Moliya Kurs ishi Mavzu: Moliya tizimini isloh qilishda innovatsiyalardan foydalanish. Tekshirdi Aytmuratova Ulbika Bajardi: Annayev Sardor Toshkent 202 reja: kirish. Asosiy qism


Moliya tizimini isloh qilishda innovatsiyalardan foydalanishning dolzarbligi va raqamli iqtisodiyotga o`tish davridagi ahamiyati



Yüklə 47,63 Kb.
səhifə4/6
tarix14.12.2023
ölçüsü47,63 Kb.
#178502
1   2   3   4   5   6
Moliya Kurs ishi Mavzu Moliya tizimini isloh qilishda innovatsi-fayllar.org

Moliya tizimini isloh qilishda innovatsiyalardan foydalanishning dolzarbligi va raqamli iqtisodiyotga o`tish davridagi ahamiyati.

Amaliyotning ko`rsatishicha, iqtisodiyotning rivojlanib va murakkab-lashib borgani sari moliyaviy tizim uning sub’ektlarini pul resurslarini vaqt bo`ylab va makonda ko`chirib o`tkazish (o`tish, joyini o`zgartirish)ning samarali usullari bilan ta’minlashda tobora muhim rol o`ynamoqda. Bugungi kunda mavjud bo`lgan bozorlar va moliyaviy tizim vositachilarining o`ta murakkab tarmog`i yapon ishchisining pensiyaga oid jamg`ar-masini amerikalik yosh oilalarga uy sotib olishlarini moliyalashtirish uchun ishlatilishiga imkoniyat yaratmoqda. Shuningdek, turli xil innova-tsiyalar ham iqtisodiyot samaradorligini oshirishga katta imkoniyatlarni vujudga keltirmoqda. Moliyaviy yangiliklar qaysidir markazlashtirilgan organlar tomonidan rejalashtirilmaydi, balki ayrim tadbirkorlar va firmalarning xarakatlari natijasida yuzaga keladi. Moliyaviy sohada innovatsiyalarning yuzaga kelishiga turtki bo`ladigan asosiy iqtisodiy manfaatlar, to`g`risini aytganda, inson faoliyatining boshqa har qanday sohasida harakat qiluvchi manfaatlardan hech qanday farq qilmaydi. Odamlar ehtiyojining va moliyaviy xizmatlar ko`rsa-tadigan tashkilotlar o`rtasidagi ta’sirning tahlili, moliyaviy tizimda kelgusidagi o`zgarishlar to`g`risida bashorat qilishga imkon beradi.


O`zbekiston Respublikasining Ma’muriy islohotlar konsepsiyasiga asosan, mamlakatimizda intellektual va texnologik salohiyatni oshirishning uzoq muddatli ssenariylarida asosiy yo`nalish – innovatsiyalarni rivojlantirish, korxonalarda innovatsion faoliyat bilan faol shug`ullanishni rag`batlantirish ko`rsatib o`tilgan. Bu iqtisodiyotning ustuvor soha va tarmoqlarini innovatsion rivojlantirishning yangi modellarini shakllantirish imkonini beradigan strategik milliy innovatsiya tizimini yaratish bilan bog`liq. Haqiqatan ham, milliy innovatsiya tizimi ilm-fan, sanoat va jamiyat o`rtasida shunday uzviy munosabatlar tizimini shakllantiradiki, unda innovatsiyalar iqtisodiyotni rivojlantirish uchun asos bo`lib xizmat qiladi, innovatsion taraqqiyot ehtiyojlari esa ilmiy faoliyat ravnaqini belgilab beradi va rag`batlantiradi. Shu bois barcha mamlakatlar milliy innovatsiya tizimiga tayangan holda milliy raqobatbardoshlikning yuqori darajasiga erishish va saqlab turish siyosatini olib borishadi. Innovatsiyalarni moliyaviy qo`llab-quvvatlash davlat uchun jozibador bo`lsada, aynan qulay muhit yaratishga ustuvorlik berilishi kerak. Innovatsion taraqqiyotda muvaffaqiyatlarga erishgan barcha mamlakatlar, qanday model doirasida rivojlanmasin, birinchi navbatda, qulay innovatsion muhit yaratib olgan.
Quyidagi rasmda 2020 yil uchin mo`ljallangan Budjet xarajatlari ko`rsatilgan. Unda iqtisodiyot uchun 14 trillion 14 milliard so`m miqdorda bul mablag`lari ajratilishi ko`zda tutilgan. Bu pullarning katta qismi moliya tizimini isloh qilish hamda moliya tizimiga innovatsion loyihalarni amalga oshirishga mo`ljallangan. Bu ham shuni ko`rsatadiki, Respublikamizda moliya tizimini isloh qilish uchun katta chora-tadbirlar qo`llanilmoqda. Innovatsiyalar vazirligining tashkil etilishi ham gapimizning mutlaq isboti bo`lib xizmat qiladi.


Yüklə 47,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin