Moliya va kredit



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə69/101
tarix07.01.2024
ölçüsü1,67 Mb.
#207029
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   101
Moliya va kredit

Oddiy (sodda) foizlar. Farz qilaylik, investitsiya qilish uchun qandaydir boshlang’ich R pul mablag’lari mavjud. Investitsiya qilish natijasida ma’lum vaqt muddati (n davrlarda) o’tganidan keyin boshlang’ich summa iPn (i – foiz stav­kasi bo’lib, u bo’yicha boshlang’ich R summaga foizlar qo’shiladi) miqdorga o’zgaradi. Ya’ni boshlang’ich summa R ma’lum davrlar (n) o’tishi bilan iPn miqdorga oshib, natijada S (ortgan summa) miqdor hosil bo’ladi:
S = P + iPn = P(l + in).
(1 + in) ifoda oddiy foizlar bo’yicha orttirma ko’paytiruvchi deb nomlanadi. Orttirilgan summa S boshlang’ich summa orqali topilgan; foiz stavkasini (i) dekursiv stavka deyiladi.
8-chi ifodadan boshlang’ich R summani topish mumkin. Bunda R miqdorini S orqali uni d foiz stavkasi (antisipativ stavka) bo’yicha diskonlash yo’li bilan topish mumkin, ya’ni:
P = S-ndS = S(1-nd).
(1-nd) ifoda orttirma ko’paytiruvchi deyiladi.
Oddiy foiz stavkalari ko’proq qisqa muddatlardagi hisoblarda qo’llaniladi. Shu munosabat bilan n bir yildan kam davrlarda dekursiv va antisipativ stavkalarni amaliyotda qo’llash xususiyatlarini ko’ramiz. Dekursiv stavka holatida i miqdori quyidagicha qabul qilinadi:
yoki
(t – foizni hisoblash kunlari soni). Agar antisipativ stavka (d) qo’llanilsa,
unda:

Murakkab foizlar. Bir muncha murakkab holatni foizlarning kapitalizatsiyasini hisobga olib ko’ramiz. Shunga o’hshash murakkab antisipativ stavka uchun quyidagi ifodani olish mumkin:
P=S(1-d)n
Bunda orttirish ko’paytiruvchi sifatida quyidagi ifoda bo’ladi:

Agar qimmatli qog’ozlar daromadliliklarini solishtirishda alterna-tiva sifatida bankdagi depozit qo’yilma daromadliligi tanlansa, unda daromadlilikning alternativ metodini hozirgi vaqtgacha keng qo’llanib kelayotgan pul oqimlarini diskontlash metodi bilan mos kelishini ko’rish mumkin. Bunda quyidagi savollarga javob topish lozim66:
• bazaviy sifatda qabul qilingan tijorat banklarining depozit stavkasi miqdori to’g’risida;
• bankda pullarni oddiy yoki murakkab foiz stavkalarda hisoblab borish sxemasi to’g’risida.
Birinchi savolga javobni odatda quyidagicha ifodalaydilar: “bazaviy sifatda ishonchli va barqaror ishlayotgan bank stavkasini tanlash lozim”. Ba’zan bazaviy stavka sifatida Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi olinadi. Lekin bu stavka o’zining bozor tomonidan belgilanmas-ligi, balki Markaziy bank tomonidan bozorga ta’siri ko’rsatish uchun qo’llanishi bilan qoniqtirmaydi. Ammo ko’p masalalarni echishda yordamga mahsus belgilanadigan bank stavkasi kelishi tufayli, uni baza sifatida olish lozim.
Daromadlilikning ichki stavkasi. Masalaning qo’yilishi quyidagicha: qo’yilmaning joriy va kelajakdagi bahosi ma’lum; hozirdagi ma’lum investitsiyalar kelajakda belgilangan bahoni ta’minlovchi bank foiz daromadining depozit stavkasi noma’lum. Daromadning ichki stavkasi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

Pul oqimlarini diskontlash. Ma’lumki, pul oqimlari - bu investor-larning pul shaklida qilgan investitsiyalaridan har hil vaqtda olgan daro-madlari. Diskontlash investitsiyalarning kelajakdagi bahosini ularning joriy bahosiga keltirilishini ifodalab, har hil vaqt va turli shartlarda qilingan investitsiyalarning har hil turlarini o’zaro solishtirish imkonini beradi.



Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin