OMMAVIY BAYRAMLARNI TASHKIL ETISHDA
SSENARIYNAVISLIKNING O
‘
RNI
Gulshira Saparbayeva
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali
Asilbek Qolqanatov
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Annotatsiya:
Mazkur maqolada ommaviy bayramlarni tashkil etishda
ssenariynavislikning tarbiyaviy ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Ommaviy
bayramlarning ssenariysining mas’uliyati va murakkab talablari yuzasidan ilmiy
o‘rganishlar olib borilgan
Kalit sо‘zlar:
ommaviy bayramlar, ssenariy, bayram, san’at, tomosha,
dramaturgiya.
THE ROLE OF SCRIPT WRITING IN THE ORGANIZATION OF PUBLIC
HOLIDAYS
Gulshira Saparbaeva
Nukus branch of Uzbekistan State Institute Arts and Culture
Asilbek Qolqanatov
Uzbekistan State Institute Arts and Culture
Abstract:
This article discusses the educational value of screenwriting in the
organization of public holidays. Scientific research has been conducted on the
responsibilities and complex requirements of public holiday scenarios.
Keywords:
public holidays, script, holiday, art, spectacle, drama.
So‘nggi uch-to‘rt yil ichida Yangi O‘zbekistonda ommaviy bayram-tomoshalar,
sayillarni o‘tkazish ishlari mukammal darajada olib borilmoqda. Ommaviy
bayramlarni o‘tkazish uchun yangi maydon va joylarning bunyod etilishi bayram
tashkilotchilari zimmasiga yangicha mas’uliyat yuklab, yangicha usul, metod va
dasturlardan foydalanishni talab etadi. Dramaturg, ssenariy mualliflaridan bo‘lsa
zamon talabi va dunyoqarachidan kelib chiqqan holda, o‘zgacha yondashishni ilgari
suradi. Chunki, ommaviy bayramlar umuman olganda jamiyatning tarraqiy mezoni
sifatida qabul qilinib, uning rivojlanganlik darajasini ko‘rsatishi mumkin. Shunday
ekan, g‘oyatda mas’uliyatli jarayonda ssenariyning ahamiyati va mohiyati juda
yuqori hisoblanadi.
“Oriental Art and Culture” Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 2 / September 2021
ISSN 2181-063X
16
http://oac.dsmi-qf.uz
Ommaviy bayramlar ssenariysi sintetik asardir. Ommaviy bayram tomoshalarda
qahramonlarning masshtabi juda ham kengdir. Har bir ssenariyning badiiy darajasi,
umumiy dramaturgiyada bo‘lganligi haqida epizodlarning tugallanmaganligi,
kartinaning obrazli yakunlanganligi, tamoshobinga ta’sir etuvchi emotsional
kuchlarning boshidan oxirigacha rivoji, dramaturgiya talablariga javob bera olishi
bilan belgilana oladi. Shunday bo‘lishiga qaramay, ommaviy bayram va tamoshalar
ssenariysi, teatr uchun yozilgan pyesadan, badiiy filmga yozilgan ssenariydan farq
qiladi. Undagi publitsistik vazifalar ahamiyatli, ijtimoiy hodisalar qahramonlarining
shaxsiy qarama-qarshiliklari orqali emas, balki ijtimoiy ziddiyatlar epik printsip
bo‘yicha, yaxlit namoyish etiladi [1: 84].
Ommaviy bayramlar ayniqsa davlat tadbirlarida ko‘pchilik tomoshabinlarning
bo‘lishini e’tiborga olib ssenarist ko‘proq mukamallikka intilishi zarur. Ommaviy
bayramlar qisqa vaqt mobaynida davom etadigan jarayon emas. Tomoshabinning
diqqatini jalb qilish va uning zerikib qolmasligi bir tomondan rejissyorga bog‘liq
bo‘lsa ikkinchi tarafdan ssenaristning mahorati katta ahamiyat kasb etadi.
Ssenariy muallifi tomonidan ommaviy tomoshalarning janrini aniqlash juda ham
muhimdir. Hozirgi kunda ommaviy tomoshalar amaliyotida tasdiqlangan bir qancha
janrlari mavjud. Ular quyidagilar:
•
Ommaviy teatrlashtirilgan tomosha;
•
Ommaviy teatrlashtirilgan konsert;
•
Adabiy-badiiy musiqali kompozitsiyalar;
•
Memorial-marosim tomoshalari;
•
Ommaviy sport tomoshalari;
•
Suvda, muzda o‘tkaziladigan tomoshalar;
•
Karnavallar;
•
Xalq tomoshalari.
Teatrlashtirilgan ommaviy tadbirlar zamonaviy ommaviy bayramlarning o‘ziga
xos janri bo‘lib, o‘z o‘rnida ijodiy jarayondir. Teatrlashtirilgan ommaviy tadbirlar
asosan ikki qismdan iborat bo‘ladi:
1.
Dramaturgiya (ssenariy) asarini yaratish;
2.
Yaratilgan asarlarni sahnalashtirish (asar rejissurani amalga oshirish).
Teatrlashtirilgan ommaviy tadbirlar dramaturgiyasi va rejissurasi bir butun
jarayondir. Ma’lumki, har bir ishni boshlashdan oldin ishni bajarilishi yuzasidan
maxsus reja tuziladi. Teatrlashtirilgan ommaviy tadbirlarni tayyorlashda ham eng
avvalo uni rejalashtiradi. Demakki, ommaviy bayramlarning rejasi uning sifati va
natijasini belgilovchi hodisa. Rejalashtirish bo‘lsa uning poydevori hisoblanadi.
Shunday ekan, bu ishlarni amalga oshirishda ssenaristlarni tanlash va ular bilan
ishlashish ishning samarali chiqishini ta’minlaydi.
“Oriental Art and Culture” Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 2 / September 2021
ISSN 2181-063X
17
http://oac.dsmi-qf.uz
Tadbirni o‘tkazish uchun tashkiliy guruh tuzilib, unga rahbar tayinlanadi.
Rahbar tadbirning yuqori saviyasida o‘tishi uchun shu soha mutaxassislari: mahaliy
dramaturglarni, rejissyorlarni, baletmester hamda madaniyat va sa’nat muassasasi
ijodiy xodimlarni jalb etadi. Maxsus bir tadbir uchun eng avvalo mas’ul shaxslarning
- ssenariy muallifi va rejissyor kelishgan holda, umumiy reja asosida har bir kishiga
taalluqli ishlarning rejalarini, kundalik ish faoliyatini aniqlaydi. Tashkiliy guruh o‘z
o‘rnida bo‘lg‘usi teatrlashtirilgan ommaviy tadbirning g‘oyasi, maqsadi, ijtimoiy
holatidan kelib chiqqan holda uning dramaturgiyasi (ssenariysi)ni yaratadi [2:23, 24].
Ssenariy yozish ijodiy jarayon. U qisqa yoki uzoq muddat davom etishi bilan
emas, uning tomoshabinlarda qandayda ijobiy ta’sir qoldirishi bilan izohlanadi. Bu
yo‘nalishda san’at va madaniyatshunos olimlarimiz ilmiy izlanishlar olib borgan va
bu haligacha davom etmoqda. O‘zbekistonda ssenariynavislikning rivojlanishiga
hissa qo‘shgan ulug‘ yozuvchilarimizning ishlarini ilmiy o‘rganish, tadqiqotlar olib
borish dolzarb masalalardan biridir.
Bayramshunos olim, professor U.X.Qoraboyev bu xususida “Badiiy ommaviy
tadbirlar” kitobida shunday yozadi: “Ssenariy yozish bilan kim shug‘ullanmasin, u
quyidagi talablarga javob bermog‘i lozim:
a)
Ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotni, mahalliy aholi mehnati va turmushini
chuqur tushuna oladigan hamda uni to‘g‘ri tahlil qila oladigan shaxs bo‘lmog‘i;
b)
Adabiyot va dramaturgiya sohasida bilimga ega bo‘lgan, ulardan samarali
foydalana oladigan kishi bo‘lishi;
c)
Hayotiy materiallarni, hujjatli dalillarni yig‘a oladigan, ularni adabiy-badiiy
shaklda bayon qila oladigan ijodkor bo‘lmog‘i lozim”.
Ko‘rinib turibdiki, senariy mualifi rejissyor bilan ijodiy hamkorlikda hayotiy va
mahalliy materiallardan foydalanib, badiiyat qonuniyatlari asosida, o‘z g‘oyasiga,
mazmuniga ega bo‘lgan yangi asarni yarata oladigan ijodkor bo‘lmog‘i lozim.
Muallif puxta ssenariy yaratish va uni tashkiliy guruhga o‘z vaqtida topshirish uchun
ish jarayonini rejalashtirish lozim.
Ommaviy bayramlarni o‘tkazuvchi va tashkil etuvchi rejissyorlar doimo yaxshi
ssenaristlar izlaydi. Sababi, yaxshi yozilgan ssenariy ommaviy bayramning
yutug‘idir. Ommaviy bayramlarda ko‘plab tashkilotchilarning safarbar etilishi sir
emas. Ommaviy tadbirning boshqa konsert va tadbirlarga qaraganda mas’uliyat toshi
og‘ir hisoblanadi.
Ommaviy tadbir - bu estrada konsertidagidek, tayyor nomerlarining ijarasi yoki
asosiy farqini oshiruvchi rasm, surat emas. Balki, bu turli janrdagi nomerlar hujjatli
ma’lumotlar, kino va diaproyeksiyalar, maxsus yoritilgan materiallarni o‘zaro
qo‘shiluvidir. Oqibatda, o‘ta sifatli va yangi umumlashtirilgan, murakkab birlik
tashkil etkan harakatlardan iborat janr tug‘iladi, qolaversa, epizoddagi nomerlar
montaji tadbirdagi epizodlar montajini, ochiqrog‘i, “kollaj” tushunchasi amalga
“Oriental Art and Culture” Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 2 / September 2021
ISSN 2181-063X
18
http://oac.dsmi-qf.uz
oshiriladi. Chunki, bu joyda bir xil ma’lumotlar yuzaki birlashtirilmaydi.
Balki, turli
janr elementlaridan yangi, mustaqil san’at asari yaratiladi yoki S.M.Eyzeynshteyn
iborasi bilan aytganda, “eng qiziq tomoshalar montaji” vujudga keladi. Bu yerda
S.M.Eyzenshteyn attraksion yoki eng qiziq hayratomus o‘yin, tomoshalar deganida,
“teatrning eng agressiv holatini tomoshabinda his qo‘zg‘atuvchi yoki ruhiy ta’sir
o‘tkazishta, “teatr” qismlari, tomoshabinga nisbatan hayajonli hujumga o‘tayotgan
jarayonini “ko‘z oldida tutadi” [3:39].
Albatta, tomoshabinning e’tirofi va fikri bayramning asl bahosi. Shunday ekan,
ommaviy bayramlarning yuqori saviyasi faqatgina ta’sir ko‘rsatish bilan
belgilanmaydi. Uning tarbiyaviy jihati ommaviy bayram ssenariysiga bog‘liq bo‘ladi.
San’atning tarbiyaviy kuchi unda ifoda etilgan kechinma va obrazlarning har bir
o‘quvchi yoki tomoshabinning qalbiga kirib borishi, ularda zavqiy hissiyotlarini
uyg‘otishdadir. San’at turli ko‘rinishlari bilan o‘ziga xos badiiy estetik qadriyatlarini
to‘plash, saqlash va boshqalarga uzatish xususiyatlariga ega bo‘lgan estetik tizimni
tashkil etadi. San’at tasviriy san’at, me’morlik, rassomlik, haykaltaroshlik, musiqa,
teatr, kino, sirk, badiiy adabiyot xoreografiya va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
San’atning turlari o‘z predmeti, tasvir vositalari va ifoda imkoniyatlari jihatidan
bir-biridan farq qiladi. Masalan, adabiyotta asosiy ifoda vositasi bo‘lib til xizmat
qilsa, tasviriy san’atda esa bo‘yoqlar orqali konkret hissiy obraz gavdalantiriladi.
Teatrda esa pyesa qahramonlarining siymosi aktyorlarda o‘z aksini topadi [4:20].
Ommaviy bayramlarda ssenariynavislikning imkoniyatlaridan to‘laqonli
foydalanishni bilish zaruriyati seziladi. Ssenarist o‘z oldiga qo‘ygan marrasiga
erishishida asosiysi janr va bayram mohiyatining tarixi va ijtimoiy ahamiyatini yaxshi
bilsa bo‘ldi. Qarabsizki, tomoshabinni o‘ziga jalb qilguvchi elementlar o‘z-o‘zidan
yuzaga chiqaveradi. Ommaviy bayramlar ssenariysi o‘z murakkabligiga ega.
Har qanday bayram va tomoshani tashkil etish uchun, avvalo, uning dramatik
asosi - ssenariy yoziladi. Ssenariy bu tadbirni amalga oshirishdagi ilk qadamdir.
“Ssenariy” so‘zi, U. Qoraboyevning “Badiiy-ommaviy tadbirlar” kitobida, “Ssenariy
italyancha so‘zdan olingan bo‘lib, asarning plani, sxemasidir”, deb ta’riflangan.
Lug‘atlarda ssenariy:
1)
Kinosenariy;
2)
Teatrda - qo‘yiladigan dramatik asarning rejasi, syujet chizig‘i; operada -
dramatik harakatning tasviri; baletda - syujetning barcha raqs va mimikalarini o‘z
ichiga olgan mukammal bayoni;
3)
Pyesada ishtirok etuvchilarning sahnaga chiqish payti va tartibi ko‘rsatilgan
yo‘l-yo‘riqdir deb izoh berilgan. Ommaviy bayram va tomoshalarda ssenariy
o‘tkaziladigan bayram yoki tomoshalarning to‘liq yozma bayonoti, deb ta’riflash
maqsadga muvofiqdir. Ssenariy yozilishida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
•
Bayram yoki tomosha o‘tkaziladigan joy o‘rganiladi;
“Oriental Art and Culture” Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 2 / September 2021
ISSN 2181-063X
19
http://oac.dsmi-qf.uz
•
Mahalliy sharoitdan, mavzu tadbir g‘oyasidan kelib chiqqan holda manbalar
izlanadi;
•
Hujjatli materiallar badiiylashiriladi;
•
Sahnaviy usullardan foydalanish yo‘llari izlanadi;
•
Ta’sirchan vositalar tanlanadi.
Rejissor B.Sayfullayev senariy haqida gapirib uni 3 xil toifaga ajratadi, ya’ni:
1.
Oddiy senariyda mavjud materiallarni ketma-ketligi belgilanib, boshqaruvchi
boshlovchi sifatida ishtirok etadi.
2.
Yig‘ma ssenariy, ya’ni turli xil ssenariylardan ishlatilgan materiallardan
foydalangan holda yoziladi.
3.
Original ssenariy,
bunda tomoshabin ko‘z oldida o‘zi kutmagan turli
burulishlarga, to‘qnashuvlarga, hissiyotlarga duch keladi va natijada u zerikmaydi
tadbirdan estetik zavq oladi, - deb tushuntiradi [5: 7, 16].
Ommaviy bayram
va
tomoshalar
dramaturgiyasining
asosi
ssenariy
mukammalligini talab qiladi. Ssenariy adabiy me’yorlarga bo‘ysinadi. Ommaviy
bayram ssenariysining mazmunini adabiy tasvirlash bo‘lib bunda jiddiy ketma-ketlik
asosida harakat elementlari murakkab xarakterga ega bo‘lishi kerak. Uning asosiy
g‘oyasi bir bo‘limdan ikkinchisiga o‘tish davomida uzulishlarga uchramasligi shart.
Ommaviy bayram va tomoshalar qahramonlarning masshtabi juda ham kengdir.
“Har bir ssenariyning badiiy darajasi, umumiy dramaturgiyada bo‘lganidek,
epizodlarning dramaturgik tugallanganligi, kartinaning obrazlik yakullanganligi,
tomoshabinga ta’sir etuvchi emotsional kuchlarning boshidan oxirigacha rivoji,
dramaturgiya talablariga javob bera olishi bilan belgilanadi.
Shunday bo‘lishiga qaramay, ommaviy bayram va tomoshalar ssenariysi, teatr
uchun yozilgan pyessadan, badiiy filmga yozilgan ssenariydan farq qiladi. Undagi
publitsistik vazifalar ahamiyatli, ijtimoiy hodisalar aniq qahramonlarning shaxsiy
qarama-qarshiliklari orqali emas, balki ijtimoiy ziddiyatlarni epik prinsipi bo‘yicha
yaxlit namoyish etiladi”. Ommaviy bayram va tomoshalar ssenariysi tomoshabinga
emotsional ta’sir qilish borasida keng imkoniyatlarga ega. Bunday ssenariy muallifi,
tomoshabinlarga berilgan tarixiy faktlarga bo‘lgan munosabatiga suyanishi mumkin
[6: 132, 133].
Keyingi paytlarda mutaxassislar ommaviy bayramlarning yuqori saviyada
o‘tishini texnik vositalarga bog‘liq degan fikrlarni ilgari suradi. Bu ham to‘g‘ri texnik
vositalar ommaviy bayramlarning yanada mukammal va sifatli, bezakli, fayzli
o‘tishini ta’minlaydi. Lekin tomoshabinlarga faqat estetik emas, ma’naviy ozuqa
berish ssenariynavislikning bosh maqsadi hisoblanishini unutmaslik zarur.
Madaniyat muassasalaridagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar turli yoshdagi
aholining ma’naviy-axloqiy, milliy-ma’naviy ruhda tarbiyalashga qaratilgan madaniy
tadbirlar - eng avvalo millat g‘oya asosida xalqni birlashtirish, jipslashtirish, yosh
“Oriental Art and Culture” Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 2 / September 2021
ISSN 2181-063X
20
http://oac.dsmi-qf.uz
avlod ongi va qalbida ezgu g‘oyalarga sadoqat tuyg‘ularini tarbiyalashga shuningdek,
kishilarni ma’naviy tajovuzlardan ogohlikka chorlash, ularning mohiyatini anglab
yetishga qaratilgan tizimli shakllar, usullar, vositalar va maqsadli amalli harakatlar
majmuidir. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, biron-bir asarni asar mazmuni
mohiyatidan uning janri aniqlangandek madaniy tadbirlar ham tashkil etilayotgan
tadbirning mohiyatidan, ichki mazmunidan kelib chiqqan holda turli shakllarga ega
bo‘ladi. Yoshlarga ko‘p bilim, tarbiya, ma’naviy ozuqa berishga qaratilgan turini
ma’naviy-ma’rifiy tadbir deb atasak, to‘g‘ri bo‘ladi [7: 13].
Xulosa o‘rnida shuni alohida ta’kidlash kerakki, ommaviy bayramlar vaqt o‘tishi
va texnikaning rivojlanishi bilan sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilib, rivojlanib
boradi. Eng asosiysi ssenariy yozilish davri, ijtimoiy muhiti, tarbiyaviy ahamiyati
bilan tomoshabinlarda o‘zgacha ta’sir qoldirishi lozim. Asosiysi, ssenariy muallifi
tomosha san’atini yaxshi tushunishi va ssenariynavislik talablariga javob berishi,
tomoshabinni bayram e’tirofida o‘z aksini ya’ni ijobiy ta’sirini qoldirishi juda katta
ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |