OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI MOLIYA KAFEDRASI “TASDIQLAYMAN” Iqtisodiyot fakulteti dekani
_______ A.Ergashev
“___” avgust 2022 yil
IQTISODIYOT NAZARIYASI fanidan
60410400 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar ta’lim yo’nalishi uchun SILLABUS
(Sillabus Iqtisodiyot fakultetining 2022 yil “__” avgustdagi 1-sonli majlisida muhokama qilingan va tasdiqlangan) Farg‘ona – 2022
Kelishildi:
Fanning o‘quv dasturi moliya kafedrasining 2022 yil «__» avgustdagi 1-son yigilishida muhokamadan o‘tgan va fakultet Kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
“___” avgust 2022 yil. Bayonnoma № 1
Kafedra mudiri: ________________ B.A.Xolmatov
Dastur mualliflari:
Xolmatov Baxtiyor Abdumutalovich – moliya kafedrasi dotsenti, i.f.n.
Abdisamatov Shuhratjon Abdinazarovich – moliya kafedrasi katta o‘qituvchisi
Farg‘ona davlat universiteti iqtisodiyot va servis kafedrasi.
Manzil: Farg‘ona sh., Murabbiylar ko‘chasi 19 uy
Kurs haqida qisqacha ma’lumot (QM)
QM1
“Iqtisodiyot nazariyasi” fani jamiyatning iqtisodiy negizi, uning tarkibiy qismlari, umumiqtisodiy qonun va kategoriyalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarning mohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularning amal qilish qonuniyatlari, iqtisodiy o`sish kabi masalalarni qamrab oladi. Jamiyatda mavjud iqtisodoi qonunlarni bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo`lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlarining mohiyatini tushunishda talabalarni zarur bo`lgan bilimlar bilan qurollantiradi.
Fanning vazifasi – talabalarni taraqqiyotning turli bosqichlarida va turli mamlakatlarida tarkib topib shakllangan nazariy bilimlar, iqtisodiy mushohada qilish usullari bilan qurollantirish; iqtisodiy hodisa va jarayonlar mazmunini mantiqiy mushohada qilish uchun zarur bo`lgan uslubiy yondashuvlarni egallashga ko`maklashish; talabalar ongiga iqtisodiy taraqqiyotda erishilgan yutuqlar asosida milliy mafkuraning asosiy qoidalarini singdirish; iqtisodiyotni modernizasiyalash, erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish asosida hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyotini shakllantirishning dolzarb muammolarini ochib berish; iqtisodiyot va iqtisodiy munosabatlar to`g’risida milliy ko`nikmalarni hosil qilishdan iborat.
Talabalar jahon miqyosida to`plangan va bir tizimga keltirilgan iqtisodiy bilimlarning nazariy asoslarini, iqtisodiyotning asosiy tushunchalari, kategoriyalari, qonunlarini, tamoyillarini, ularning amal qilish xususiyatlari va mexanizmlarini hamda ularni amalda tatbiq etish ko`nikmasiga ega bo‘lishlari kerak.