Moliya Kurs ishi Mavzu: Moliya tizimini isloh qilishda innovatsiyalardan foydalanish. Tekshirdi Aytmuratova Ulbika Bajardi: Annayev Sardor Toshkent 202 reja: kirish. Asosiy qism


Moliya tizimini isloh qilish jarayonining nazariy tashkiliy-huquqiy asoslari



Yüklə 47,63 Kb.
səhifə2/6
tarix14.12.2023
ölçüsü47,63 Kb.
#178502
1   2   3   4   5   6
Moliya Kurs ishi Mavzu Moliya tizimini isloh qilishda innovatsi-fayllar.org

Moliya tizimini isloh qilish jarayonining nazariy tashkiliy-huquqiy asoslari.

O`zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy rivojlanishda bozor munosabatlariga yuz tutar ekan, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo`lgani kabi, moliya va moliyaviy munosabatlarida ham chuqur islohotlarni amalga oshirishga to`g`ri keldi. Belgilangan strategik vazifalar davlatning taktik choratadbirlari asosida bajarila boshlandi. Tovarlar va xizmatlarning mamlakatlararo harakatini tartibga solib turuvchi, milliy iqtisodiyotni mustahkamlash va himoya qilishga qaratilgan boj siyosati ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etildi. Bu siyosat hozirgi kunda mamlakat ichki bozoriga past sifatli, inson salomatligiga putur etkazuvchi tovarlarni kirib kelishini oldini olish va ilg`or texnologiyalar, fan-texnika yutuqlari natijalarining mamlakat iqtisodiyotiga kirib kelishini rag`batlantirish yo`lidan og`ishmay amalga oshirilmoqda. O`zbekistonda moliyaviy siyosatning hozirgi kundagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • davlat byudjetidagi defitsitni yo`l qo`yilgan eng kam daraja doirasida (YaIMning 3-4%i atrofida) cheklashga yo`naltirilgan qattiq moliyaviy siyosatni amalga oshirish;


  • davlat xarajatlarining birinchi navbatda iqtisodiyotdagi zarur tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishning o`sishini ko`zlab o`naltirishni ta`minlash;


  • ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish talablaridan kelib chiqqan holda, aholining ijtimoiy himoyasini ta`minlash, aholining konstitutsiya bilan kafolatlangan huquqlarini himoya qilishni ta`minlovchi moliyaviy bazani yaratish, erkin mehnat va ishbilarmonlik asosida aholi turmush darajasini ko`tarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;


  • ijtimoiy himoyaning adresli bo`lishiga, moliyaviy mablag`larning ijtimoiy yordamga haqiqatda muhtoj aholi qatlamlariga etib borishini ta`minlash;


  • Davlat byudjeti va korxonalar moliyaviy ahvolining barqarorligini ta`minlash;


  • byudjet intizomiga qat`iy rioya qilish;


  • soliq siyosatini takomillashtirish, soliqlarning iqtisodiyotga rag`batlantiruvchi ta`sirini kuchaytirish maqsadida:


  • soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy, tabiiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan, to`plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag`batlantiruvchi ta`sirini oshirish;


  • korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish, qo`shilgan qiymat va foyda solig`idan olinadigan soliq stavkalarini kamaytirish va shu asosda ishlab chiqarishni jonlantirishga turtki berish;


  • soliq tushumlari tarkibini tubdan o`zgartirish, resurslar, mol-mulk solig`ining rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq undirishning progressiv tizimini joriy etish.


  • mahalliy byudjetlarni shakllantirish manbalari bo`lgan respublika soliqlari bilan mahalliy soliqlar o`rtasida aniq chegara o`tkazish;


  • Davlat byudjeti daromadlarini katta qismini joylarga beriktirish, mahalliy byudjetlarning daromad manbalarini mustahkamlash;


  • soliq siyosati belgilab bergan chora-tadbirlarni amaliyotga tadbiq etuvchi tegishli moliya-soliq mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirish va boshqalar.



Moliya tizimi

Ma’lumki, jamiyatning moliyasi muayyan tizimni hosil etadi. Bularga moliya obyekti, moliya subyekti, moliya munosabatlari, moliya mexanizmi, moliya siyosati va moliya institutlari kiradi. Quyidagi ularning ta’rifini keltiramiz.


Moliya obyekti – moliya resursi bo`lib, turli pul fondlaridan iborat. Bu fondlarni barcha iqtisodiyot subyektlari o`z daromadi – tushumi hisobidan shakllantiradi, ular hisobidan xarajatlarini moliyalashtiradi.
Moliya subyekti – moliya munosabatlarining ishtirokchilari bo`lib, firmalar, xonadonlar, davlat va nodavlat idoralaridan iborat. Bular yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi.
Moliya munosabatlari – iqtisodiyot subyektlarining moliya resurslari xususidagi o`zaro aloqalari. Bu aloqalar YAIM va milliy boylikni taqsimlab ishlatish jarayonida yuzaga keladi.
Moliya mexanizmi – turli moliya vositalari bo`lib, soliq, subsidiya, subvensiya, transfert, jarima, dotatsiya, sanatsiya, moliyaviy me’yorlar va boshqalardan iborat. Bular iqtisodiy faollikni rag`batlantirish yoki iqtisodiy noshudlikni jazolash uchun qo`llaniladi. Shuningdek, ular vositasida ijtimoiy yordam amalga oshiriladi.
Moliya siyosati – iqtisodiyot subyektining moliyaviy resurslarni topish, ularni taqsimlash va sarflashga oid yo`l-yo`riqlari va sa’yharakatlarining majmuidir. O`z moliyaviy siyosatini faqat davlat emas, balki firmalar va xonadonlar ham yurgizadi va bunda subyektlar o`z manfaatlaridan kelib chiqadi.
Moliya institutlari – bular moliya aloqalarini amalga oshiruvchi va moliya infratuzilmasini tashkil etuvchi kompaniyalar, firmalar, banklar hamda davlat idora va tashkilotlaridan iborat.
Moliya tizimining barcha bo`g`inlari bir-birini taqozo etgan holda amal qiladi.
Moliya turli darajada amal qiladi:
1. Mikromoliya – bu firmalar va xonadonlar, nodavlat va jamoat tashkilotlaridagi moliya, moliya tizimining boshlang`ich va asosiy bo`g`ini hisoblanadi.
2. Makromoliya – bu mamlakat doirasidagi va milliy iqtisodiyotga xizmat qiluvchi moliya bo`lib, davlat moliyasidan iborat.
3. Metamoliya – xalqaro doiradagi moliya bo`lib, davlatlararo pul munosabatlarini anglatadi.
Moliya tizimining muhim qismini kredit tizimi tashkil qiladi va u kredit munosabatlari majmuini, kreditlashtirishning ko`rinishlari va tamoyillarini hamda mamlakatning moliya-kredit tashkilotlarini o`z ichiga oladi. Mamlakatning kredit tizimi jamiyatning ehtiyojlariga asoslanadi hamda ishlab chiqarishni rivojlantirishga xizmat qiladi, banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlari bu tizimning asosiy elementlaridir.
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz moliya siyosati muammolari qatoriga uning hayot (davr) bilan hamnafasligini ta`minlash, uning davlatimiz rivojlanishining o`zgargan sharoitlariga tezda moslasha bilishini ta`minlash, o`z echimini kutayotgan vazifalarni hal etish uchun kerakli usullarni o`z vaqtida topa bilish, strategik kontseptual echimlarni ishlab chiqish, mablag`larga qarab yashash talabiga rioya etilishini ta`minlash, fuqarolar ijtimoiy talab-ehtiyojlarini qondirishning moliyaviy bazasini (asosini) belgilashda qoldik yondashuvidan (usulidan) ijtimoiy xarajatlarning adresliligini ta`minlashga o`tish kabi tadbirlar kiradi.
O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy islohotlar konsepsiyasiga asosan, mamlakatimizda intellektual va texnologik salohiyatni oshirishning uzoq muddatli ssenariylarida asosiy yo`nalish – innovatsiyalarni rivojlantirish, korxonalarda innovatsion faoliyat bilan faol shug`ullanishni rag`batlantirish ko`rsatib o`tilgan. Bu iqtisodiyotning ustuvor soha va tarmoqlarini innovatsion rivojlantirishning yangi modellarini shakllantirish imkonini beradigan strategik milliy innovatsiya tizimini yaratish bilan bog`liq.
Eng ustuvor vazifalardan biri — bu mamlakatimizni modernizatsiya qilish va aholi bandligini oshirishning muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirishdan iborat.
G`oyat muhim ahamiyatga ega bo`lgan ushbu ustuvor vazifaga alohida e’tibor qaratish zarur. Buning bir qancha sabablari bor.

Yüklə 47,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin