[15]
PISA TADQIQOTLARIDA MATEMATIK SAVODXONLIKNI
BAHOLASHNING METODOLIGIK ASOSLARI
Barotova Dilfuza Dilmurodovna
Buxoro olimpiya zaxiralari kolleji
Matematika fani o’qituvchisi
Annotatsiya
: maqolada matematik savodxonlikni
aniqlashda PISA testlaridan
foydalanishning usul va vositalari bayon etilgan.
Kalit so’zlar
: PISA, dars, matematik savodxonlik, baho, bilim sifati, reyting.
. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasida umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta‘limni tizimli isloh qilishning
ustuvor yo‘nalishlari belgilangan. Unga asosan 2030- yilga kelib mamlakatimizning PISA
– o‘quvchilar savodxonligini baholash xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta
ilg‘or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish, o‘quvchilarning
umumiy funksional
savodxonlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan ta‘lim sifatini baholashning milliy
tizimini yaratish dolzarb vazifalar sifatida qo‘yilgan.
PISA tadqiqotlarining nufuzi va unda qatnashuvchi davlarlar soni borgan sari oshib
bormoqda. 2021-yilgi tadqiqotlarda 88 ta davlatning qatnashishi kutilyapti. Ular qatorida
O‘zbekiston Respublikasida ham bu tadqiqot ilk marotaba o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston
2021-yilda asosiy yo‘nalishlar:
matematika, oʻqish va tushunish, tabiiy fanlar bo‘yicha
hamda ilk bor o‘tkazilayotgan “Kreativ savodxonlik” bo‘yicha tadqiqotlarda ishtirok
etadi. PISA tadqiqotlarida o‘quvchilarning matematik tayyorgarligini baholashda
quyidagi uch jihatga alohida e‘tibor qaratiladi:
- topshiriqlarning o‘quvchilarning kundalik hayotdagi qiziqishlari va
ehtiyojlariga
mosligi;
- muammoli vaziyatlarning hayotiyligi;
- matematikani qo‘llash bosqichlarining faqat ayrimlarini emas, balki barchasining
to‘liq qamrab olinganligi, ya‘ni bu jarayonning bir qisminigina bajarish (masalan,
tenglamani yechish, algebraik ifodani soddalashtirish) emas, balki masalani tushunish
bosqichidan boshlab, uni matematik tilda ifodalash, yechish va yechimni talqin qilishgacha
bo‘lgan barcha bosqichlarning hammasini qamrab olinganligi.
[16]
Bu jihatlar oʻquvchilarning matematik tayyorgarligini baholash mazmuni, ya‘ni
matematik savodxonlik tushunchasida o‘z aksini topgan.
Matematik savodxonlik - bu shaxsning turli hayotiy vaziyatlar va masalalar
ustida
matematik mulohaza yuritish, berilgan muammoni matematika yordamida ifodalay olish,
muammoni yechishda matematikani qo‘llay olish va olingan natijalardan muammoning
yechimini talqin qilish va baholashda foydalana olish qobiliyatidir.
U tabiat va jamiyatda duch kelinadigan hodisalarni matematik belgi va timsollar
yordamida, ya‘ni matematika tilida ifodalash, hodisalarni tushuntirish va
oldindan aytib
berishda matematik mulohaza yuritish, matematikaga oid bilim, tushuncha, algoritm, fakt
va vositalardan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Matematik savodxonlik har bir kishiga
matematika olamini tushunishga, uning inson hayotida tutgan o‘rni
va ahamiyatini
anglashga, faol, mulohazali va ishning ko‘zini biladigan XXI asr fuqarosi uchun zarur
bo‘lgan, asosli mulohazalar yuritish orqali maqbul qarorlar qabul qilish qobiliyatlarini
o‘zida shakllantirishga yordam beradi. Matematik savodxonlikni baholashga qaratilgan
maxsus PISA sinov topshirig‘ining tuzilmasi quyidagi 3 jihat asosida tuziladi:
-topshiriq tegishli bo‘lgan matematika fanining mazmun sohasi;
- muammo bayon etilgan matn, sxema, grafik ma‘lumotlar - kontekst;
- topshiriqni bajarishda o‘quvchilar namoyish qilishi lozim bo‘lgan
aqliy faoliyat
turi.
PISA topshiriqlari matematika fanining quyidagi mazmun sohalari (bo‘limlari) ga
doir tuziladi:
• miqdorlar (arifmetika);
• o‘zgarishlar va bog‘lanishlar (algebra);
• fazo va shakl (geometriya);
• ma’lumotlar va aniqmasliklar (ma’lumotlar bilan ishlash, kombinatorika,
ehtimollar nazariyasi va matematik statistika elementlari).
PISA topshirig‘i konteksti – bu real hayotiy vaziyatning matnli va grafikli tavsifidan
iborat bo‘lishi mumkn. Kontekst qaysi hayotiy vaziyatni ifodalashiga qarab, 4 ta sohaga
tegishli bo‘lshi mumkin:
[17]
• shaxsiy hayot;
• kasbiy faoliyat;
• ijtimoiy hayot;
• ilmiy faoliyat.
Matematik savodxonlik o‘quvchilarning matematik
mulohaza yuritish asosida
berilgan hayotiy vaziyatdagi muammoni “matematika tilida ifodalash (matematik
modellashtirish)”, “matematikani qo‘llash”, “topilgan matematik yechimni berilgan
muammoga nisbatan talqin qilish va baholash” kabi aqliy faoliyat turlarini o‘z ichiga oladi.
PISA-2021 tadqiqotlarida matematika fanining mazmun sohalarining har
biriga yangi mavzular kiritilgan bo‘lib ularga alohida e‘tibor qaratish lozim.
Adabiyotlar:
1.
PISA 2021 Mathematics Framework (first draft), 45th meeting of the PISA
Governing Board, 23-25 April 2018 Stockholm, Sweden.
2.
1. A.Nurmetov, I.Qodirov Matematikadan sinfdan tashqari va fakultativ
mashg‘ulotlar. –T: O‘qituvchi, 2017. 6-bet.
3.
2. Fizika, matematika va informatika jurnali. 2013-yil, 4-son, 50-bet.