Moliyaning mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari Moliyaning funksiyalari Moliya-davlat tovar-pul munosabatlari



Yüklə 40,14 Kb.
səhifə2/8
tarix19.08.2023
ölçüsü40,14 Kb.
#139925
1   2   3   4   5   6   7   8
2. Moliyaning funksiyalari.
Moliyaning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:

  1. Taqsimlash va qayta taqsimlash funksiyasi;

  2. Nazorat funksiyasi.

Moliyaning ijtimoiy jixatdan belgilangan asosiy vazifasi xo‘jalik yuritishning turli xil sub’ektlari o‘rtasida pul shaklida ifodalngan pul yalpi mahsulot qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlashdan iborat. Moliyaning taqsimlovchi munosabatlarining alohida sohasi sifatidagi mohiyati, eng avvalo, taqsimlash funksiyasi yordamida namoyon bo‘ladi. Aynan shu funksiya orqali moliyaning ijtimoiy jizatdan belgilangan maqsadi – xo‘jalik yurituvchi har bir ob’ektni maxsus maqsad uchun belgilangan, pul jamg‘armalari shaklida ishlatiladigan unga kerakli moliya resurslari bilan taqsimlashdir.
Moliyaning taqsimlash funksiyasi amal kiladigan ob’ekt bo‘lib, yalpi ijtimoiy mahsulot qiymati, shuningdek milliy boylikning bir qismi maydonga chiqadi. Aynan shu funksiya yordamida yangitdan hosil kilingan qiymatni dastlabki taqsimlash va uning asosida birlamchi daromadlar: foyda, ijtimoiy Sug‘urtaga utkaziladigan summalar va boshqalarni shakllantirish amlga oshiriladi; taqsimlash funksiyasining amal qilish doirasiga amortizatsiya jamg‘armasi, ya’ni koplash jamg‘armasining bir qismi tushadi; moliya tufayli taqsimlashga milliy boylikning bir qismi ham tortiladi.
Taqsimlash funksiyasi tufayli, moliya umuman takror ishlab chiqarish jarayoniga xizmat qilib, uning hamma bosqichlariga katta ta’sir utkazadi. Bu funksiya yordamida ishlab chiqarish vositalarini iste’mol qilish qiymati koplanadi. Turli shakladagi daromadalar hosil kildiriladi. Shu bilan birga taksilash funksiyasi korxonalarga rivojlanayotgan ishlab chiqarish ehtiyojlarini kondirish va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun zarur bo‘lgan aniq maqsadga belgilangan jamg‘armalarni shakllantirishga imkon beradi.
Pul shaklidagi ifodalangan ijtimoiy maxslot qiymatining harakati bilan bog‘liq moliya takror ishlab chiqarish jarayonini umuman olganda va uning turli fazalarini miqdoriy jixatdan (moliya resurslari va jamg‘armalar orqali) aks ettirish xususiyatiga ega. Shu xususiyat tufayli moliya, taqsimlanayotgan ijtimoiy mahsulotning proporsiyalari kanday yuzaga kelayotganligi, takror ishlab chiqarish jarayonining to‘xtovsizligi ta’minlanyaptimi yoki takror ishlab chiqarish turli fazalari o‘rtasida nomuvofiklik vujudga kelyaptimi, ijtimoiy ishlab chiqarishning turli jabxalari va sohalarida aniq maqsadlarga belgilangan jamg‘armalar o‘z vaktida va to‘la shakllanyaptimi va x.klar haqida muntazam «xabardor» qilishga kodir.
Moliya milliy daromadni shakllantirish, taqsimlash va ishlatishning barcha bosqichlarida nazoratni amalga oshiradi. Nazoratning bosh maqsadi ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, xalq xo‘jaligining barcha bug‘inlarida ishning sifatini yaxshilash maqsadida markazlashgan va markazlashmagan pul fondlaridan okilona foydalanishga erishishdir.
Moliyaning nazorat funksiyasi korxonalarning barcha funksiyasi korxonalarning barcha xo‘jalik faoliyatida namoyon bo‘ladi. Sum orqali nazorat qilish, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish harajatlari ustidan, asosiy fondlar va aylanma mablag‘larning shakllanishi va ishlatilishi ustidan amalga oshiriladi. Mazkur nazorat mablag‘lar aylanishining barcha bosqichlarida - moliyalashtirish va kreditlashtirishda, nakd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda, byudjet va moliya tizimining boshqa bug‘inlari bilan o‘zaro aloqalarda amalga oshiradi. Sum orqali nazorat yordamida mahsulot realizatsiyasi jarayonida, shartnoma buyicha shartlarni bajarishga, aylanma mablag‘lar aylanishiga ta’sir kursatadi.
Shunday qilib, sum orqali nazorat, daromadlar o‘sishini, mablag‘lar va moddiy boyliklar okilona sarflanishini rag‘batlantiradi, korxonalrni kamchiliklarni bartaraf etishga, xo‘jalik faoliyatini yaxshilashga, uning samaradorligini oshirishga, xujasizlik va isrofgarchilikka yul kuymaslikka majbur kiladi. Sum orqali nazoratning muhim xususiyati shunda namoyon bo‘ladiki, u mablag‘lar kelib tushishi va ishlatilishi jarayonida uzluksiz davom etadi va maxsus tekshiruv hamda kuzatishlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lmay, mustakil ahamiyat kasb etadi.
Moliyaning nazorat funksiyasi ob’ekti – korxonalar, tashkilotlar, muassasalar faoliyatining moliyaviy kursatkichlari hisoblanadi. Moliyaviy nazoratning samaradorligini oshirish ko‘prok korxonada bosh hisobchi, moliya bo‘limlarining xodimlari tomonidan ishni kay darajada yulga qo‘yilganligi, moliyaviy axborotlarning haqkoniyligi, moliyaviy intizomga rioya kilinishi, buxgalteriya hisobi va hisobotini to‘g‘ri yuritishga bog‘liqdir. Faqat gina shunday sharoitlarda moliyaviy nazoratning natijalari xalq xo‘jaligidagi holatni taxlil qilish va ob’ektiv baxolash hamda takror ishlab chiqarish jarayoni borishini muvofiklashtirishga qaratilgan karorlar kabo‘l qilish imkonini beradi.
Moliyaning nazorat funksiyasini amalga oshirish shakli moliyaviy nazorat hisoblanadi. Agar moliyaning nazorat funksiyasi moliyaning o‘zining xususiyati bo‘lsa, moliyaviy nazorat esa alohida mazkur nazoratni amalga oshiruvchi nazorat – organlarining faoliyati hisoblanadi.
Moliyaviy nazoratni amalga oshirish sub’ektlari buyicha moliyaviy nazorat umumdavlat, ma’muriy, ichki xo‘jalik, jamoat va mustakil (auditorlik) nazoratlarga bo‘linadi.
Umumdavlat moliyaviy nazoratni xokimiyatning qonun chiqaruvchi organi – Oliy majlis hamda moliya, soliq, kredit muassasalari, davlat kumitalari, vazirliklar, mahalliy boshqaruv organlari bo‘limlari amalga oshiradi. Bo‘larning muhim funksiyasi moliyaning holati ustidan, davlat mablag‘larining sarflanishi ustidan nazorat olib borishdir.
Ma’muriy moliyaviy nazoratni vazirliklar va bosh normalarning nazorat taftish bo‘limlari amalga oshiradi. Bu organlar quyi korxona va muassasalar moliyaviy - xo‘jalik faoliyatining tekshiruvini amalga oshiradilar.
Ichki xo‘jalik moliya nazorati korxona, muassasalarning moliyaviy xizmatlari (muxosibot, moliya bo‘limlari) tomonidan amalga oshiriladi. Ularning funksiyalariga korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatini hamda uning tarkibiy bo‘linmalarini tekshirish kiradi.
Jamoat moliya nazoratini alohida jismoniy shaxslar ixtiyoriy ravishda bajaradilar.
Mustakil moliyaviy nazoratni auditorlik firmalari amalga oshiradilar. Nazorat ob’ekti bo‘lib barcha iqtisodiy sub’ektlarning faoliyati hisoblanadi.
Amalga oshirish muddatidan kelib chiqib, moliyaviy nazorat birlamchi, joriy va yakuniy nazorat turlariga bo‘linadi.
Birlamchi moliyaviy nazorat korxonalar moliyaviy rejalarni, byudjet tashkilotlarining smetalarini, byujdjetlar loyihalarini va boshqalarni to‘zish, kurib chikish va tasdiklash bosqichlarida bajariladi. U xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirish va moddiy, mehnat hamda moliyaviy resurslar noratsional sarflanishining oldini olish va shu bilan birga korxona faoliyatiga bevosita va bilvosita zarar yetkazilishini bartaraf qilishga yordam beradi.
Joriy moliyaviy nazorat moliyaviy rejalarning bajarilishi, xo‘jalik moliyaviy operatsiyalarining borishi jarayonida amalga oshiriladi. Uning vazifasi kilingan harajatlar, olingan daromadlarning to‘g‘riligi, qonuniyligi va maqsadga muvofikligini, byudjet bilan aloqalarning tulaligi va muddatligini uz vaktida nazorat qilishdan iborat. Mazkur nazorat moliya xizmatlari tomonidan har kuni yul qo‘yilgan xatoliklarni uz vaktida aniqlash va bartaraf etish maqsadida utkaziladi. Operativlik va moslashuvchanlik bu jarayonda birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Moliyaviy nazorat mexanizmi takomillashib va rivojlanib bormokda. Ularning oldiga iqtisodiyotni moliyaviy soglomlashtirish va mamlakatdagi o‘zaro moliyaviy aloqalarni takomillashtirishga yunaltirilgan yangi vazifalar quyilmokda.



Yüklə 40,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin