Moliya tizimi va uning asosiy bo'G'inlari reja: Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi. Soliq tizimi va uning vazifalari


Davlat krediti deganda, davlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida maydonga tushadigan barcha moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi tushuniladi



Yüklə 21,51 Kb.
səhifə3/3
tarix22.09.2023
ölçüsü21,51 Kb.
#147194
1   2   3
MOLIYA TIZIMI VA UNING ASOSIY BO

Davlat krediti deganda, davlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida maydonga tushadigan barcha moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi tushuniladi.
Moliyaviy resurslarni davlat tomonidan qarzga olishning asosiy shakli – bu davlat qarz majburiyatlari (zayomlari)ni chiqarish hisoblanadi. Ularni joylashtirish jarayonida davlat aholi, banklar, savdo va sanoat kompaniyalarining vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini jalb qiladi.
O‘zbekistonda tashqi qarzni me’yor darajasida ushlab turish borasida qat’iy chora-tadbirlar amalga oshirilib, buning ifodasini Prezidentimizning quyidagi so‘zlaridan ham ko‘rish mumkin. «Bugungi kunda jahondagi aksariyat mamlakatlarda moliyaviy qarzdorlik hajmlarining oshib borayotgani va bank aktivlarining etishmasligi eng jiddiy va tashvishli muammolardan biriga aylangani hech kimga sir emas. SHuni mamnuniyat bilan ta’kidlash lozimki, bizning tashqi qarzimiz hajmi va uni qoplash uchun ajratiladigan yillik mablag‘lar darajasi xalqaro mezonlar bo‘yicha eng past parametrlarni tashkil etadi. YAlpi ichki mahsulotga nisbatan tashqi qarz 2007 yilning oxirida atigi 17 foizni, eksportimizning yillik hajmiga nisbatan esa 44 foizni tashkil etdi. Bu esa O‘zbekistonning o‘z majburiyatlari bo‘yicha vaqtida hisob-kitob qilish kafolatini beradigan eng ishonchli, to‘lovga qodir hamkorlar qatoridan munosib joy olishini ta’minlaydi»1.
Davlat o‘z majburiyatlarini nafaqat xususiy sektorda joylashtirishi, balki ularni Markaziy bankda hisobga olishi ham mumkin. Bunda bank muomalaga pulning tovar hajmining ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha miqdorini chiqaradi. Davlat qarzlarining to‘xtovsiz ko‘payib borishi, milliy daromadni foiz to‘lovlari shaklida, tobora ko‘proq qayta taqsimlanishga olib keladi.
Katta byudjet taqchilligi va davlat majburiyatlari bo‘yicha foiz to‘lovlari o‘sish sharoitida, davlat qarzlarini to‘lash vaqtini imkon darajada cho‘zishga harakat qiladi. Buning uchun turli xil usullardan foydalanish mumkin. Jumladan davlat o‘zining qisqa muddatli majburiyatlarini, o‘rta va uzoq muddatli zayomlarga almashtiradi. U o‘zining qisqa muddatli majburiyatlarini, ancha yuqori foiz bo‘yicha yangi, uzoq muddatli zayomlar chiqarish hisobiga ham sotib olish mumkin. Bunday turdagi tadbirlar qisqa davrli samara berishi va vaqtincha davlatning moliyaviy ahvolini engillashtirishi mumkin, chunki u odatda kelgusida foiz stavkasining oshishi va qarzlar umumiy miqdorining o‘sishi bilan bog‘liq.
Xo‘jalik hayoti baynalminallashuv jarayonlarining tez o‘sishi, xalqaro kreditning jadal rivojlanishi natijasida davlat o‘ziga zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarni jalb qilish uchun bo‘sh pul mablag‘larining milliy chegaradan tashqaridagi manbalaridan faol foydalanadi. Buning natijasida tashqi qarz vujudga keladi.

Amaliy ish jarayonida turli pul fondlaridan shakllanadigan va foydalaniladigan

moliyaviy munosabatlarning turli sohalari majmuiga moliya tizimi deyiladi. Unga

boshqacha ta’rif berish ham mumkin: davlat va korxonalarning pul fondlarini


shakllantirish, taqsimlash va foydalanish borasidagi shakl va metodlar tizimiga
moliya tizimi deyiladi. “Moliya tizimi” tushunchasi keng ma’nodagi “moliya”
tushunchasining taraqqiyoti natijasidir. Mamlakatda bozor islohotlarining amalga oshirilishi va mohiyatiga ko‘ra butunlay yangi bo‘lgan iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hayotga tatbiq etilishi moliya tizimining sohalariga va bo‘g‘inlariga nisbatan obektiv ravishda yangichayondashuvni taqozo etdi. Unga muvofiq ravishda, dastlab, moliya tizimi quyidagi ikki sohaga bo‘linadi:
 davlat moliyasi va mahalliy moliya;
 xo‘jalik yurituvchi subektlar moliyasi.
O‘z navbatida, moliya tizimining har bir sohasi pul fondlari va daromadlarni
shakllantirishning aniq shakllari va metodlariga bog‘liq ravishda bir necha
bo‘g‘inlardan tashkil topadi. Masalan, davlat moliyasi va mahalliy moliya quyidagi bo‘g‘inlardan iborat bo‘lishi mumkin:
 davlat byudjeti;
 maqsadli nobyudjet fondlari;
 davlat krediti.
Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subektlar moliyasi quyidagi bo‘g‘inlardan
iborat:
 tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi;
moliyaviy vositachilar moliyasi;

 notijorat tashkilotlari moliyasi.


Moliya tizimining alohida sohalar va bo‘g‘inlarga bo‘linishiYAIMni

shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, daromadlarni shakllantirish va


ulardan foydalanishda iqtisodiy munosabatlar subektlarining bir-birlaridan farqli
ravishda ishtirok etishi bilan belgilanadi.
Moliya tizimining har bir sohasi va bo‘g‘iniga pul fondlari va daromadlarini
shakllantirish va ulardan foydalanishning o‘ziga xos shakllari va metodlari tegishlidir. Masalan, korxonlar moliyasi moddiy ishlab chiqarishga, YAIMni
yaratishga, uni korxonalar o‘rtasida taqsimlashga va YAIM bir qismining byudjet va
byudjetdan tashqari jamg‘arma fondlariga qayta taqsimlashga xizmat qiladi. Davlat
byudjeti orqali resurslar davlatning markazlashtirilgan fondiga jalb qilinadi va ular
iqtisodiy mintaqalar, tarmoqlar va aholining ijtimoiy guruhlari o‘rtasida qayta
taqsimlanadi.
Moliya tizimi “Davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida
bo‘g‘ini sifatida Davlat byudjeti o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
 respublika byudjeti;
 Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar.
O‘z navbatida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog‘iston
Respublikasining respublika byudjeti hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga
bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlaridan tarkib topadi. Viloyatning
byudjeti esa viloyat byudjetini va viloyatga bo‘ysunuvchi tumanlar va shag‘arlar
byudjetlarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, tumanlarga bo‘linadigan shaharning
byudjeti shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlaridan iborat.
Va nihoyat, tumanga bo‘ysunadigan shaharlari bo‘lgan tumanning byudjeti tuman
byudjetidan va tumanga bo‘ysunuvidagi shaharlar byudjetidan tashkil topadi.
Hozirgi sharoitda Davlat byudjeti o‘z oldida turgan quyidagi muammolarni hal
etishi kerak:
 daromadlar asosini mustahkamlash zaminida byudjet defitsitining
darajasini kamaytirish;
 mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha byudjet
xarajatlarini restrukturizatsiya qilish;
 byudjet yordamida tartibga solish mexanizmini takomillashtirish;
 byudjet assignovaniyalaridan samarali foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish.
Davlat maqsadli fondlari (nobyudjet fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar) oldindan belgilangan ma’lum muddatlarda tuzilishiyoki doimiy ravishda mavjud bo‘lishi mumkin. Bu fondlarning vujudga kelishi Davlat byudjetining qabul qilinishiyoki qabul qilinmasligidan qat’iy nazar mablag‘lar maqsadli manbaining zarurligi bilan belgilanadi. Birinchi navbatda, bu ijtimoiy ta’minot, tekin sog‘liqni
saqlash, ishsizlikni kamaytirish va boshqa xuddi shunday bir qancha muhim ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga tegishlidir. Bu fondlar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish davlat tomonidan o‘ziga xos bo‘lgan shakllar va metodlar yordamida amalgan oshiriladi. Shuning uchun ham ularni moliya tizimining “Davlat
moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida ajratilishi maqsadga muvofiqdir. Mablag‘lardan foydalanishning maqsadli yo‘naltirilganligi belgisi bo‘yicha davlat maqsadli fondlarini quyidagi ikki guruhga birlashtirish mumkin:
 ijtimoiy yo‘nalishga ega bo‘lgan davlat maqsadli fondlari (nobyudjet
fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar) ;
 tarmoqlararo va tarmoq xarakteriga ega bo‘lgan davlat maqsadli fondlari
(nobyudjet fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar).
Ayrim hollarda hududiy yo‘naltirilgan (mo‘ljallangan) davlat maqsadli
fondlari (byudjetdan tashqari fondlar) tashkil qilinishi mumkin.
Davlat maqsadli fondlari moliya tizimi “Davlat moliyasi va mahalliy
moliya” sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
 Respublika yo‘l fondi;
 O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni

qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining maxsus hisob varag‘i;


 Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat fondi;
 O‘zbekiston Respublikasi byudjetdan tashqari pensiya fondi.
Davlat maqsadli fondlarida katta miqdordagi mablag‘lar to‘planganligi
sharoitida davlat moliyaviy nazoratining susayishi bu mablag‘lardan samarasiz
foydalanishga va turli-tuman su’iste’mol holatlari sodir bo‘lishiga olib kelishi
mumkin. Shuning uchun ham davlat moliyaviy resurslaridan foydalanish ustidan
nazoratni kuchaytirish maqsadida ularni Davlat byudjetiga jamlash (konsolidatsiya
qilish) maqsadga muvofiqdir. Bunda jamlangan fondlarning maqsadli yo‘nalishi
o‘zgartirilmasdan saqlanib qolishini ta’minlash lozim.
Davlat krediti moliya tizimi “Davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining
o‘ziga xos bo‘g‘ini hisoblanadi. Uning o‘ziga xosligi davlatning markazlashtirilgan
fondlariga mablag‘larni jalb qilishbo‘yicha moliya-kredit munosabatlariga doir
alohida shaklidan iborat. Bunda davlat, asosan, mablag‘larni qarzga oluvchi va
shuningdek, kreditor va garant (kafil) sifatida ham maydonga chiqadi.
Davlat kreditida miqdoriy jihatdan mablag‘larni qarz oluvchi sifatida davlat
faoliyati ustunlik qiladi. Davlatning kreditor sifatidagi operatsiyalari, ya’ni davlat
yuridik va jismoniy shaxslarga ssudalar taqdim qilganda yoki kafil bo‘lganda, ancha
tor bo‘ladi. Shunga qaramasdan, bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjetdan
moliyalashtirish ham qaytaruvchanlik va to‘lovchanlik (haq asosida) sharti bilan
amalga oshirilsa, keng rivoj topishi mumkin.
Hozirgi sharoitda davlat kreditining zarurligi davlat xarajatlari davlat o‘z
daromadlari bazasini kengaytirish imkoniyatlariga nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sishi
bilan bog‘liq. Bu narsa byudjet defitsiti sharoitida rejalashtirilgan byudjet xarajatlari qoplanishini ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul-kredit va moliyaviy
siyosatlarning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq holda amalga oshirilishi moliya
tizimining “Davlat moliyasi va mahalliy moliya” bo‘g‘ini to‘g‘risidagi an’anaviy
tasavvurlarni kengaytirishi va zamonaviy talablarga muvofiq ravishda Markaziy
bank tizimini ham uning tarkibiga qo‘shishni taqazo etadi.

Yüklə 21,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin