8-mavzu: Konfliktli vaziyatlarni hal etishda oilaning roli
Reja:
1. Oila jamiyatning ijtimoiy birligi
2. Oiladagi soglom muhit va oilaviy muloqot
3. Oila an’analari
4. Zamonaviy o’zbek oilasidagi ziddiyatlar
Adabiyotlar ruyxati:
1. To’ychiyeva G.U., Asadova Ye. Yoshlar va konfliktlar yechimi. Manual. -T.: 200
2. Stepanov Ye.I. Sovremennaya konfliktologiya. Moskva 2008.
3. V.Karimova “Ijtimoiy psixologiya asoslari” T.:-1998
4. V.Karimova “Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot T.:-2002
5. G’oziyev. “Tafakkur psixologiyasi”. Toshkent. “O’qituvchi”-1990.
6. G’.B.Shoumarov “Oila psixologiyasi” T: 2000
7. G’.B.Shoumarov “Muxabbat va oila”
8. V.Ivanov. Umumiy psixologiya T: 1968
9. V. Kruteskiy. Psixologiya T: 1986
10. I.G’oziyev. Umumiy psixologiya T: 1994
elektron ta’lim resurslari
1) WWW. TDPU.uz.
2) WWW. QDPI.uz.
3) WWW. QMU.uz.
4) WWW.SamDU.uz.
5) WWW.jspi.uz.
Oila bekiyos milliy va umumbashariy qadriyatlardandir. Oila jamiyatning eng kichik ijtimoiy birligi, uning asosi hisoblanadi. Shu bilan birga oila yuksak darajadagi insoniy kadriyatlar tizimini shakllantiruvchi institut va ma’naviy ahloqiy tarbiya o’chog’i hamdir. Aynan oilada ko’pchilik gumanitar kadriyatlar tarbiyalanadi, o’stiriladi va targib qilinadi.
Har bir halk va milliy an’analar tarkibida yoshlarni oilaviy turmushga tayyorlash masalalariga alohida ye’tibor karatilgan. Ammo zamonaviy jamiyatlardagikeskin o’sish sur’atlari hamda insonning juda katta ijtimoiy faoliyatining uning oilasi va oila a’zolari munosabatlariga bo’lgan kuchli ta’siri asosida milliy an’analar hamda dolzarb va yangitdan vujudga kelayotgan savollarga to’lik javob bera olmaydi. Shu bois, milliy an’analarni oilaviy turmush borasidagi umumbashariy nazariy bilimlar bilan qo’shib olib borish talab yetiladi.
Totalitar tuzum davrida oila yopiq va rasmiy ijtimoiy institut darajasiga olib chiqilgan. Oilaviy turmushning ichki qonuniyatlari va ayol hamda yerkak munosabatlari yoritilmagan va o’rganilmagan. Uquvchi yoshlarni, shuningdek insonni oilaviy turmushga tayyorlash, xususan oilaviy turmushning o’z i ga xos tomonlarini bildirish "uyatli" va "ayb" sanalib, mazkur ynalishlar taqiklangan mavzular sirasiga kirgan. Maktab va oliy o’quv yurtlari ta’lim mazmunida yoshlarni oilaviy xayotga tayyorlash, kelajakda ota-ona sifatida farzand tarbiyasi uchun mas’ul bo’lish, oiladagi jinsiy va psixologik munosabatlar, oila iktisodi, oilada soglom turmush tarzini barpo yetish kabi masalalarga o’rin ajratilmagan. Yoshlarga na maktabda, na oliy o’quv yurtlarida oilaviy hayotga tayyorlash, ayniqsa jinsiy tarbiya borasida, oilaviy hayotning o’ziga xos iqtisodiy, ma’naviy, soglom turmush tarzi asosidagi ziddiyatli o’rinlari va jinslar munosabatlarining murakkabliklari hakida ma’lumotlar olish uchun imkoniyatlar yaratilmagan. Shu bois, yoshlar bu munosabatlarning tub mohiyatini anglab yetmasdan oila qurishga kirishganlar.
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalasining pedagogik aspektlari mustaqillikning ilk yillaridanoq tadqiqotchilarning diqkatini tortib keldi. Yoshlarni oilaviy turmushga tayyorlash tafakkuri aynan mustaqillik yillarida keng rivoj topdi, aholi o’rtasida targ’ib va tashviq yetila boshlandi, davlat dasturlarining bosh mohiyatini tashkil kildi.
Mamlakat aholisining yarmidan ko’proq qismini yoshlar tashkil kilishi, o’sib borayotgan yosh a’vlodni jamiyatda mustaqil yashashga tayyorlash vazifasining dolzarbligi yoshlarni jamiyat hayotiga va oilaviy turmushga tayyorlash ishlarini jadallashtirishni talab yetdi. Insonlarning o’zaro munosabatlarida keskinliklarning o’sib borayotganligi, zamonaviy ziddiyatlarning inson tafakkuri va ongiga ta’sir yetishi orkali uning psixologik xolatida salbiy va asabiy oqibatlarning vujudga kelishi, yosh oilalardagi ajrim holatlarning muntazam o’sib borayotganligi, bolalar va o’smirlardagi agressiya holatlarining vujudga kelayotganligi kabi muammolar talaba-yoshlarni oilaga tayyorlash vazifasini to’laqonli olib borish talabini kun tartibiga qo’yadi.
Oila, uz ijtimoiy mazmuniga karab, uch tarkibiy kiyem birligidan tashkil topadi. Ular: oila asosi sifatida nikoh, nikohning natijasi sifatida yer va xotin munosabatlari, xamda yer-xotin munosabatlarining oqibati sifatida farzandlardan tashkil topadi. Yer-xotin o’rtasidagi munosabatlar, yangi avlodning tugilishi oilaga muayyan yaxlitlik, muayyan ijtimoiy guruh, jamoa tusini beradi. oila a’zolari o’rtasidagi munosabatlar tizimini vujudga keltiradi. Binobarin, "yer-xotin" oilaning dastlabki komponenta (kismi) bo’lib, undan "ona-bola", "ota-bola" va "‘ota-ona" munosabatlari kelib chiqadi.
Oila millim kadriyatlar maskani hisoblanadi. Yoshlarni oilaga tayyorlash jarayoni xar bir millatning madaniy va ma’naviy-ruhiy qadriyatlaridan hisoblanib, xususan talaba-yoshlarni oilaviy xayotga tayyorlash insoniyat tarixida xalk ma’naviy takomilining eng ulut va oliy ynalishlaridan biri bo’lib kelgan. Oilaviy madaniyat, oilaviy xayotga ongli kirib borish, oilaviy vazifalarni bajarishga tayyorlik, xayotda oila o’rnini yuksak qadrlash, oilaga mas’uliyat bilan karash, xalq ma’naviy merosidagi oila kadriyatlarini uz zamoni talablari bilan uygunlashtirib rivojlantirish xar vakt inson xayotiy mezoni va jamiyat oldida turgan dolzarb vazifalardan biri sifatida tan olingan.
Oilaga nisbatan insoniyat tarixida ayerlar davomida shakllanib, ye’zozlangan ma’naviy yextiyojlar tizimi, oilani shaxe ma’naviyatini asrab avaylaydigan, uning barkamolligi mezonlaridan biri deb tan oladigan konun-koidalar majmui sifatida anglash, oilani butun jamiyat va millat takdiri va taraqqiyotiga bevosita oidligini chukur idrok yetish - shaxening ma’naviy yetukligini ko’rsatuvchi omillardan biri xisoblangan. Chunki, oilani mukaddas deb bilmagan inson - ma’naviy kashshok insondir. Oilani mukaddas deb anglash xar bir jamiyat a’zosining o’z vijdoni, o’z oilasi va farzandlari oldidagi burchidir.
Oila muqaddasligini ta’minlash jamiyat asoslarini mustaxkamlash bilan barobardir. Shu bois, Uzbekistan Respublikasida oila asoslarini mustaxkamlash davlat axamiyatiga molik vazifaaardan xisoblanadi. "Biz o’z ma’naviy hayotimiz va kelajagimizni kurayotganda beqiyos milliy qadriyat bo’lmish oilani asosiy tayanch deb bilamiz. Chunki o’zligimizga kaytish, milliy urf-odatlarimizni ye’zozlash, katljtrga hurmat va kichiklarga gamxo’rlik, odamiylik, xalollik, olijanoblik, mehr-oqibat singari asl insoniy fazilatlar oila muhitida shakllanadi"1.
Yoshlarni oilaviy hayotga psixologik, ruhiy, jismoniy, jinsiy tomondan to’lik tayyorlash masalalari kuyidagi ynalishlardagi ma’lum bilim va ko’nikmalarni talab yetadi:
oila salomatligi:
oila a’zolari salomatligi bo’yicha birlamchi bilimlarga ega bo’lish, salomatlikni saqlash omillarini bilish, salomatlikni saqlash va umrni uzaytirish usullarini va milliy qadriyatlarni oila xayotiga singdira bilish, milliy tabobatdan xabardor bo’lish, reproduktiv salomatlik mezonlariga amal kilish, to’g’ri ovqatlanish me’yorlariga rioya kilish, salomatlikni sakdash - fuqarolik burchi ekanligini anglash, kariyalar salomatligiga ye’tiborli bo’lish, go’dak va yemizikli bolalar salomatligi, bolalarni yuqumli kasalliklardan asray olish, yod tankisligi va temir moddasi yetishmovchiligi oldini ola bilish. oilada tibbiy bilimlarga xurmat va ye’tiborning shakllantirilishi, farzandlarni zamonaviy tibbiy taxdidlardan asrash. ularga tibbiy taxdidlar bo’yicha zarur bilimlarni berib borish, bolani ona suti bilan bokish mazmunini anglash, xayotga fiziologik-gigiyenik jixatdan tayyor bo’lish, tibbiyot maskanlariga murojaat kilishni bilish, zararli odatlar mohiyatini to’g’ri baholash, oilaning ijtimoiy ahvolini yaxshi va ravon saklash. uni yaxshilash omillarini o’rganish.
Jinsiy tarbiya asoslari, jinslar psixologiyasi va salomatligi bo’yicha bilimlarni egallash, nikohni uluglash, nikoxdagi xalollik va sadokat, jismoniy tarbiya va sport bilan shugullanishni an’anaga aylantirish, ona salomatligiga mukaddas munosabat, jinsiy kasalliklar bo’yicha bilimlarni yeallash, farzand tugilishi va uning salomatligi, o’zini va oila a’zolarini zararli ko’nikmalardan asrash, ma’naviy barkamollik, soglom turmush tarzi asosidagi axlok normalari, inson psixologiyasi bo’yicha bilimlarga ega bo’lish; psixologik turlarni ajrata bilish, psixologik ta’sir o’tkazish omillarini egallash, psixologik taz’yikdan o’zini himoya kila olish, oila psixologiyasi va oiladagi munosabatlar psixologiyasini bilish, ota-ona va bolalar o’rtasidagi psixologik vaziyatlar, avlodlar o’rtasidagi ziddiyatlar va ular yechimini o’rganish, psixologik muvozanat sirlarini egallash, oila yetikasi va yestetikasi:
Oilada o’zaro munosabatlar va muloqot madaniyati, tashabbuskorlik, faollik, ijodkorlik, tibbiy va ma’naviy soglomlik, jismoniy va ruhiy barkamollik, yetakchilik va tadbirkorlik, o’zaro muhabbat, adolat, insonparvarlik, insoniylik, to’grilik, kamtarlik, samimiylik, ota-onaga xurmat, mehr-muruvvat, sahovat, bagrikenglik, sadoqat, vafodorlik, gunoh ishlardan qochish, sabr- toqat, o’z va’dasi ustidan chiqish, ilmli bo’lish, ayollarni qadrlash, iffat, rostgo’ylik, pokizalik, xalollik, ximmat va bardoshlilik, xushxulklilik, shukr, hayo, tejamkorlik, xalimlik, viqor, rahm-shavkat, onalik mexri. ma’naviy barkamollik, axloqiy poklik va vafodorlik, mexr va muruvvatga asoslangan oilaviy mulokot madaniyati, jamoat ishlari va oila tarakkiyotida tashabbuskorlik, faollik, ijodkorlik, ma’naviy-mafkuraviy sog’lomlik, inson yerkini hurmatlash, har bir insonningtakrorlanmasligini tan olish va ye’zozlash.
Oila a’zolari o’rtasida oilaviy majburiyaggtar taqsimoti va tomonlar huquqlari:
Oila va oilaviy majburiyatlar, ayol va yerkak majburiyatlariga doyr zamonaviy stereotiplar, zamonaviy oila va oila a’zolari majburiyatlari, oilada kim pul topishi kerakligi, oila mablug’larini kanday taqismlash zarur, oila va ovkatlanish talablari, oila a’zolarining xukuk va majburiyatlarini to’g’ri anglash, yer va xotin xukuklari kafolatlarini bilish, oila huquki bo’yicha qonunchilik tizimi bergan imtiyozlardan to’g’ri foydalana olish, din, oila va inson xukuklari masalasi, turmush qurayotgan yoshlarning oilalari o’zaro muvofik bo’lishiga yerishish, oila qurishda tomonlar yerkinligi xukukini to’g’ri anglash, ayolning mehnat, dam olish, onalik vabolalik muhofazasi, yerkak va ayol mehnat muxofazasi, ayolning xomiladorlik bo’yicha muhofazasi, oila kurish tartibi, shuningdek ajrim hukuki, ajrim holatidagi tomonlar xukuklari bo’yicha konun xujjatlarini bilish va amalda qo’llay olish, oilada tender tenglik, jinslar o’rtasidagi farklarni anglash, tender ta’limotdan bilimlarga ega bo’lish, tender tushunchasining moxiyatini anglash, tender tarbiya masalalarini bilish, tender muhofaza qonunlarini tatbiq yeta bilish, oilaviy inqirozlar va ularning oldini ola bilish, oilaviy konfliktlar yechimiga tayyorlik: oila va konfliktlar, konfliktlar inson xayotining tabiiy xususiyati ekanligi, konflikt oilaviy va ijtimoiy hodisa sifatida, konfliktga nisbatan yoshlarda to’gri munosabatni shakllantirish, oilaviy inqirozlar va ularga to’gri munosabat, oilaviy inkirozlarning oldini olish choralari, konfliktning yaratuvchanlik va buzgunchilik xususiyati, oilaviy konfliktlardan chiqib ketish, ularni engish usullari, konfliktlarni boshqarish, gazab va jaxdni yentish usullarini bilish, shaxe va oila, oilaning xar bir a’zosiga xurmat va ye’tibor me’yorlari, shaxs yerkinligi, yegoizm, yegoizmdan kutulish omillari, oilada o’zini ustun qo’yish, oilada uning a’zolari munosabatlaridagi uyg’unlik, shaxe va jamoa munosabatlari, shaxe va oila manfaatlari birligi, oila manfaatlarining ustunligi, shaxening mulokot madaniyati va ichki dunyosi yetukligi omillari, ota-ona va farzand majburiyatlari va xukuklari.
Oiladagi soglom muhit va oilaviy mulokot:
Oila va oila osoyishtaligi, oiladagi soglom muhitni muhofaza kilishda barcha tomonlarning mas’ul ekanligi, shaxeiy xukuqlarni oila huquqi bilan mutanosib olib bora olish tartiblari, oila a’zolari o’rtasidagi mulokot, oila boshligi va uning mavkei, oila boshlig’i kim bo’lishi lozimligi, oila boshlig’i borasidagi stereotiplar, yerning o’z xotiniga bo’lgan munosabati tamoyillari, ayolning o’z yeriga to’g’ri munosabati tamoyillari, yerning kamchiliklari, xotinning kamchiliklari, o’z kamchiliklaridan qutilish tartiblari, oila va jamiyat munosabatlari, jamiyatda oila mavkeini sakpash, jamiyat a’zolari bilan bo’ladigan muloqotlarni to’g’ri olib borish, karindosh urug’lar o’rtasidagi mexr-muxabbat tuygularini rivojlantirishga harakat qilish, oilada mulokot madaniyati, oila ma’rifati, bilim va kitobga muxabbat, oilada shaxe yerkinligi, oilada ota-ona va farzand munosabatlaridagi samimiylik va bir-birini to’ldirish, oilada ota-ona va farzandga muxabbat kirralari va muammolari, mehmon kutish va mexmonga borish odobi, suxbatlashish odobi, farzandlarni jamoada yashashga va jamoada yashash qonun-qoidalariga o’rgatish, oilaviy hayotga yestetik munosabatda bo’lishga tayyorlash, oila iqtisodiyoti asoslarini tashkil kila bilish, iktisodiyotni to’gri yuritishga o’rgatish, oilani ijtimoiy muhofaza qilish choralarini ko’ra bilish, oiladagi soglom psixologik va tibbiy muxitning shakllanishida oila a’zolari majburiyatlari va xukuklarini mutanosib belgilash va tashkil qilishga o’rganish.
Oila an’analari:
Oila an’analarining kelib chikish sirlari, oila an’analariga hurmat, oila an’anlarini yaratish va ularni ta’minlash, oilaviy an’analarni avlodlarga o’tkazish, oila an’analarida shaxe barkamolligi o’rni, oila an’analarida sog’lom turmush tarzi, sport, jismoniy tarbiya va jinsiy halollik masalalari, oilada bayramlarni nishonlash tartibi, oilaviy an’analarni saqlashga farzandlarni o’rgatish, oila va sayoxat, oila va o’z o’lkasi tarixi, geografiyasi, milliy urf-odatlarini o’rganish, oila va horijiy yellarga sayoxat, oila ananalaridan farzand tarbiyasida unumli foydalanish.
Oila insonlarni birlashtirib turuvchi eng kichik ijtimoiy birlik bo’lib, uning tinchligi, ravnaki va barqarorligi jamiyat tinchligi va barkarorligi hisoblanadi. Shu bois, J.Santayana "Oila tabiatning shoh asarlaridan biridir", deydi. Oila - ma’naviyat o’chog’i. Aynan oilada insonning ma’naviy qadriyatlari shakllantiriladi’. Insonning xar tomonlama unib-o’sishi uchun sharoit yaratiladi. Birok, aynan oila tarkibida, insonlarning juda yaqin alokalari va ma’lum munosabatlarga kirishishi natijasida turli inkirozlar, ziddiyatlar, nizolar kelib chiqadi.
Uzbek oilasining tarixiy rivojlangan uz milliy an’analari mavjud. Ular oiladagi tomonlar majburiyatlari, mas’uliyati va huquklarini belgilab beradi. Ham ayol kishi uchun, ham yerkak kishi uchun ma’lum talablar ko’yiladi. Ayol kishi ko’prok uyda, bolalar tarbiyasi va uy yumushlari bilan shug’ullanishi lozimligi, yerkak kishining esa - oila a’zolarining moddiy ta’minotini amalga oshirishi lozimligi aytiladi. O’zbek oilasi o’z rivoji boskichlarida islom dini qadriyatlarini ham o’ziga singdira olgan,
Shu bilan birga oila instituta xar vaqt o’z davrining ijtimoiy, iktisodiy talablariga hamoxang tarzda o’sish va takomil jarayonida bo’ladi. Agar avvallari oila instituti o’zining kichik bir dunyosi ichida tashki ta’sirlardan bir kadar yerkin yashagan bo’lsa, hozirda har bir oila va uning a’zolariga globalizaqiya sharoitida juda katta axborot oqimlari o’z ta’sirini o’tkazadi. Shu nuqtai nazaridan, oila a’zolarining an’anaviy fe’l va atvorlarida o’ziga xos o’zgarishlar ham yuz beradi. Ana shunday oila a’zolariga, xususan yerkaklar va ayollarga bo’lgan tashki ta’sirlar natijasida odamlarning o’zini namoyon yetishidagi ba’zi o’zgarishlar so’nggi yillarda o’zini yorkin ko’rsatmoqda:
Jamiyatda odamlarning kiyinishida katta o’zgarishlar yuz berdi. Odamlarning kiyinishida ularning ijtimoiy tengeizligi o’zini namoyon yetmokda. Jamiyat bir necha guruxlarga bo’linib bormoqda. Bir tomondan, islom talablari asosida kiyingan odamlar kirib kelgan bo’lsa, ikkinchi tarafdan, G’arb madaniyati ta’sirida individualizm tarafdorlari bo’lganlarning kiyinish tartiblari butun jamiyat, ayniqsa yoshlarga o’z ta’sirini o’tkazmokda. Jamiyatda kiyinish odobi borasida tomonlar bahslari, keksa yoshlilar va yoshlar o’rtasidagi mavjud farklar o’zini namoyon yetmokda. Bu esa, kiyinish madaniyati borasidagi shaxe yerkinligi va huquqlari masalalarini tartiblashtirish hamda inson xukukdari tamoyillari asosida ishlab chikishni kun tartibiga ko’yadi.
Jamiyat tabakalanishi natijasida turli ijtimoiy guruxdarning o’zaro kichik guruhlanishi yuz bermokda. Bu xolat oila institutiga xam uz ta’sirini o’tkazmokda. Islom dini va takvodorlikka berilgan oilalar o’zlariga o’xshagan oilalar bilan karindosh bo’lmokda, ijtimoiy yerkin va zamonaviy oilalar ham o’zlariga o’xshagan oilalar bilan birlashmokdalar. Bu holat oilaviy qadriyatlar ichidagi ba’zi inkirozlarning oldini oladi. Ammo batamom oilaviy inkirozlarni tugatadi degani emas. Ma’naviy, moddiy jixatdan oilaviy guruxlanish jamiyatdagi tabaqalanishning rivojtanishiga yl ochadi. Shu nuktai nazardan, oila qurish uchun eng muxim talablardan biri yoshlarning bir biriga ko’ngil qo’yishi ekanligini yesdan chikarmaslik darkor.
Oilaviy qadriyatlar tizimida yerkak kishi, ya’ni yigitning unib o’sishi, o’kishi va ma’lumotli bo’lishi uchun ko’proq ye’tibor berilmokda. Agar oila ijtimoiy muhtoj oilalardan bo’lsa, yig’ilgan mablag aynan yigit kishiga ishlatilishi namoyon bo’lmokda. Bu holat uzbek oilalarida yigit kishining istiqbolda boquvchi bo’lishi bilan, o’z ota-onasini qariganda moddiy ta’minlashi lozimligi bilan bog’liq. Ammo ayol kishi, agar unda bunday layokat bor bo’lsa, ma’lumotli bo’lishga hakki borligi inkor yetilmokda.
Utish jarayonidagi ba’zi kiyinchiliklar sharoitida ayollar ko’prok faol bo’lganliklari va ular uchun imkoniyatlar keng tashkil yetilganligi bois jamiyatda o’z oilasini ta’minlayottan, moddiy mustaqil bo’lgan va mulkdorga aylangan xotin-qizlar ko’paymokda. Bu esa oiladagi an’anaviy iyerarxiyaning, ya’ni "mansab"lar bo’linishining buzilishiga olib kelmokda. Mazkur xolat yerlarni, ya’ni yerkakni ayol chuntagiga bog’lab qo’ymokda. Shu bois, yerkaklar psixologiyasi, shuningdek ayollar psixologiyasi va o’zini tutishida o’ziga xos o’zgarishlar yuz bermokda va aks yetmokda. Yerkak kishi oila boshqaruvchisi sifatidagi azaliy vazifasini kuldan bermokda. Bu holat osonlikcha yuz berayotgani yq: turli inqirozlar, oilaviy tushunmovchilik, ajrim, janjal holatlari ko’paymokda. Mazkur o’zgarishlarning ham ijobiy, ham salbiy tomonlar mavjud. Shu bois, mavjud o’zgarishlar moxiyatini uning bor murakkabligi bilan taxlil va muhokama yetish, oklada bo’lishi mumkin bo’lgan salbiy o’zgarishlarning oldini olishga tomonlarni o’rgatish dolzarb vazifaga aylanmokda.
Oiladagi ma’naviy oriyentirlar ham ma’lum o’zgarishlarni boshidan kechirdi. Umuman bir formaqiyadan boshka formaqiyada yashashga o’tish jarayoni insonlar psixologiyasida bosh ma’naviy qadriyatlar tizimini isloh qilinishiga olib keldi. Mustakillikning ilk yillarida oddiy aholi tabaqalarida o’kish, ta’lim olish inkor yetila boshlandi. Buning natijasida bosh hayotiy aqida sifatida "pul", "mablag", "boylik" kabilar oldinga chikdi. Ammo jamiyat hayotining kelgusi rivoji "akl", "intellekt", "texnik rivoj" va takomil masalalari bir-biriga doimiy bog’liq ekanligini ko’rsatdi. Shunga qaramay, "boylik" ketidan ketish ko’pchilik jamiyat a’zolarining asosiy kadriyatlaridan bo’lib qolmokda. Mana shunday hayotdan maqsadni faqat "boy" bo’lishda ko’rish, "boy bo’lganga hamma yeshiklar" ochik deb tushunish, "boy bo’lganim uchun hamma narsani qilaveraman" degan aqidalar keng tarkalmokda. Buning ortida esa chin insoniy fazilatlar unitilmokda.
Jamiyatda vujudga kelgan ijtimoiy tabaqalish natijasida o’ziga to’k, boy, ta’minlangan tabakalar ijtimoiy ximoyaga muhtoj, kam ta’minlangan tabaqalarga nisbatan past nazar bilan qaramokdalar. Ular dabdabali to’y qilish, o’z boyliklarini ko’z-ko’z kilib ko’rsatish, farzandlarini "zo’ravon" qilib o’stirish, o’ziga juda katta mas’uliyatlarni olish, o’z "ko’lining uzunligi", uning hamma joyga yetib borishini ta’kidlash, mensimaslik, gerdayish, kekkayish, o’ziga bino qo’yishni odatiy hol deb bilmokdalar. Shu bilan birga o’zining kichik bir guruxdagi qadriyatlarini butun jamiyat ongiga singdirishga urinmokdalar. Yeng achinarli xol bu xolatlar ko’pincha ichki madaniyat, bilim, ilgor tafakkur, intellekt va axlokiy poklikka qarama-qarshi ko’yilmokda. O’ziga to’klik gumanitar qadriyatlar o’rniga o’tishi mumkin, deb baholanmokda.
Oila ijtimoiy birlik sifatida yer va xotin, ularning farzandlari, kaynona va kaynotalar, kaynagachi va kayinsingillar, kayinbo’yi va qayinakalar, togalar, xolalar, ammalar, amakilar, pochchalar va barcha karindosh uruglar munosabatidan tashkil bo’ladi. Uzbek oilasi o’z holicha mana shu qarindosh-urugchilikdan ayri holda, mustaqil xolda yashay olmaydi. Urug-aymogchilik qadriyatlari juda yuqori qo’yiladi va ularni ardoqlash zarur hisoblanadi. Ammo mazkur qadriyatning ham ijobiy, ham salbiy tomonlari mavjud. Ijobiy tomoni o’zaro muloqot, bir biriga hamdardlilik, hamfikrlilik, birgalik, ko’pchilik bo’lib xayot zarbalariga karshi turish qadriyatlaridir. Salbiy tomoni, bir tomondan har bir oila mustakil deb ye’lon kilishiga qaramay, bunday murakkab oilaviy munosabatlar tizimida yosh oila ko’pincha aslida mustakil, va muhimi yerkin bo’la olmaydi. Oilaviy mojarolar ham, ularning katta-kichikligiga qaramay, fakat ikki inson o’rtasidagi munosabatlarga emas, balki butun urugchilik munosabatlariga aylanib ketishi oson kechadi. Demak, yosh oilalar, ulardagi ikki tomon o’z mustakilligi va yerkini birgalikda saqlab qolmoqchi, o’zini o’z yaqinlaridan, ular kizikishi, yextirosi, yaxshi niyatdagi yentuziazmidan himoya qilmoqchi bo’lsa, mustaqil oila ishlariga aralashish (yoki aralashmaslik) tartiblarini eng avval o’rnatib olishlari shart bo’ladi.
Bu borada, V.G.Belinskiy shunday degan "Shunga qat’iy imonim komilki, yer-xotin ittifoqi tevarak-atrofdagilarning aralashuvidan xoli bo’lmogi kerak, binobarin, bu ikki kishidan boshka hyech kimning ishi emas".
Shu nuqtai nazardan, oila ma’naviyati masalalari muxim ijtimoiy axamiyat kasb yetadi. Aynan oilada bosh insoniy va gumanistik kadriyatlar kamol topadi. Ugirlik qilmaslik, birovning haqiga hiyonat kilmaslik, xalol yashash, kamol topish, oila a’zolarini hurmat kilish va ye’zozlash, an’anaviy ota-onaga xurmat, oilada mehnat qilish, oila iktisodiyotini ta’minlash shu kabi o’nlab majburiyatlar va insoniy qadriyatlarni shakllantirish aynan oilaning zimmasida.
Zamonaviy uzbek oilasi ichidagi ziddiyatlar va inkirozlar nuqtai nazaridan oila insti-tutiga nazar solinsa, yukoridagi holatlar o’zini ochiq namoyon yetayotgan holatlar hisoblanadi. Shu bilan birga, o’zini pinhona namoyon qilayotgan holatlar, oila ichida kechib, tashkariga ko’p xam chiqmayotgan, ammo ko’payib borayotgan salbiy vaziyatlar ham mavjud.
O’zbeklar kelishmovchilik, ziddiyat. janjal bo’lgan uyda rohat bo’lmaydi, deb hisoblashadi. Oilada uning a’zolarini xo’rlamaslik, g’iybat kilmaslik, qilgan ishlaridan ayb topmaslik, yemok - ichmoqka kizg’anmaslik kabilar xar doim targ’ib qilingan. Oila a’zolari muomalasida salbiy xis-tuyg’ularni jilovlay bilish, bir-birini tushunib yetish, ziyrak bo’lish, rashk, gina-kudrat-ning oldini olish yllariga yoshlarni o’rgatish darkor.
Yeng avvalo yosh yigit va qizlarni oilaviy turmushning barcha o’ziga xosliklariga ochik va samimiy o’rgatish lozim. Yerkak psixologiyasi va ayol psixologiyasi, ular fiziologiyasi, ma’naviy-ruhiy va jismoniy yehtiyojlari kabi masalalarda zamonaviy karashlarning barchasini yoshlarga bermok zarur. Ayollarimizda yerkaklarga nisbatan "g’arazli", "shaxsiy moddiy talablarni kondiruvchi" sifatidagi yegoistik munosabat keng tarkalgan. Yerkaklar esa o’z ayollariga oilaning xizmatkori. uning yumushlarini bajaruvchi, barchaga bo’ysunishi lozim bir jihoz sifatida karashadi. Ikkala stereotip xam noto’g’ri hamda o’zgarishi lozim bo’lgan stereotiplardan hisoblanadi. NA YeRKAKKA, NA AYOLGA -’g’arazli", fakat ‘‘manfaat olish"ga ynaltirilgan munosabat ko’rsatib bo’lmaydi. G’arazli munosabat inson nafsoniyatini yerga uradi. Shu bilan birga xech kimga ustunlik asosida munosabat ham bildirib bo’lmaydi. Yer va xotin munosabati raxmdillik, mehr, oqibat, bir birini asrash tamoyillari asosiga kurilmogi lozimligi ayon.
Ulug rus yozuvchisi L.N.Tolstoy oiladagi munosabatlar uyg’unligi va yerkak bilan ayolning majburiyatlari borasida xozir xam dolzarb bo’lgan tamoyilni aytib o’tgan: "Pishirib-kuydirish, tikib-yamash, kir yuvish, bolalarga qarash fakatgina ayollarning ishi, buni kilish yerkaklarga uyat degan g’alati, ildiz otib ketgan yanglish fikrlar mavjud. Vaxolanki, buning aksi uyatliroq: holdan toygan, qachon qarasang nimjon, homilador ayol zo’r-bazo’r ovkat tayyorlayotgan, kir yuvayotgan, kasal bolasiga karayotgan bir paytda, ko’pincha bekor yurgan, vaqtini bo’lar-bo’lmas ishlar bilan yoxud butunlay besamara o’tkazayotgan yerkaklarga uyat".
Yigit va kizlarni zamonaviy bilimlar asosida oilaviy munosabatlarga to’g’ri ynaltirish zarur. Oila - mukaddas dargoh. Shu bois, oilaga mukaddas munosabat zarur. Sokratning bir jumlasi mashxur: "O’ylab-netib o’tirmay shartta uylan. Xotining yaxshi chikasa-ku, xo’p-xo’p, yomon chiqsa - faylasuf bo’lasan!". Faylasuf bo’lish orzu istagi aynan xotin kishi xarakteri va uning yerkakka bo’lgan munosabati bilan umuman bog’lik emas, Ammo aynan ayol va yerkak munosabatlari, ya’ni xar ikki tomon munosabatlari, ayniqsa ularning noto’g’ri tashkil kilinganligi, ko’p xollarda xayotni falsafiy idrok kilishini uchun zamin yaratadi.
Masalan, mana shunday oilaviy munosabatlarni zamonaviy tashkil qilinishiga bag’ishlangan bilimlardan biri - yerkak va ayol tafakkur tarzidagi o’ziga xos farqlarni, bir biriga o’xshamas tomonlarni ko’rsatuvchi so’rovnoma hisoblanadi.
Ayol va yerkaklarning tafakkur tarzidagi farqlar
Qarama-karshi jinsni siz yaxshi tushunasizmi? Uning nimalar xakida o’ylashi va kanday xulosalar qilishini bilasizmi? Qarama-karshi jinslar, ya’ni yerkak va ayollar tafakkur tarzi, ular ikkalasi xam inson bo’lganligi uchun, birmi, yoki turlichami?!
Biz bu savollarga javob berishga yordam beramiz. Kuyida yerkaklar va ayollarga xos bo’lgan
xususiyatlar xakida ma’lum tartibda mujassam yetilgan savollar va ularga javoblarni ko’rib chiqamiz. Savollar nazariy asoslangan bo’lib, ilmiy tadqikotlar asosiga kurilgan. Ular asosida 10 ta xulosa berilgan. Savollar ayol va yerkak psixologik holatlari bo’yicha keng tarkalgan stereotiplar asosiga kurilgan. Mana shunday stereotiplardan biri - "Yerkaklar hyech qachon ye’tibor bilan tinglamaydilar, ayollar esa umuman gapni tushunmaydilar", stereotipidir.
Jumlaning har ikki bo’g’inida ham asl holatning buzilishi mavjud. Yerkaklar tinglay oladilar, ayollar esa to’g’ri tushuntirilsa, tushuna oladilar. Ana shu xulosalar, sizning fikringizcha, to’g’ri yoki noto’g’riligini o’zingiz ham aytishingiz lozim. O’z munosabatingizni aniqlab olgandan so’ng. o’z javoblaringizni to’gri javoblar bilan solishtiring.
Dostları ilə paylaş: |