1-rasm. Davlat budjet xarajatlari 2020.2
Moliya sohasidagi innovatsiya va institutlar o`rtasidagi raqobat oxiroqibat moliyaviy tizim faoliyati samaradorligining oshishiga olib keladi. Davlat moliyasini isloh qilish yuzasidan olib borilayotgan o`zgarishlarning markazida davlat budjetining shakllanishi va uning mablag’laridan yanada samarali foydalanish, budjet taqchilligi o`sishiga ta’sir etuvchi omillarning oldini olish, shu bilan birga budjet mablag`laridan foydalanish jarayonida budjet intizomlariga rioya etilishini va bunda moliyaviy nazoratni kuchaytirish, qolaversa, samarali moliyaviy nazorat tizimini shakllantirish orqali davlat budjetining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyatini oshirish masalalari turadi. Mamlakatimizda barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirish borasida amalga oshirib kelinayotgan islohatlar bugungi kunda o’zining natijalarini namayon etmoqda. Jumladan, qisqa vaqt ichida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, aholi daromadlarining o’sishini ta’minlash, samarali tashqi savdo hamda investitsiya jarayonlarini kuchaytirish, qishloq xo’jaligini isloh qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini barqaror rivojlantirish, bank-moliya tizimi faoliyatini mustahkamlashda ahamiyatli yutuqlar qo’lga kiritildi. Davlatimiz tomonidan ijtimoiy yo’naltirilgan bozor munosabatlariga o’tishda mamlakatni barqaror rivojlanishini, iqtisodiy o’sish sur’atlarini yuqori darajada bo’lishini ta’minlash maqsadida budjet–soliq siyosatini yanada takomillashtirish, davlat budjeti daromadlariga mavjud zahiralarni o’rganish muhim vazifa qilib olindi. Bunda pensiya jamg’armasini boshqarish jarayoni, daromad qismini belgilovchi moliyaviy manbalarni shakllantirish tahlili, xarajatlar qismini qay darajada maqsadli sarflanishini tahlili muhim o’rin egallaydi.
Moliya tizimining xususiyati uning nafaqat olingan alohida bir mamlakat yoki hududda, balki xalqaro miqyosda ham amal qilishidadir, ya’ni u milliy va millatlararo ko`rinishda yoki xalqaro moliya tizimi (qisqartmasi «xalqaro moliya») sifatida namoyon bo`lishidadir. Xalqaro moliya – bu o`ylab topilgan kategoriya emas; u ob’ektiv asoslarga ega bo`lgan ixtisoslashgan moliya munosabatlarini aks ettiradi. Xalqaro moliyaning moddiy asosi bo`lib mamlakatlar o`rtasidagi xalqaro moliyaviy oqimlar hisoblanadi.
Davlat moliya tizimi va budjet intizomini yanada mustahkamlash, soliq-budjet tizimining shaffofligini oshirish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet daromadlari prognoz ko`rsatkichlari bajarilishida manfaatdorligini kuchaytirish, shuningdek, “2020 yil uchun O`zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to`g`risida”3 gi O`zbekiston Respublikasi qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida:
Quyidagilar 2020-2024 yillarda davlat moliya tizimini takomillashtirish strategiyasining asosiy yo`nalishlari deb belgilansi.:
Soliq-budjet siyosatiga strategic yondashuvni tatbiq etish maqsadida o`rta muddatli budjet asoslarini ishlab chiqish hamda yillik budjetni shakllantirishning yangi “natijaga yo`naltirilgan budjet” tizimini joriy etish;
Makrofiskal prognozlar ishonchliligini ta’minlash bo`yicha institutsional salohiyatni va budjet jarayoni ishtirokchilarining mas’uliyatini oshirish;
Budjet mablag`larini taqsimlovchilar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet sohasidagi vakolatlarini va hisobdorligini oshirish hamda ularning mas’uliyatini kuchaytirish;
Fiskal tavakkalchiliklarni baholash, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar hisobini yuritish hamda ularni samarali boshqarish tizimini joriy etish;
Budjet hisobi standatrlarini unifikatsiya qilish, ichki nazorat va audit tizimini takomillashtirish orqali moliyaviy intizomni mustahkamlash;
Budjet ma’lumotlarining ochiqligi, to`liqligi va xalqaro standartlarga mosligini ta’minlash;
Budjet jarayoni ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish shular jumlasidandir.
Yaratilgan qulay investitsiyaviy muhit, jumladan, banklarning kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtirilgan foyda solig`i stavkalarining joriy etilganligi tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda. Banklarning investitsiya kreditlari ustuvor ravishda ― O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo`ljallangan Harakatlar Strategiyasida belgilangan vazifalar, ― Faol tadbirkorlik, innvatsion g`oya va texnologiyalarni qo`llab quvvatlash yili Davlat dasturi hamda tarmoqlarni modernizatsiya qilish, mahalliylashtirish va hududlarni rivojlantirish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni qo`llab-quvvatlashga, kichik biznes va xususiy tadbikorlik sub‘ektlari tomonidan minitexnologiyalarni sotib olishga yo`naltirilmoqda.
Hozirgi kunda innovatsion infratuzilma tarkibini belgilash, mazkur tizimga kiruvchi unsurlarni ko`rsatib berishda ma‘lum nomuvofiqliklar mavjud. Jumladan, bir qator iqtisodchi olimlar tomonidan innovatsion infratuzilma aloqalarini o`rnatishga va samarali yuritishga xizmat qiluvchi korxona, tashkilot va muassasalar majmui sifatida qarab, uni besh bo`g`inga
ajratadilar:
1. ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi innovatsion infratuzilma (transport, aloqa, ombor xo`jaligi, yo`l xo`jaligi, suv va energetika kabilar)
2. tovarlar va xizmatlar muomalasiga, ya‘ni savdo-sotiq ishlariga xizmat qiluvchi innovatsion infratuzilma (birjalar, savdo uylari, auksionlar, tijoratchilik idoralari, reklama firmalari va agentliklari, davlatning savdo-sotiq va ularni nazorat etuvchi muassasalari)
3. moliya - kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi innovatsion infratuzilma (tijorat banklari, o`z-o`zini kreditlash idoralari, sug`urta kompaniyalari, moliya kompaniyalari, soliq undirish mahkamalari, har xil pul fondlari)
4. aholiga xizmat qiluvchi yoki sotsial innovatsion infratuzilma (uy-joy, kommunal va transport xizmati, maorif, madaniyat hamda sog`liqni saqlash muassasalari, aholini ishga joylashtirish firmalari va idoralari)
5. axborot xizmati ( iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo`lgan har xil axborotlar – ma‘lumotlar va xabarlarni to`plash, umumlashtirish va sotish bilan shug`ullanuvchi turli kompaniyalar, firmalar, maslahat idoralari, davlat muassasalari).
Iqtisodiy o`sishning yuqori sur’atlari, birinchi navbatda, ijtimoiy aql -zakovat, samarali moliya tizimi, bilim va axborot resurslar i raqobatbardoshligi majmui bilan belgilanadi va ularning asosini mamlakatning oqilona innovatsion siyosati tashkil etadi. Shubhasiz bularning barchasi mustaqil va bir vaqtning o`zida, muvofiqlashtirilgan bo`lishi hamda ular o`rtasidagi munosabatlar xalqaro norma, konvensiya va hujjatlar bilan tartibga solib turilishi lozim.
Xalqaro moliya institutlarining fikricha, bu bugungi kunda jahon iqtisodiyotidagi eng yuqori ko`rsatkichlardan bo`lib, davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo`ljallangan Harakatlar Strategiyasi”da keng e’tirof etilgan taraqqiyot yo`lining oqilona va to`g`ri ekanligining yorqin tasdig`idir. Shunisi e’tiborliki, mamlakatimiz bu yutuqlarga global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz va undan chiqish sharoitida erishmoqda. Holbuki, dunyoning aksariyat davlatlarida bu jarayon qiyinchilik bilan kechmoqda.
Koreya Respublikasi Milliy assambleyasi sobiq spikeri Li Man-sop O`zbekiston Prezidentining asarlari, shuningdek, uning nazariyasi va rahbarligida O`zbekistonda tadrijiy va bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinayotgan islohotlar bilan anchadan buyon yaxshi tanish ekanligi yozadi. U sanoatni modernizatsiya qilish va texnik jihatdan yangilashda bank va moliya tizimini takomillashtirishning davlat tomonidan qo`llabquvvatlanishi O`zbekistonga tashqi salbiy ta’sirdan kelayotgan zararni kamaytirishi va asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlarning barqarorligini ta’minlash imkoniyatini berganini ta’kidlagan. Yuqorida ko`rib chiqilgan bozor iqtisodiyotiga o`tishning turli modellari barcha mamlakatlarni bitta manzilga – erkin bozor iqtisodiyoti tizimiga olib keladi. Ammo, bozor munosabatlari shakllanishining sotsial-iqtisodiy, tarixiy, milliy va xalqaro sharoiti har xil bo`lganligi tufayli, unga o`tishning milliy xususiyatlari ham mavjud bo`ladi. Mustaqillikning dastlabki yillarida moliya tizimining barqarorligini ta’minlash ushbu sohada raqobatni rivojlantirishdan ustun hisoblangan. Bugungi kunga kelib esa, mazkur tizimda sog`lom raqobat muhiti shakllangan va unda raqobatga qarshi harakatlar hamda qayta monopollashuvning oldini olish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, moliya tizimida monopoliyaga qarshi tartibga solish mexanizmini joriy etish dolzarb muammo bo`lib qolmoqda. Moliya bozorlarida raqobatni ta’minlash bo`yicha yangi qonun loyihasida ko`pgina me’yorlar ko`zda tutilgan. Izchil yuqori o`sish sur’atlari, yurtimizda barpo etilgan bank-moliya tizimining barqaror va ishonchli faoliyat yuritishi, iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan yangilanish va o`zgarishlar, umuman, mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo`lidagi dadil qadamlarimiz dunyo jamoatchiligi, shuningdek, Xalqaro valuta jamg`armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki singari nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan e’tirof etilmoqda.
2-rasm. Toshkent viloyatida o`z kuchi bilan innovatsion mahsulotlar, ishlar, xizmatlar ishlab chiqargan korxona va tashkilotlar soni. (2010-1017 yillr)4
Toshkent viloyati hududi O'zbekistonning innovatsion xaritasida munosib o'rin egallaydi. Statistik ma'lumotlar asosida shuni aytish mumkinki, so'nggi yillarda viloyat innovatsion faoliyat bo'yicha yaxshi ko'rsatkichlarga erishmoqda. Bunga 1-chizmada keltirilgan dalillar misolida yaqqol ishonch hosil qilish mumkin. Innovatsion mahsulotlar, ishlar, xizmatlar ishlab chiqargan korxona va tashkilotlar soni 2017 yilda 2010 yilgiga nisbatan 7,5 barobarga ortib, 289 tadan 2171 taga yetdi. Jumladan, birinchi marta innovatsion mahsulotlar, ishlar, xizmatlar ishlab chiqarishni o'zlashtirgan korxonalar soni 1007 taga ko'paydi. Shu bilan birga, viloyatining muvaffaqiyatli hududlarini rivojlantirish tajribasining ko'rsatishicha, mintaqaviy innovatsiyalar, mintaqaviy innovatsion jarayonlar va innovatsiyalarni rivojlantirish mexanizmlarini shakllantirishda bir qator jiddiy muammolar paydo bo'ladi. Viloyatda innovatsion rivojlanishni boshqarishning bunday mexanizmini yaratishdan asosiy maqsad esa ishlab chiqarilgan va sotilgan innovatsion mahsu-lotlar (xizmatlar) hajmini oshirishdan iboratdir.5
2-chizmada innovatsion mahsulotlar, ishlar, xizmatlar hajmi va xarajatlari dinamikasini ko'rishimiz mumkin. Innovatsion mahsulotlar, ishlar, xizmatlar hajmi 2017 yilda 18543,3 mlrd. so'mni tashkil qildi. Bu ko'rsatkich 2016 yilgiga nisbatan 1,7 barobar, 2008 yilgiga nisbatan 14 barobarga ko'paydi. Innovatsiyalarga xarajatlar 2008 yildagiga nisbatan 8 barobarga, 2016 yildagiga nisbatan 1,6 foizga kamaydi.
Mana shu korxonalar sonining oshishi moliya tizimiga, moliya infratuzilmasiga ham bevosita aloqador bo`lib boraveradi. Korxona va firmalarda innovatsion xizmatlar va ishlar ortgani sayin, o`z o`zidan moliya tizimlarida ham innovatsiyalarning soni oshib boraveradi. Biz bu misolimizda Respublikamizning eng sanoati rivojlangan viloyatlaridan biri, Toshkent viloyati ko`rinishida keltirdik.
Raqamli tizimlarning jadal takomillashishi, o'z navbatida, to'rtinchi sanoat inqilobiga zamin hozirladi. 2011 yili Germaniyada bo'lib o'tgan Gannover yarmarkasida “4-industriya” atamasi muomalaga kiritildi. Yangi texnologiyalar taraqqiyoti “aql zavodlari”ga asos soldi. Sirasini aytganda, to'rtinchi sanoat inqilobi yangi virtual dunyoni yaratdi. U dunyo miqyosida keng quloch yoydi. To'rtinchi sanoat inqilobi yutuqlaridan hozir ayrim mamlakatlar unumli foydalanmoqdalar. 2007 yili bozorga iPhone mobil telefonlari kirib keldi. 2015 yil yakunida ikki milliardga yaqin xuddi shunday qurilmalar ishlab chiqarildi. 2010 yilda Google kompaniyasi o'zining haydovchisiz avtomobillarini tayyorladi. Shuning barobarida bozorga axborot tovarlari ham yetkazib berila boshlandi. Instagramm, WhatsApp, Telegramm kabi kompaniyalar to'rtinchi sanoat inqilobi yutuqlaridan oqilona foydalanib, virtual olamda o'zlarining virtual industriyalarini tashkil etdilar. Ular millionlab odamlarni o'rgimchak to'ri yanglig' qamrab oldi. Brinyolfsson va Mak Afi qalamiga mansub “Ikkinchi mashina asri” nomli kitobda esa shunday deyilgan: “Komp`yuter ko'plab qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lgani bois iqtisodiyot tarmoqlari uchun eng zarur element sifatida maydonga chiqdi. Komp`yuterlar sun'iy aql orqali boshqariladigan bo'ldi. Sun'iy aql bugungi kunda barcha sohalarni qamrab oldi. Shu jumladan moliya tizimini ham.
3-rasm. 4-sanoat inqilobi yutuqlari.6
3-rasmda 4-sanoat inqilobi yutuqlari keltirilgan. Aniqrog`i so`nggi innovatsion texnologiyalar. 2020 yil Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish deb belgilandi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Parlamentga murojaatnomasida barcha davlat organlari, infratuzilmalar bosqichma-bosqich raqamli iqtisodiyotga o`tishini ta’kidlab o`tdi.
4-rasm. 2020 yil uchun mo`ljallangan davlat dasturi.
Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida o`z oldimizga qo`ygan maqsad va vazifalarimiz bisyordir. Jumladan, 2020 yilgi Davlat dasturida jami 18.2 trillion so`mlik loyihalar prognozi tuzib chiqilgan. Bu davlat dasturining uchinchi bandida moliya tizimini isloh qilish aytib o`tilgan.
Dostları ilə paylaş: |