O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI IQTISODIYOT FAKULTETI MENEJMENT YO’NALISHI “MOLIYA, PUL VA KREDIT” FANIDAN
MUSTAQIL ISH
MAVZU: Davlatning byudjetining mohiyati va tarkibi Bajardi: Rahimova Aziza Orif qizi Tekshirdi:Gʻafurov Olimjon G’olib o’g’li
KIRISH Byujet davlat hayotida muhim rol o’ynaydi .Bu davlat daromadlari va xarajatlarining moddasi boʻlib, u har bir fuqaroni u yoki bu darajada tashvishlantiradi,har bir insonning farovonligiga ta’sir qiladi.Uzoq vaqt davomida byudjet professional siyosatchilar, iqtisodchilar va bu dunyoning boshqa koʻplab buyuklarini hayajonlantirdi va hayajonga soldi.Asrlar davomida uning shakllanishi va tarqalishi qizg’in bahs-munozaralarga va doimiy munozaraga sabab bo’ldi.
Mavzuning dolzarbligi-Byudjetning milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritilishi,uni shakllantirish va yalpi ichki maxsulotdan foydalanishda tartibga solish rolini bajarishdagi ustuvor ahamiyatidadadir.Respublika byudjeti moliya tizimining muhim boʻgʻini sifatida mamlakatning asosiy resurslarini tashkil etadi.U davlat boshqaruvda ishtirok etadigan boshqa moliyaviy vositalar ichida eng muhimi hisoblanadi.
Ahamiyatli tomoni shundan iboratki,davlat byudjeti oʻzida jamiyat daromadlarinig ma’lum qismini mujassamlashtiradi.Davlat byudjeti orqali jamiyatda yaratilgan yalpi ichki maxsulot va milliy daromadlar qayta taqsimlanadi. Yalpi ichki mahsulot qayta taqsimlanishi jamiyatdagi umumiy ehtiyojlar:maorif,sog’liqni saqlash,mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy barqarorlik ,aholi tarkibida ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni moddiy jihatdam qo’llab-quvvatlash,tinchlik chegaralar daxlsizligini saqlash va favqulodda holatlar uchun saqlanadigan davlat zahiralarining mavjud bo’lish zaruriyati tufayli kelib chiqadi.