3. Moliya-davlat tovar-pul munosabatlari Moliya yordamida davlat yaratilgan mahsulotni natural-moddiy shakldagina emas, qiymat shaklida ham taqsimlashni amalga oshiradi. Shundan kelib chiqib, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida qiymat va natural-moddiy nisbatlarning ta’minlanishi ustidan nazorat qilish mumkin va zarur bo‘ladi.
Moliyaviy munosabatlarning muhim tarkibiy qismi byudjet munosabatlari hisoblanadi.
Byudjet munosabatlari deb, respublika, regional va mahalliy davlat organlarining xo‘jalik sub’ektlari, shuningdek, axolii Bilan markazlashgan pul fondlarini shakllantirishga doir moliyaviy munosabatlarga aytiladi.
O‘zbekiston Respublikasi «Byudjet tizimi to‘g‘risida» gi Qonun loyihasida (avgust, 1999 y.) davlat byudjetiga shunday ta’rif beriladi:
Davlat byudjeti – daromad mablag‘lari va ulardan tushadigan tushumlarni ko‘zda tutadigan, shuningdek, harajat xajmi va yunalishi qaysi maqsadlaga ajratilishi va muddatini ko‘rsatuvchi davlatning markazlashgan (Oliy Majlis tomonidan shakllanish va ishlatish rejasi tasdiklanadigan) pul fondlaridir.
Moliyaviy resurslarni byudjet orqali birlashtirish davlat moliya siyosatini muvaffakiyatli amalga oshirish imkonini beradi. Byudjet orqali markazlashgan pul resurslarini to‘plash va davlat organlari tomonidan belgilangan maqsadlarga harajatlar amalga oshiriladi. Bu byudjet orqali milliy daromadning ma’lum qismini to‘plash va unga qayta taqsimlashni bildiradi. Shuning bilan moliya tizimining taqsimlash funksiyasi amlga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Respublika byudjeti
Davlat moliyasi davlatni kerakli iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy funksiyalarini bajarish uchun pul mablag‘lari bilan ta’minlashga undalgan moliya tizimining muhim bug‘inidir. Moliya pulsiz mavjud bo‘la olmaydi. Lekin, agar pulning nakdligi moliya funksiyalarining majburiy sharti bo‘lsa, xo‘jalik yuritish sub’ektlari va davlat faoliyatini taxminlovchi resurslarga bo‘lgn ularning ehtiyojlari uni (ya’ni moliyani) yuzaga keltiradigan sabab leb hisoblash mumkin. Dastlab ijtimoiy mahsulot qiymatini taqsimlash proporsiyalari ishlab chiqarish o‘zining munosabatlari strukturasini ifodalaydi keyin moddiy ishlab chiqarish sharoitlarini aks ettiruvchi qiymat elementlariga proporsional ravishda bo‘linadi. Xalq xo‘jaligining moliyaviy o‘zaro aloqalari strukturasida korxonalar moliyasi asosiy hal qiluvchi holatni egallaydi, nega deganda moddiy va nomoddiy ne’matlar yaratiladigan va moliya resurslarining ustav massasi shakllanadigan ijtimoiy ishlab chiqarishning asosiy bug‘iniga xizmat kiladi.
Pul munosabatlari korxona (tashkilot)lar moliyasining mazmunini tashkil etib, ular xo‘jalik yuritish sub’ektlarida pul daromadlari va jamg‘armasining shakllanish va taqsimlanish hamda ulardan moliya-bank tizimi oldidagi majburiyatlarini shakllantirish va kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish, xodimlarga ijtimoiy xizmat kursatish va moddiy rag‘batlantirish buyicha sarflarni moliya bilan ta’minlashda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlari sifatida aniqlanishi mumkin. Ishlab chiqarishda yaratilgan qiymat, uning realizatsiyasidan keyin taqsimlanishi lozim. Uning davomida mehnatga haq to‘lashni shakllantirish, sof daromadni taqsimlash va foydalanish buyicha moliya munosabatlari yuzag