Reja
Kirish.
1.Raqobatning turlari, mohiyati va usullari.
2. Erkin bozor sharoitida raqobatning mohiyati va ahamiyati.
3.Tovarning raqobatdoshligini o‘rganish va baholash usullari.
4. Raqobat sharoitida baho siyosatining mohiyati va vazifalari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
Kirish
Prezidentimiz o‘z ma’ruzalarida “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risidagi qonon bugungi kunda eskirdi va zamon talablariga javob bermay qoldi. Shuni e’tiborga olgan xolda “Raqobat to‘g‘risidagi” yangi qonunni ishlab chiqarishimiz va qabul qilishimiz zarur.”1- deb ta’kidlagan edilar.
Shulardan kelib chiqqan xolda, raqobat bozor iqtisodiyotiniharakatlantiruvchi mexanizmi hisoblanadi. Zero, raqobat tashqi kuch sifatida maydonga chiqib, korxonalarda mehnat unumdorligini oshirish, harajatlarni kamaytirish, ishlab chiqarish va mehnatni oqilona tashkil etishga, binobarin ishlab chiqarishni kengaytirish va samaradorligini oshirishga doimo undab turadi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha birinchi navbatda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, hamkorlik aloqalarini kengaytirish, mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rahbatlantrish masalalari alohida o‘rin tutdi.
Jumladan, to‘qimachilik sanoatida eksportbop raqobatdosh mahsulotlarbtayyorlashga yo‘naltirilgan, yakuniy ishlab chiqarish shakliga ega bo‘lgan yangi, zamonaviy to‘qimachilik komplekslarni rivojlantirish ustuvor ahamiyat kasb etishi zarur.
Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek “Mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim istiqbolari va ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olar ekanmiz,biz ichki ehtiyojning o‘sishiga alohida e’tibor qaratishimiz kerak bo‘ladi,...shundan kelib chiqqan xolda, bizning yaqin istiqboldagi eng muhim vazifamiz boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirish – iste’mol talabini kengaytirish maqsadida sotsial sohani rivojlantirish, mehnatga haq to‘lashni yanada oshirish xizmat ko‘rsatish