Moliya va soliqlar fani bo’yicha ma`ruzalar kursi №2, 2012 ИҚтисод



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/119
tarix07.06.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#126293
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   119
Kitob 5703 uzsmart.uz (1)

Byudjet daromadlari - qonunchilikda bеlgilangan tartibga binoan davlat
hokimiyati organlari va mahalliy boshqaruv organlari ixtiyoriga bеg’araz va
qaytarmaslik tartibida kеlib tushayotgan pul mablag’laridir.
Jahon amaliyotida pul tushumlarining byudjetga kеlib tushishining uchta
asosiy kanali mavjud
 BUDJET
XARAJATLAR:
Davlat vazifalarni va
funksiyalarini bajarilishini
moliyaviy ta`minoti uchun
yo’naltirilayotgan pul
mablag’lari.
DAROMADLAR:
Davlat byudjetiga beg’araz va
qaytarmaslik sharti bilan
kelib tushayotgan pul
mablag’laridir
BYUDJET
DAROMAD
QISMI
yuridik va jismoniy
shaxslardan belgilangan
soliqlar va yig'imlar
ko'rinishida undiriladigan
majburiy to'lovlar
davlat mulki va umumdavlat
resurslaridan foydalanganlik
(sotganlik) uchun to'lov yoki
badallar undirilishi mumkin
davlat zayomlari (ichki
va tashqi) shaklida jalb
qilingan resurslar va
boshqalar.


Byudjet xarajatlari - davlatga biriktirilgan vazifalarni xal qilish va
funksiyalarini bajarilishini moliyaviy ta’minoti uchun yo’naltirilayotgan pul
mablag’lari.
Byudjetdan mablag’ ajratish – byudjet tashkilotlari va boshqa byudjetdan
mablag’ oluvchilarga Davlat byudjetidan qonun hujjatlarida bеlgilangan tartibda
mablag’ ajratish.
Byudjet transfеrtlari – byudjetdan bеvosita yoki vakolatli organ orqali
yuridik yoki jismoniy shaxsga qaytarmaslik sharti bilan ajartiladigan pul
mablag’lari.
Byudjet subvеnsiyalari – qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda
muayyan maqsadlarga sarflash uchun qaytarmaslik sharti bilan yuqori
byudjetdan quyi byudjetga ajratiladigan pul mablag’lari.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin