
qiyinchilik tug‘dirmoqda. Masalan, Deutsche Bank garchi klassifikatsiya
68
bo‘yicha
universal bank hisoblansa-da, uning funk-tsiyalari, odatda qimmatli
qog‘ozlar bilan broker-dilerlik operatsiyalariga ixtisoslashgan
banklar sirasiga
kiruvchi Merrill Lynch Bank funksiya-laridan ozginaga farq qiladi, xolos.
Depozit-jamg‘arma
yoki
ssuda-jamg‘arma muassasalari
(depository
savings
institutions, thrift institutions) terminlari jamg‘arma banklari, ssuda-jamg‘arma
assotsiatsiyalari (S&Ls) va kredit uyushmalarini umumiy nomlash uchun
qo‘llaniladi. Dunyoning
taraqqiy etgan mamlakatlarida, shu jumladan, AQShda
ular tijorat banklari bilan omonat operatsiyalari sohasida ham, qarz berish sohasida
ham raqobatdoshlik qiladi. AQShda shu turdagi tashkilotlar
uy sotib olish uchun
ipoteka zayomlari va iste’mol zayomlari bo‘yicha ixtisoslashgan. Boshqa
davlatlarda ham funksiyalari AQShdagi ssuda-jamg‘arma tashkilotlari va kredit
uyushmalari funksiyalariga o‘xshaydigan ixtisoslashtirilgan turli xil jamg‘arma
institutlari mavjud.
Dostları ilə paylaş: