?Emitentga oʻz obligatsiyalarini uni qaytarishning oxirgi muddati tugashidan oldin sotib olish huquqini taqdim etuvchi obligatsiya qanday nomlanadi? +qayta sotib olish huquqiga ega obligatsiya
?Obligatsiya egasiga uni mazkur obligatsiyalarni chiqargan kompaniyaning oldindan belgilangan aksiyalar miqdoriga ayirboshlash huquqini beruvchi obligatsiya qanday nomlanadi? +konvertatsiyalanuvchan obligatsiya
?……………….. – bu sug‘urtalanuvchi tomon sug‘urta kompaniyasidan qandaydir tovon puli olishdan avval oʻz mablag‘laridan toʻlashi kerak boʻlgan pul summasidir. +franshiza
?……………………….. – bu riskni tahlil qilish, uni minimallashtirish uchun tegishli choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha tizimli ishlar majmuasi.
+risklarni boshqarish jarayoni
?Ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot birligini oshishi bilan shunga monand oshadigan xarajatlar qanday nomlanadi? +oʻzgaruvchan xarajatlar
?Oʻrganilayotgan davr ichida narxlarning necha foizga oshganligini koʻrsatuvchi koʻrsatkich ……………….…. deb ataladi. +inflatsiya darajasi
?Korxonaning foiz toʻlovlarini ushbu toʻlovlar amalga oshiriladigan foyda miqdori bilan taqqoslashni anglatuvchi koʻrsatkich toʻg’ri berilgan javobni aniqlang. +foizlarni qoplash koeffitsiyenti
?Oʻrganilayotgan mahsulot uchun inflatsiya darajasi 8 % ni tashkil etadi. Mahsulot uchun inflatsiya indeksini aniqlang. +1,08
?Agar 1000 $ ni yillik 8 foiz bilan 6 oyga joylashtirsangiz, u holda oddiy stavka boʻyicha hisoblangan foizlar miqdorini aniqlang. +40 $
?Daromad keltiruvchi aktivlar boʻyicha foiz daromadlar bilan kredit tahkilotining majburiyatlari boʻyicha foizli xarajatlari oʻrtasidagi farq ……......... deb ataladi. +foiz marjasi
?Korxonaning jami qarzi 75 mln soʻm, korxonaning jami aktivlari 1,5 mlrd.soʻm. Korxonaning qarzdorlik darajasini toping. +5 %