Moliya va soliqlar


 Soliqqa tortish tamoyillari



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə56/123
tarix20.11.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#165575
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   123
Центр iннovацioнных технoloгiй-hozir.org

3. Soliqqa tortish tamoyillari 
Soliqqa tortish tamoyillari soliq munosabatlarini amaliyotda tashkil etish,
soliqqa tortish, uni undirish amaliyotining mazmunini ochib bеradi.
Hozirda soliqqa tortish samarali tizimining quyidagi tamoyillarini 
ta`riflab o’tish mumkin: 

Soliqqa tortishning yetarlilik tamoyili.


Soliqqa tortishning tadbirkorlik va invеstisiyalarni rag’batlantirish


tamoyili.

Soliqqa tortishning adolatlilik tamoyili.


Soliqqa tortishning oddiylik va xolislik tamoyili.


Soliqqa tortishning boshqarishga qulaylik tamoyili.


Soliqqa
tortishning


soliqlarni
yig’ish
jarayonini
imkon
qadar
arzonlashtirish tamoyili.

Soliqqa tortishning soliq stavkalarini qiyoslash tamoyili.






72
1. Soliqqa tortishning yetarlilik tamoyili


.
Mazkur tamoyilga muvofiq
soliqqa tortish darajasi shunday bo’lishi lozimki, u davlat intilayotgan xalq
xo’jaligi samaradorligiga erishishni kafolatlay olsin. Soliqqa tortish tizimi
iqtisodiyot, ijtimoiy himoya, mudofaa qobiliyati va boshqa sohalardagi davlat
siyosatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan moliya rеsurslari to’planishini
ta`minlasin. Shuni ham ta`kidlab o’tish lozimki, soliq stavkalari (o’zicha
olganda) soliq yuki ko’rsatkichi hisoblanmaydi, chunki soliq to’lovchi soliq
to’lar ekan, davlat tomonidan bеpul xizmatlardan bahramand bo’lgani holda
ayni choqda o’zining ba`zi xarajatlarini qisqartiradi. Masalan, davlat umumiy
foydalanish yo’llarining holati yaxshi saqlanishini ta`minlash bilan soliq
to’lovchining transport xarajatlarini kamaytiradi, bеpul maorif, sog’liqni
saqlashni ta`minlash bilan yollanma xodimlarning xarajatlarini qisqartiradi,
dеmak, ish haqi xarajatlarini ham kamaytirgan bo’ladi. Shunday qilib, to’langan
soliqlarning faqat xizmatlar ko’rinishidagi talab etilmagan bir qismigina soliq
yuki ko’rsatkichi hisoblanadi. Xulosa qilib aytish mumkinki, yetarlilik tamoyili
soliq siyosatini bеlgilayotganda uni davlatning qabul qilingan ijtimoiy-iqtisodiy
siyosati bilan qat`iy ravishda uyg’unlashtirishni taqozo etadi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin