Moliya, pul va kredit


Davlat byudjetining xarajatlari



Yüklə 421,11 Kb.
səhifə4/5
tarix17.03.2023
ölçüsü421,11 Kb.
#88557
1   2   3   4   5
O

Davlat byudjetining xarajatlari
Davlat byudjetining xarajatlari – davlatning markazlashgan pul mablag’larini hudud, mamlakat, tarmoq yoki sohalar doirasida taqsimlash jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. Eng avvalo, o’zining iqtisodiy mazmuniga ko’ra, davlat byudjetining xarajatlari kapital va joriy xarajatlarga bo’linadi. Davlat byudjetining kapital xarajatlari davlat hokimiyat organlari, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari, byudjet tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga yo’naltirilgan byudjet xarajatlari, boshqa byudjetlar va iqtisodiyot alohida tarmoqlariga dotatsiya, subsidiya va subvensiya shaklida ko’rsatiladigan davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar. Byudjetning joriy xarajatlari davlat byudjeti xarajatlarining turkumlanishiga muvofiq kapital xarajatlarning tarkibiga kiritilmagan boshqa xarajatlardir. Takror ishlab chiqarishdagi roliga ko’ra, Davlat byudjetining xarajatlari milliy iqtisodiyotga (xo’jalikka) qilinadigan xarajatlar va ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlariga bo’linadi.6
Bu xarajatlarga, eng avvalo, davlat korxonalari va davlat ulushi bor bo’lgan korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish, ularni yanada kengaytirish va rivojlantirish, davlat moddiy zahiralarini yaratish xarajatlari kiradi. Byudjetning ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari ham ijtimoiy jihatdan zarur bo’lgan xarajatlardir.Davlat byudjeti iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning rivojlanishiga davlat tomonidan ta’sir o’tkazilishining muhim vositasi bo’lib, jamiyat hayotiga byudjet ta’sirining shakl va usullarini ham o’zgartirmoqda. Jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti byudjet mablag’larini yo’naltirishga bog’liqdir. Byudjet xarajatlari aniq ko’rinishlarining rang-barangligi muayyan xususiyatlariga qarab tabaqalashtiriladi: takror ishlab tarmoq jarayonida ularning vazifasi, ijtimoiy yo’nalishi, ishlab chiqarish tarmoqlari va faoliyat turlari, qaysi maqsadga yo’naltirilganligi hisobga olinadi. Davlat byudjeti xarajatlari ijtimoiy yo’nalishi bo’yicha quyidagi guruhlarga bo’linadi:
- ijtimoiy sohaga qilinadigan xarajatlar;
- xalq xo’jaligini rivojlantirishga qilinadigan xarajatlari;
- mudofaa xarajatlari;
- boshqaruv xarajatlari;
- boshqa xarajatlar.
Xo’jalik yuritishning bozor usullariga o’tish bilan byudjet mablag’larini taqsimlashdagi ustivor yo’nalishlar ham o’zgardi, davlatning ijtimoiy funksiyasi kuchaydi.
Xulosa
O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti, ya’ni jamiyat a’zolarining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish yo’li tanlandi. Ijtimoiy soha tarmoqlari –maktabgacha tarbiya, xalq maorifi, madaniyat, tibbiy xizmat, jismoniy tarbiya va sportga byudjet mablag’laridan ko’proq ajratilmoqda.
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik vaziyatni yaxshilashga ketadigan xarajatlarni mablag’ bilan ta’minlash ham shular jumlasidandir. Bozor munosabatlari rivojlanishi bilan moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarini mablag’ bilan ta’minlash uchun ajratiladigan xarajatlar salmog’i kamayib boradi. Vaholanki, bunday ulush ma’lum vaqtgacha katta bo’lib turishi mumkin, chunki iqtisodiyotdagi tanglik holatini yengish uchun davlat tomonidan bu sohaga ancha-muncha mablag’ sarflash talab etiladi.
Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o’tishi byudjetning ijtimoiy yo’naltirilgan xarajatlarini ko’paytirish, fuqarolarning ijtimoiy himoya qilinishini kuchaytirish hamda keng ko’lamli ijtimoiy dasturlarni, ularni mablag’ bilan ta’minlash manbalari bilan oqilona uyg’unlashtirib borishni taqozo etadi.Davlatning ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’nalitiriladigan xarajatlari pirovard natijada faqat ijtimoiy emas, balki iqtisodiy ahamiyatga ega bo’ladi, chunki jamiyatning iqtisodiy salohiyatini oshirishga yordam beradi, shu o’rinda ta’kidlab o’tish lozimki, bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjetdan mablag’ sarflashdan butunlay voz kechishning iloji yo’q, chunki iqtisodiyotning davlat sektori saqlanib turadi, u esa davlat investitsiya dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni, kapital sarflarning tarmoq va hududiy tuzilishilarini izga solib turishni talab etadi. Aniq maqsadli byudjet kreditlari ko’rinishida tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash ham saqlanib turadi. Bundan tashqari, davlat mulkchilikning muqobil shakllaridagi korxonalarning qimmatbaho qog’ozlarini sotib olish va egalik qilishi ham mumkin.Davlat byudjeti mablag’larining bir qismi mamlakatning mudofaa qobiliyatini qo’llab-quvvatlash sohasidagi tadbirlarni mablag’ bilan ta’minlashga yo’naltiriladi. Bu esa mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga, uning moliyaviy imkoniyatlari va xalqaro vaziyatga ham bog’liq bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetida jami daromadlar va harajatlar o’zgarishlarida ishlab chiqarishning rivojlanishi, xo’jaliklar va aholi daromadlarining o’sishi asosiy ahamiyatga ega. O’zbekistonda davlat byudjetini shakllantirish tartibi O’zbekistan Respublikasining 2001-yil 1- yanvardan kuchga kirgan „Davlat byudjeti tizimi to’g’risida“ qonuni (2000-yil 14-dekabr)ga muvofiq olib boriladi.

Yüklə 421,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin