O’rganishdan maqsad – ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning umumiy asoslari, bosqichlari, o'zgarish sabablari va oqibatlari; hozirgi zamon bozor iqtisodiyotining xususiyatlari; iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar to'g'risida tasavvurga ega bo‘lish.
TN2
Iqtisodiyot nazariyasi asoslarini; milliy iqtisodiyotning amal qilishi va rivojlanishi qonuniyatlarini; makroiqtisodiy darajadagi vaziyatlarni; iqtisodiy jarayonlarning amal qilish xususiyatlarini bilish.
TN3
Iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tahlil qilish usullarini bilgan holda samarali qo'llash; iqtisodiy qonunlarni, ilmiy tushunchalarning (kategoriyalarning) amal qilish xususiyatlarini, mexanizmlarini bilgan holda iqtisodiy muammolar bo'yicha echimlar qabul qilish ko'nikmalariga ega bo‘lish.
TN4
Jamoada ishlash, kasbga oid mustaqil va tanqidiy fikrlash, muloqot madaniyati konikmalariga ega bo`ladi
TN5
Fan bo`yicha topshiriqlarni vaqtida bajarish, jamlash va taqdim etish konikmalariga ega bo`ladi
TN6
Berilgan topshiriqlar bo`yicha mustaqil va guruhda ishlash, topshiriqni aniq uslubiyot asosida bajarish va uni taqdim etish ko`nikmalariga ega bo‘ladi.