Moliya va kredit


-mavzu. Nomoddiy aktivlarga safarbar etiladigan investitsiyalarni moliyalashtirish



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə88/101
tarix10.04.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#95759
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   101
Moliya va kredit

15-mavzu. Nomoddiy aktivlarga safarbar etiladigan investitsiyalarni moliyalashtirish

15.1. Nomoddiy aktivlar, ularning tartibi va investitsiya ob’ekti sifatidagi roli.


15.2. Erkin bozor va kuchli raqobat muhitida nomoddiy aktivlarni kengaytirish zaruriyati.
15.3. Nomoddiy aktivlar tarkibida “gudvill” va uni baholash.


15.1. Nomoddiy aktivlar, ularning tartibi va investitsiya ob’ekti sifatidagi roli.


Ma’lumki, nomoddiy aktivlarga71 yo’naltirilgan investitsiyalar korxonalarning ilmiy-texnik salohiyatini kengaytirishga mo’ljallangan bo’lib, mulkchilik huquqiga ega bo’lmasdan turib, foyda keltiradi. Nomoddiy aktivlar moddiy ko’rinishga ega bo’lmagan, xo’jalik yurituvchi sub’ekti faoliyatida uzoq vaqt (bir yildan ortiq) davomida foydalaniladigan mulk bo’lib, bir qancha turlarga bo’linadi. Iqtisodiy adabiyotlarda va me’yoriy-huquqiy hujjatlarda nomoddiy aktivlarga berilgan ta’riflar deyarli bir xil mazmunni ifodalaydi. Masalan, «Nomoddiy aktivlar» nomli 38-sonli buxgalteriya hisobining xalqaro standartida quyidagicha ifodalangan: nomoddiy aktivlar pul (qiymat) ko’rinishiga, material-buyum ko’rinishiga ega bo’lmagan, ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishda qatnashuvchi, ijaraga berish mumkin bo’lgan va boshqaruv maqsadlarida foydalanuvchi aktivlardir.
Xorij iqtisodchi-olimlaridan B.Nidlz, X.Anderson va D.Kolduellar «nomoddiy aktivlar – jismoniy ko’rinishga ega bo’lmagan, sotib olinayotgan aktivlar tarkibida kapital qo’yilmalarni tashkil etuvchi asosiy aktivlar», deb qaraydilar72. R.Entoni nomoddiy aktivlarni «yakka tartibda sotiluvchi aktivlar va korxona bilan birga sotiluvchi aktivlar», deb e’tirof etadi. Yakka tartibda aks ettiriluvchi aktivlar barcha huquqlarni o’zida namoyon etsa-da, mahsulotlar belgilari, uning xilma-xilligi korxonaning umumiy qiymatiga qo’shiladi.
Prof. A.Sheremet nomoddiy aktivlarga umumiy holda quyidagicha ta’rif beradi: «…moddiy qiymatga ega bo’lmagan yuridik va boshqa huquqiy munosabatlarni o’zida namoyon etuvchi, o’z egasiga ma’lum vaqt davomida foyda (daromad) keltiruvchi, foydalanuvchilar uchun qulayliklarni yaratuvchi aktivlardir»73.
Ko’pgina iqtisodiy adabiyotlarda «nomoddiy aktivlar o’zida nojismoniy elementlarni tavsiflovchi aktivlardir» yoki «nomoddiy aktivlar – korxona aktivlarining ajralmas bir qismi hisoblanib, ular buyum shakligi ega bo’lmaydi» yohud «nomoddiy aktivlar - moddiy ko’rinishga ega bo’lmagan intellektual faoliyat mahsuli, ya’ni intellektual mulk», deb ta’riflangan.
Demak, nomoddiy aktivlarning tushunchasi ularning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ular moddiy ko’rinishga ega bo’lmagan, uzoq vaqt davomida xarajatlarga aylanib boruvchi, korxonaga kelajakda daromad keltiruvchi va aktivlarning bir qismini tashkil etadigan hamda huquqiy munosabatlarni o’zida mujassam qiluvchi aktivlar hisoblanadi. Shuningdek, nomoddiy aktivlar moddiy mohiyatga ega bo’lmagan aktivlarga bo’lgan va uning egalariga uzoq davr davomida muayyan daromad yoki boshqa xil foyda olishni ta’minlaydigan aktivlarga nisbatan mulkiy huquqlardir.
Umumlashtiradigan bo’lsak, korxona faoliyatida bir yildan ortiq ishtirok etadigan, kelgusida iqtisodiy naf keltira oladigan, indentifikatsiyalanuvchi, moddiy buyumlashgan shaklga ega bo’lmagan aktivlarga nomoddiy aktivlar deyiladi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin