“Moliya va buxgalteriya hisobi” kafedrasi mustaqil ish buxgalter-muhaz.org
“Moliya va buxgalteriya hisobi” kafedrasi mustaqil ish buxgalteriya hisobiga kirish
“Moliya va buxgalteriya hisobi” kafedrasi
MUSTAQIL ISH
BUXGALTERIYA HISOBIGA KIRISH
MAVZU 1. BUXGALTERIYA HISOBINING OB’EKTI VA SUB’EKTI
Tekshirdi: Xoliqulova Yulduz
Bajardi: Tuaglov Shahzod
REJA:
BUXGALTERIYA HISOBINING SUB’EKTLARI VA OB’EKTLARI
MOLIYAVIY HISOB AXBOROTIDAN FOYDALANUVCHILAR
KORXONA MABLAG‘LARINING TASHKIL TOPISH MANBALARI
XO‘JALIK OPERATSIYALARI VA XO‘JALIK JARAYONLARI
XO`JALIK JARAYONI VAZIFALARI
11 . BUXGALTERIYA HISOBINING SUB’EKTLARI VA OB’EKTLARI Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda undan tashqarida joylashgan sho‘’ba korxonalari, vakolatxonalari, filiallari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari buxgalteriya hisobi sub’ektlaridir. Aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar, xarajatlar, foyda, zararlar va ularning harakati bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining ob’ektlaridir. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanuvchilar buxgalteriya hisobining subyektlari deyiladi
О‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida”gi Qonunning 7- moddasida buxgalteriya hisobining obyektlariga “Aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zahiralar, daromadlar, xarajatlar, foyda, zararlar va ularning harakati bilan bog‘liq xо‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir. Buxgalteriya hisobi obyektlari sintetik va analitik hisoblarda yuritiladi, - deb ta’rif berilgan. Asosiy va joriy aktivlar, zahiralar, daromadlar, xarajatlar - aktivlardir, shuningdek, xususiy kapital, foyda, zararlar esa - passivlardir. Shunga muvofiq, ushbu ta’rifni soddalashtirgan holda quyidagicha talqinda bayon etishni tavsiya etamiz: korxonaning barcha aktivlari, passivlari va majburiyatlari hamda ularning о‘zgarishi bilan bog‘liq bо‘lgan xо‘jalik-huquqiy aloqalari, shuningdek, aholining daromadlari va xarajatlari buxgalteriya hisobining obyekti bо‘lib hisoblanadi.