Moliyaning mohiyati va vazifalari



Yüklə 329,44 Kb.
səhifə3/5
tarix28.04.2023
ölçüsü329,44 Kb.
#104340
1   2   3   4   5
MOLIYANING MOHIYATI VA VAZIFALARI

1998

440.1

100

31,5

18,9

12,7

51,0

30,0

19,0

2,0

0,0

11,9

2,6

6,0

2,9

5,4

1999

624.0

100

29,3

15,2

14,1

53,9

24,8

27,7

0,8

0,6

10,9

3,1

5,2

2,5

5,9

2000

910,1

100

26,4

13,0

11,6

56,0

24,9

28,6

1,2

1,3

9,9

3,1

4,4

2,4

7,7

Keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, bevosita soliqlarning byudjet tushumlaridagi salmog’i kamayish tendentsiyasiga ega, u oxirgi 3 yil ichida 31,5 foizdan 26,4 foizga kamaygan. Bu hol korxona foydasi va daromadlaridan olinadigan soliqni 31 foizdan 26 foizga, tushirilishi va aholidan olinadigan daromad soliqlarining ham kamaytirilishi natijasida sodir bo’ldi. Ayni paytda byudjet tushumlarida aktsiz solig’ining salmog’i 19,0 foizdan 28,6 foizga ko’tarildi. Davlat byudjeti Respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining (mahalliy) byudjetlarini o’z ichiga oladi. U O’zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to’g’risida”gi Qonuniga binoan Oliy Majlis tomonidan qabul qilinadi.
Har qanday mamlakat davlat byudjetining taqsimlanishi ko’p jihatdan shu mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasiga, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatiga, undagi o’ziga xosliklar va ustivorliklarga bog’liqdir.
9.2-jadvalda O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining 1998-2000 yillarda taqsimlanishi to’g’risidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, O’zbekistonda davlat byudjetining deyarli 1G’3 qismi xalq ta’limi, aholi sog’lig’ini saqlash, ilm-fan, madaniyat sohalarining ehtiyojlarini qondirish va fuqarolarni ijtimoiy ta’minoti bilan bog’liq xarajatlarni qoplash uchun sarflanadi. Davlat byudjetida bu sohalarni moliyalashtirish bilan bog’liq xarajatlar kelajakda ham salmoqli ulushga ega bo’lib qoladi. Zero, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti qurayotgan mamlakatimizda davlat siyosatining ustivor yo’nalishi inson omili bilan bog’liq.
2-jadval
O’zbekiston davlat byudjetining taqsimlanishi1


Jami

Maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat, fan, ijtimoiy ta’minot

Ijtimoiy muhofaza

Iqtisodiyot

Mazkazlash
tirilgan investitsiya
lar

Davlat boshqaruvi

Boshqalar

1996

100,0

35,7

9,6

11,7

20,2

2,3

20,5

1999

100,0

37,0

9,3

11,5

21,2

2,5

18,6

2000

100,0

35,4

7,7

10,3

20,2

1,9

24,4

Agar byudjet daromadlari xarajatlarni qoplay olmay, kamomad hosil bo’lsa, byudjet taqchilligi yuzaga keladi. Ammo har qanday taqchillikni xatarli deb bo’lmaydi. Agar taqchillik hajmi yaratilgan yalpi ichki mahsulot qiymatining 2-5% ga teng bo’lib, undan oshib ketmasa, bu iqtisodiyot uchun normal hol hisoblanadi. O’zbekistonda keyingi 3 yil ichida byudjet taqchilligi yalpi ichki mahsulotning 1,5-2,0 foizini tashkil etdi.
Byudjet kamomadi, odatda, daromadlar va xarajatlarni muvofiqlashtirish orqali bartaraf etiladi, ya’ni daromadlar ko’paytiriladi yoki xarajatlar kamaytiriladi. Ammo asosiy yo’l iqtisodiyotni o’stirish orqali byudjet daromadlarini ko’paytirgan holda kamomadni normal holga keltirishdan iboratdir.
Byudjetdagi taqchillikka, avvalambor, iqtisodiyotni moliyaviy sog’lomlashtirish bo’yicha amalga oshiriladigan tadbirlar orqali barham berish, shu jumladan, etishtirilgan xomashyo va materiallarni shu erning o’zida qayta ishlab, tayyor mahsulotga aylantirishni yo’lga qo’yish orqali erishish mumkin.
Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida “Davlat byudjeti daromadlarining katta qismini joylarga berish, mahalliy byudjetlarni mustahkamlash zarur”1, deb ta’kidlaydi Prezidentimiz I.A.Karimov. Mahalliy byudjetlarga keng iqtisodiy erkinlik berish tumanlar, shaharlar, viloyatlar mustaqilligini ta’minlaydi. Byudjetlarning shakllanishi va undan foydalanishdan manfaatdorlik oshadi. Shu bilan birga davlat byudjeti intizomiga rioya qilish iqtisodiyotni barqarorlashtirishning asosiy omillaridan biri bo’lib xizmat qiladi.
Byudjet defitsiti bilan davlat qarzi bir-biriga bog’liq bo’lgan tushunchalardir. Hozirgi kunda deyarli hamma mamlakatlarda davlat qarzlarining ortishi kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan byudjetni tartibga solish masalasi har qanday hukumatning oldida turuvchi markaziy muammolardan biridir.
Davlat byudjetini shakllantirish borasida to’plangan tajriba uni tartibga solishga qaratilgan siyosatni ishlab chiqishni taqozo etadi.
O’zbekiston hukumati o’zining davlat byudjeti siyosatini amalga oshirishda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiy o’sish sur’atlarini jadallashtirish byudjet kamomadini bartaraf etishning hal qiluvchi omili, deb qaraydi. Chunki iqtisodiy o’sish davrida byudjetga soliqlar tushumi avtomatik ravishda ko’payadi, makroiqtisodiy barqarorlik esa buni rag’batlantiradi. Demak, byudjet kamomadi avtomatik ravishda o’z-o’zidan yo’q bo’ladi.
Hukumat o’z mamlakatining sharoitlaridan kelib chiqqan holda byudjet siyosatini ishlab chiqadi. Bunday siyosat mamlakatning pul salohiyati doirasida moliyaviy ishlarning aniq dasturiga ega bo’lishni, byudjet kamomadi ustidan nazorat o’rnatilishining va uni qoplash manbaalarini qidirishni, katta samara beradigan iqtisodiy dasturlarga byudjetdan mablag’ ajratishni talab qiladi.
Soliqlar umumdavlat ehtiyojlarini qondirish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarning daromadlari va mulkidan undirib olinadigan majburiy to’lovlardir. Ular davlat moliya resurslarining asosiy manbai bo’lib, mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida va aholini ijtimoiy muhofaza qilishda hal qiluvchi rol o’ynay di.
Soliq tizimi deganda, soliqlar, yig’imlar, boj va boshqa to’lovlar hamda ularni undirishning umumiy tamoyillari majmui tushuniladi.
Soliqlar va soliq tizimi bozor munosabatlarining samarali amal qilishi uchun muhim va qudratli omil hisoblanadi. Soliqlar pul resurslarining davlat ixtiyorida to’planib borishini ta’minlaydi. Bu resurslardan iqtisodiy rivojlanishning umumdavlat va mintaqaviy vazifalarini hal qilish, ishning samaradorligi va sifatini oshirishni rag’batlantirish va daromadlarni tartibga solish uchun foydalaniladi.
O’zbekiston Respublikasining “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to’g’risida”gi Qonuni O’zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat byudjetlariga va mahalliy byudjetlarga soliq ko’rinishida tushadigan daromad manbalarini belgilab beradi.
Soliqlarni joriy etishdan maqsad davlat ijtimoiy kafolatlarining moliyaviy bazasini yaratish, yuridik shaxslarning tadbirkorlik faolyatini tartibga solish, xalqaro to’lovlarni markazlashtirilgan yo’l bilan amalga oshirish, shuningdek, chet el valyutasining mamlakat hududida muomalada bo’lishini barqarorlashtirish uchun mustahkam moliyaviy manbalarni ta’minlashdir. Soliq to’lash xo’jalik yurituvchi sub’ekt bilan davlat o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarni bozor iqtisodiyotiga mos bo’lgan asosiy shakli, daromadlarni xo’jalik sub’yektlari bilan davlat o’rtasida taqsimlashning asosiy vositasi hisoblanadi.
Soliqlar, eng avvalo, umumdavlat ehtiyojlarini qondirishni moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlash zarurligidan kelib chiqadi. Davlat oldida turgan muhim vazifalarni bajarish, xususan, aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoya qilish, maorif, madaniyat, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, mudofaa, ijtimoiy va milliy xavfsizlikni ta’minlash juda ko’p moliyaviy resurslarni talab qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu resurslarni faqat soliqlar va soliq xarakteriga ega bo’lgan to’lovlar orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun soliq to’lash har bir xo’jalik sub’ekti, mehnat jamoasi, yuridik va jismoniy shaxs uchun majburiy bo’lib qolmay, muqaddas burch hamdir. Soliqlarni to’lamaslikka, to’lov muddatlarini kechiktirishga, ularning ob’ektini yashirish yoki summasini kamaytirib ko’rsatishga hech kimning haqqi yo’q.
Bozor iqtisodiyoti qonunlaridan kelib chiqsak, davlatning bajargan xilma-xil xizmatlari uchun mamlakat ichidagi yuridik va jismoniy shaxslar haq to’lashlari kerak, ya’ni davlatning xizmat ko’rsatuvchi muassasalari (mudofaa, xavfsizlik xizmati va h.k)lar o’z xizmatlarini sotishlari zarur. Demak, mazkur xizmatlar tovar darajasiga ko’tarilishi va bozorga chiqishi kerak. Biroq, bu xizmatlar “ijtimoiy tovarlar” bo’lganligi uchun alohida korxonalar bularni ko’rsatishdan bosh tortadi, chunki bu murakkab va qimmatga tushadi. Boshqa korxonalar, yuridik va jismoniy shaxslar esa mazkur ijtimoiy tovarlarni sotib olishdan bosh tortadi. Demak, bozor bunday tovarlarni qabul qilmaydi.
Lekin masalaning ikkinchi tomonini olsak, hech kim, ya’ni yuridik shaxslar ham, jismoniy shaxslar ham “ijtimoiy tovarlar”ni iste’mol qilishdan bosh tortmaydi, ularning zarurligini biladi. Biroq alohida korxonalar bu tovarlar uchun haq to’lashga qodir emas. Shuning uchun ham hukumatning jamiyatga ko’rsatadigan xizmatlari haqini qoplash uchun majburiy to’lovlar sifatida soliqlar maqsadga muvofiqdir.
O’zbekiston Respublikasi “Soliq Kodeksi”ning 5-8 moddalariga binoan soliq tizimi quyidagi jadvalda ko’rsatilgan.
3-jadval
O’zbekistonda soliq tizimi tuzilmasi

Umumdavlat soliqlari

Mahalliy soliqlar va yig’imlar

1. Huquqiy shaxslarning daromadiga (foydasiga) soliq
2. Jismoniy shaxslarning daromadiga soliq
3. Qo’shilgan qiymat solig’i
3.4. Aktsiz solig’i
3.5. Yer ostidan foydalanish solig’i
3.6. Ekologiya solig’i
3.7. Suv resurslaridan foydalanish solig’i
3.8. Savdo tashkilotlarining yalpi daromad solig’i
3.9. Bojxona solig’i
3.10.Davlat boji
3.11.Qimmatli qog’ozlarni ro’yxatdan o’tkazish yig’imi
12. Boshqa daromadlar

1. Mol-mulk solig’i
1.2.Yer solig’i
1.3.Reklama solig’i
1.4.Avtotransport vositalarini qayta sotish solig’i
1.5.Kichik biznes uchun yagona soliq
1.6.Sotsial infratuzilmani rivojlantirish solig’i
1.7.Savdo huquqi yig’imi, shu jumladan, alohida tovarlar turlarini sotish litsenziya yig’imi
1.8.Ishbilarmonlik bilan shug’ulanuvchi huquqiy hamda jismoniy shaxslarni ro’yxatdan o’tkazish yig’imi
1.9.Avtotransportning vaqtinchalik turar joyi yig’imi va solig’i
10. Obodonlashtirish ishlari yig’imi

Soliqlar va yig’imlar bir-biri bilan bog’liq bo’lib, oqibat natijada ular huquqiy yoki jismoniy shaxslarning pul daromadlaridan olinadi.
Soliq nimaga solinadi, ya’ni soliq ob’ekti bo’lib nimalar hisoblanadi? Mamlakatimizda soliq ob’ektlarini uch guruhga bo’lish mumkin. Bular mahsulot oboroti, olingan foyda yoki daromad va mulkdir.
Soliqqa tortiladigan ob’ekt soliq nomini ifoda etadi va ko’p hollarda soliq manbaiga mos keladi. Masalan, korxona foydasiga soliq solishda soliq ob’ekti ham, manbai ham foydadir. Daromad solig’ining ob’ekti ham, manbai ham fuqaro olgan yalpi daromaddir. Soliq munosabatlarida qatnashuvchi tomonlar soliq sub’ektlari hisoblanadi. Amaliyotda, ko’pincha soliq sub’ekti deganda, soliq to’lovchilarning o’zi tushuniladi. Ammo hech qanday soliq munosabatsiz bo’lmaydi. Munosabat bo’lishi uchun esa kamida ikki tomon bo’lishi kerak. Demak, soliq sub’ektlari bu soliq to’lovchilar (huquqiy va jismoniy shaxslar) va soliq undiruvchilar (soliq idoralari)dir.
Soliq nima hisobidan to’lansa, o’sha narsa soliq manbai bo’ladi. Masalan, erga soliq solinganda, er maydoni soliq ob’ekti hisoblanadi va erdan keladigan daromad uning manbai bo’lib xizmat qiladi. Lekin amaliyotda er solig’ini undirishda korxonalarning boshqa daromadlari (foydasi) yoki fuqarolarning ish haqi hisobidan ham soliq undirish tartibi mavjud.
Soliq manbalarini to’g’ri, to’liq aniqlash, ularning tegishli qismini soliq solish usuli bilan davlat byudjetiga o’tkazish, shu bilan birga korxona, birlashma, tashkilot va aholiga solinadigan soliq me’yori mutanosibligini ta’minlash davlat uchun eng murakkab va mas’uliyatli ishdir.
Byudjetga to’lanadigan soliq summasining soliq ob’ektiga nisbatan hajmi soliq normasi deb ataladi. Soliq normasi daromad (foyda) summasi, mol-mulk qiymati yoki tovar sotish oboroti miqdoriga qarab belgilanadi. Masalan, 2001 yil 7 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga asosan fuqarolarning daromad solig’ida soliq normasi ularning olgan daromadlariga qarab, 13, 23 va 33 foiz qilib belgilandi. Bu soliq stavkasi deb ataladi.
Soliq normasi oldindan qat’iy (so’mda yoki foizda), ya’ni o’zgarmas miqdorda yoki progressiv, ya’ni soliq ob’ekti miqdoriga qarab ortib boruvchi, o’zgaruvchan shakllarda belgilanadi.
Soliq og’irligi hamma soliqli va soliqsiz to’lovlar yig’indisini, soliq normasi esa faqat bir soliq yoki to’lovning byudjetga o’tkaziladigan qismini ifoda etadi.
Soliqlar soliqqa tortish ob’ektiga qarab oborotdan olinadigan soliqlar, daromaddan olinadigan soliqlar va mol-mulk qiymatlaridan olinadigan soliqlarga bo’linadi.
Oborotdan olinadigan soliqlarga qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i, bojxona va er osti boyliklari qiymatidan olinadigan soliqlar kiradi. Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq ham, oborotdan olinadigan yagona soliq ham oborotdan olinadigan soliqlarga kiradi.
Daromaddan olinadigan soliqlarga huquqiy shaxslarning daromadi (foydasi)ga va jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq, savdo tashkilotlarining yalpi daromadidan va reklamadan olingan soliqlar kiradi. Bu guruh soliqlariga ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i ham kiradi.
Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig’i, er ostidan foydalanish solig’i, ekologiya, avtomobillarni qayta sotish solig’i va boshqalar kiradi.
Iqtisodiy mohiyatiga qarab soliqlar to’g’ri va egri soliqlarga bo’linadi. Shuni aytib o’tish joizki, iqtisodiy adabiyotlarning bir qismida bu soliqlar bevosita va bilvosita soliqlar deb ataladi. Ayrim hollarda, masalan, yuqoridagi paragrafda, mulk soliqlari va resurs to’lovlarini “bevosita soliqlar”dan ajratgan holda ko’rsatish ham uchrab turadi.
To’g’ri soliqlarni to’g’ridan-to’g’ri soliq to’lovchilarning o’zi to’laydi, ya’ni soliqning huquqiy va haqiqiy to’lovchisi ham bitta. To’g’ri soliq yukin i boshqalarga ortish holati bo’lmaydi. Bu soliqlarga hamma daromaddan to’lanadigan va barcha mulk soliqlari kiradi.
To’g’ri soliqlardan to’g’ridan-to’g’ri daromaddan to’lanadigan soliqlar stavkasining kamaytirilishi korxonalar daromadining ko’proq qismini ularga qoldirib, investitsiya faoliyatini kengaytirish imkonini yaratadi. Bu soliqlarning stavkalari ko’paytirilsa, biznes imkoniyatlari kamaya borib, iqtisodiy rivojlanish susayadi. Demak, bu guruh soliqlarining stavkalari to’g’ridan-to’g’ri bozor iqtisodiyoti bilan chambarchas bog’langandir.
Egri soliqlarning huquqiy to’lovchilari mahsulotni ortuvchilar, ish, xizmatni bajaruvchilar hamda xizmat ko’rsatuvchilardir. Lekin soliq og’irligini haqiqatdan ham byudjetga to’lovchilari tovar (ish, xizmat)ni iste’mol qiluvchilardir, ya’ni haqiqiy soliq to’lovchilar bu erda yashiringan. Bu soliq tovar (ish, xizmat) qiymati ustiga ustama ravishda qo’yiladi.
Egri soliqlar tarkibiga qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i, bojxona boji, er ostidan foydalanish soliqlari kiradi. To’g’ri va egri soliqlar yagona soliq tizimini tashkil etib, bir-biri bilan o’zaro bog’langan. Umumiy soliq summasi o’zgarmagan holda birining stavkasini kamaytirish ikkinchisining stavkasini oshirishni talab etadi.
Soliq solish amaliyotida soliq birligi degan tushuncha ham mavjud bo’lib, u butun ob’ektdan soliq hisoblash uchun zarur bo’lgan me’yor vazifasini bajaradi. Masalan, aholi ixtiyoridagi erdan soliq undirilayotganda har “bir kv.metr”, korxonalar eridan har “bir gektar” soliq birligi hisoblanadi.
Masalan: Namangan shahrining 1 zonasi uchun 1 m. kv soliq birligiga 5,4 so’m soliq stavkasi bo’lsa, 100 m.kv er uchun 540 so’m to’lanadi. Demak, soliq birligini asos qilib olib, soliq stavkasiga ko’paytirilsa, yillik jami soliq summasi hisoblanadi.
Soliq ob’ektining har bir birligi uchun davlat tomonidan belgilab qo’yilgan me’yor soliq stavkasi deb yuritiladi. Bu stavka qat’iy summalarda yoki foizlarda ob’ektga nisbatan qo’llaniladi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 26 dekabrdagi 500-sonli qaroriga asosan aholidan undiriladigan er solig’i Farg’ona vodiysining shaharlari uchun masalan, 3,2 so’mdan 5,4 so’mgacha bo’lgan miqdorda soliq stavkasi belgilangan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul inflyatsiyasi, ya’ni qadrsizlanishi sodir bo’lib turgani sababli qat’iy summalardagi soliq stavkalarini qo’llash ancha murakkab vazifadir. Shuning uchun ham soliq stavkalarining aksariyati foizlarda belgilanadi. Masalan: 1998 yildan boshlab qo’shilgan qiymat soliq stavkasi 20%, foydaga soliq stavkasi 2002 yil 1 yanvardan 24%, yuridik shaxslarning mol-mulkiga 2% li stavka bo’yicha soliq solinadi.
Soliq stavkalari mutanosib, progressiv va regressiv ko’rinishlarda bo’ladi.
Mutanosib soliq stavkasi usulida foyda yoki oborotga ega bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslar bir xil mutanosiblikda (ulushda) soliq to’laydilar. Masalan, korxona asosiy fondlarining o’rtacha yillik qiymati 200 ming so’m bo’lib, undan undiriladigan soliq stavkasi 4% belgilanganda, yillik soliq summasi 8 ming so’mni tashkil etadi.
Daromad yoki foyda ortib borishi bilan soliq stavkasi ortib borishi ko’zda tutilgan bo’lsa, bunday stavkalarni progressiv soliq stavkalari deyiladi. Buni biz O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmaganlardan olinadigan daromad solig’i stavkasida ko’rishimiz mumkin (9.4-jadval).
4 -jadval 
Jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq stavkalari

Jami daromad miqdori

Soliq summasi

Eng kam ish haqining to’rt karrasi miqdorigacha

Daromad summasining 13 foizi

Eng kam ish haqining to’rt karrasi (Q1 so’m)dan sakkiz karra miqdorigacha

To’rt karrasidan soliq Q eng kam ish haqi to’rt karra miqdoridan oshadigan summadan 23 foiz

Eng kam ish haqining sakkiz karrasi
(Q1 so’m)dan va undan yuqori

Sakkiz karrasidan soliq Q eng kam ish haqining sakkiz karra miqdoridan oshadigan summadan 33 foiz


Ko’rinib turibdiki, progressiv soliq stavkalari qo’llanganda, ishchining daromadi qanchalik oshib borsa, u byudjetga shunchalik ko’proq daromad keltiradi.
Regressiv soliq stavkasi usulida daromadning o’sishi, mahsulot ishlab chiqarish hajmining ortishi yoki ekportga mahsulot ishlab chiqarishning ko’payishi bilan soliq stavkasi kamayib boradi va korxona byudjetga kamroq soliq to’lay boshlaydi. Regressiv stavkalar biror faoliyat yoki sohada mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish yoki eksport hajmlarini oshirishni rag’batlantirish maqsadida qo’llaniladi.
Soliq to’lovchilarni soliqdan ozod etish, ular to’layotgan soliq miqdorini (soliq bazasini) kamaytirish yoki soliq to’lash shartini engillashtirish kabilarni soliq qonunchiligida soliq imtiyozlari yoki siylovlari deb yuritiladi.
Soliq imtiyozlari aksariyat hollarda biror ishlab chiqarish sohasini, faoliyat turlarini rag’batlantirishga qaratilgan bo’ladi.
Soliqlar davlatning moliya resurslari miqdorini bevosita belgilab beradi. Agar davlatning moliyaviy resurslarini oshirishga zaruriyat bo’lsa, soliq imtiyozlari kamaytiriladi. Va aksincha, korxona, tashkilotlarning faolligini oshirish kerak bo’lsa, soliq imtiyozlari kengaytiriladi. Lekin makroiqtisodiyot darajasida soliq imtiyozlariga ko’p berilib ketish, bizning fikrimizcha, soliq to’lovchilarda boqimandachilik kayfiyatini keltirib chiqarishi mumkin. Qo’shnisi soliqdan ozod bo’lgan korxona yoki fuqaro shunday imtiyozni olish uchun hamma ochiq va ta’qiqlangan usullarni ishga solishi mumkin.
Korxona, birlashma va tashkilotlarga soliqlardan beriladigan imtiyozlarni uch guruhga bo’lish mumkin.
1. Soliqdan batamom ozod etish;
2. Soliqdan qisman va vaqtincha ozod etish;
3. Soliqqa tortiladigan (daromad) bazasini kamaytirish;
Masalan, korxonada ishlovchi xodimlar tarkibining 50% dan ortig’ini nogironlar, 1941- 1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etgan yuridik shaxslar (savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug’ullanadigan yuridik shaxslardan tashqari) daromad (foyda) solig’idan tamomila ozod etiladilar.
Agar korxonaning eksportga sotgan tovarlari ular ishlab chiqargan mahsulotlari hajmining 15% dan 30% gacha bo’lsa, soliq stavkasi 30% gacha kamaytiriladi, 30% va undan ko’p bo’lsa, bunday korxonalar foyda (daromad) ga soliq stavkasini 2 marta kamaytirilgan holda soliq to’laydilar.
Yangi tashkil etilgan korxonalar (birja, tayyorlov - ulgurji, vositachi, savdo - tijorat korxonalaridan tashqari) birinchi tuzilgan yili 25 foiz va ikkinchi yili 50 foiz belgilangan soliq stavkasidan soliq to’laydilar.
Pul muomalasini mustahkamlashda, ayniqsa, pul inflyatsiyasini jilovlashda soliqlar katta rol o’ynaydi. Xususan, soliqlar naqd pulsiz hisob- kitoblar orqali undirilganda, muomalaga chiqishi lozim bo’lgan pullarni kamaytiradi. Egri soliqlar (aktsiz solig’i, qo’shilgan qiymat solig’i va boshqalar) yordamida tovarlar bahosi oshirilib, muomaladagi pul massasining xarid qilish qobiliyati qisqartiriladi, ya’ni muomaladagi bir qism pullar tovar bahosi orqali olinadi.
Naqd pulda undiriladigan soliqlar (aholidan er solig’i, mol-mulk solig’i va boshqalar) muomalaga chiqib ketadigan pullar massasini kamaytiradi, tovar bilan ta’minlanmagan pullarning bir qismini muomaladan olib, markazlashgan davlat pul fondiga (byudjetga) qaytaradi.
Paydo bo’lish manbaiga qarab soliqlar huquqiy va jismoniy shaxslardan, ya’ni korxona va aholidan olinadigan soliqlarga bo’linadi.
Davlat byudjetiga tushishi lozim bo’lgan daromadlarning 80% ga yaqini korxonalardan olinadigan soliqlar, 14% ni fuqarolardan olinadigan soliqlar va qolgan qismini soliqsiz to’lovlar tashkil qiladi.
Byudjetga o’tkazish nuqtai nazaridan soliqlar davlat va mahalliy soliqlarga bo’linadi. Davlat soliqlari to’g’ridan-to’g’ri respublika byudjetiga tushadigan soliqlardir. Bunday soliqlarga qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i, foyda (daromad) solig’i, fuqarolarning daromad solig’i, bojxona solig’i, bojxona boji va boshqalar kiradi.
Mahalliy soliqlar esa to’g’ridan-to’g’ri mahalliy byudjetlarga to’laligicha to’lanadi. Ularga er solig’i, mol-mulk solig’i, reklama solig’i, avtomobil vositalarini olib sotganlik uchun soliq va jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizelь yonilg’isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq kabilar kiradi.
Bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan unsurlardan biri sug’urta bo’lib, u ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlash va aholini ko’ngilsiz hodisalardan himoya qilishda muhim rol o’ynaydi. Sug’urtaning asl maqsadi tabiiy ofatlar hamda tasodifiy hodisalar natijasida xo’jalik sub’ektlari va aholining ko’radigan zararini to’la yoki qisman qoplashdir. Inson yashashi uchun moddiy ne’matlar yaratishi lozim. Jamiyat iste’mol qilishni to’xtata olmaganidek, ishlab chiqarishni ham inkor qilolmaydi. Barcha ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarda jamiyat hayotining moddiy asosi ishlab chiqarish bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi. Lekin ishlab chiqarishning uzluksizligiga tabiiy ofatlar, favqulodda hodisalar salbiy ta’sir ko’rsatadi, uning hajmini kamaytirib, mahsulotning son va sifat darajasini pasaytirib yuboradi. Ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlash uchun esa etkazilgan talofot o’rnini to’ldirish, fuqarolarga esa zarar oqibatlarini tugatishda yordam berish zarur. Buning uchun tashqaridan birinchi navbatda pulli yordam tashkil qilish kerak bo’ladi. Mana shunday pulli yordamning moliyaviy manbai sifatida sug’urta jamg’armalari tashkil etiladi. Ular asosan sug’urtalanuvchilarning badallari asosida shakllanadi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tilishi va moliya bozorida ham davlat monopoliyasining tugatilishi oqibatida mamlakatimizda turli mulkchilik shakllariga asoslangan sug’urta kompaniyalari vujudga keldi. Mamlakat Oliy Majlisi tomonidan sug’urta faoliyatini tartibga soluvchi maxsus qonun qabul qilindi. Bozor munosabatlarini to’la qonli amal qilishiga ko’maklashuvchi sug’urta infratuzilmasini shakllantirish va takomillashtirishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Davlat sug’urta boshqarmasi bilan bir qatorda, "Madad" sug’urta agentligi va 60 ga yaqin tijorat asosida faoliyat yurituvchi sug’urta tashkilotlari amaliy faoliyat ko’rsatmoqdalar.
Sug’urtaga O’zbekiston Respublikasining "Sug’urta to’g’risida"gi Qonunida quyidagicha ta’rif beriladi: "Sug’urta – inson faoliyatining turli sohalarida sodir bo’ladigan tabiiy ofatlar, favqulodda hodisa va boshqa voqealar natijasida etkazilgan zarar hamda talofotlarni jismoniy va yuridik shaxslar to’lagan sug’urta badallari (sug’urta puli)dan hosil qilinadigan pul fondlari hisobidan to’liq va qisman qoplash yo’li bilan jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlari sug’urtalanishini ta’minlashga doir munosabatlar demakdir".1
Bu ta’rifdan ko’rinib turibdiki, tabiiy ofatlar va ko’ngilsiz hodisalardan keltirilgan zararlarni qoplash uchun pul jamg’armalarini tashkil qilish sug’urta tizimining amal qilishi uchun muhim ahamiyatga egadir. Jismoniy va yuridik shaxslar hisobidan shakllanadigan bu jamg’armalarni hosil qilishda sug’urta tashkilotlari bilan sug’urtalanuvchilar o’rtasida munosabat yuzaga keladi. O’zbekiston sharoitida bu munosabat yuzlab sug’urta tashkilotlari bilan minglab korxona va tashkilotlar, fuqarolar o’rtasida shakllanadi. Ko’rsatilgan shaxslar to’lagan badallaridan yuzaga keladigan pul jamg’armalari ulkan miqdorlarni tashkil qiladi. Jamg’arma hosil bo’lganidan keyin uning hisobidan ko’rilgan zararlar qoplanadi. Sug’urta tashkiloti zarar miqdoriga qarab mablag’ ajratadi. Sug’urtalanuvchi bu mablag’lar hisobidan zararlarni va ularning oqibatlarini tugatishga harakat qiladi, sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchilar o’rtasidagi bu munosabatlar asosan kredit muassasalari orqali amalga oshiriladi.
Sug’urta munosabatlarini shakllantirish va ularni takomillashtira borish har qanday davlatning ham muhim vazifalari qatoriga kiradi. Chunki, odamlarning ishlab chiqarish faoliyati rivojlana borgani sari turli tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, qurg’oqchilik va boshqalar) bilan bir qatorda inson faoliyati bilan bog’liq bo’lgan xavf-xatarlar (yong’in, portlash, Orol dengizining qurib qolishi kabi holatlar) ko’paysa ko’payadiki, ammo kamaymaydi. Bulardan zarar ko’ruvchi korxonalar, firmalar va aholini iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash uchun albatta sug’urta agentliklari va tashkilotlarining yordami zarur bo’ladi.
Sug’urtaning muhim xususiyati uning muayyan hudud doirasi bilan bog’liqligidir. Masalan, 1966 yil 26 aprelda Toshkentda bo’lgan kuchli zilziladan Toshkent shahridagi ishlab chiqarish korxonalari va uning aholisi zarar ko’rgan bo’lsa, 2001 yil 11 sentyabrda AQShning Nьyu-York va Vashington shaharlarida sodir etilgan terroristik aktlar natijasida ko’plab imoratlar vayron bo’ldi, shu shaharlar aholisining muayyan qismi katta zarar ko’rdi.
Shuni aytib o’tish kerakki, mana shunday katta talofotlardan ko’r iladigan moddiy zararning miqdorlari ham katta bo’ladi. Bunday hollarda sug’urta agentliklari va tashkilotlarining ko’rilgan zararni qoplash imkoniyatlari etarli bo’lmay qolishi mumkin. Masalan, Toshkent zilzilasi yuz berganda, respublikaning barcha mavjud zahiralari ham etishmagan, shunda qo’shni respublikalardan, hatto, xorijiy mamlakatlar hisobidan moddiy yordam ko’rsatilgan.
Sug’urtaning yana bir xususiyati uning vaqt tushunchasi bilan bog’liqligidir. Majburiy sug’urta bir necha o’n yilga mo’ljallab, shuningdek, ma’lum yoshga etgunga qadar tuziladi. Shu bilan birga, bir yillik, hatto, choraklik sug’urta xillari ham mavjud. Sug’urta muddati qancha ko’p bo’lsa, shunga qarab sug’urta to’lovlari ham ko’payib boradi.
Sug’urta badallari zararni qoplashga sarflanadi va bu orqali sug’urtalanuvchi ixtiyoriga qaytariladi. Ayrim sug’urta xillarida badalning bir qismi sug’urta hodisasi sodir bo’lmaganda ham belgilangan miqdorda qaytariladi.
Respublikamiz viloyatlari jug’rofiy jihatdan har xil tabiiy sharoitga ega bo’lganligi sababli turli joylarda o’ziga xos sug’urta hodisalari uchrab turadi, ular o’z ko’lami jihatidan xo’jalikka favqulodda va keskin zarar etkazishi tufayli bir-biridan farq qiladi. Sug’urta jamg’armasi faqat zarar oqibatini tugatish emas, balki ularning oldini olish, aniqrog’i, ogohlantirish tadbirlariga ham sarflanadi. Buning uchun sug’urta badallari tushumlaridan ma’lum foizi ogohlantirish fondini tashkil qilishga ajratiladi va bu fond hisobidan har yili qator tadbirlar amalga oshiriladi.
Sug’urtaning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mazmuni uning bajaradigan funktsiyalarida o’z ifodasini topadi. Sug’urta tushunchasi moliya va kredit tushunchalari bilan o’zaro bog’lanib ketganligi sababli ularning taqsimlash va nazorat funktsiyalarini amalga oshirishda sug’urta ham ishtirok etadi. Shu bilan birgalikda sug’urtaning faqat o’ziga xos bo’lgan funktsiyalari ham mavjuddir, bular xavf-xatar, ogohlantirish, investitsiya, omonat va axborot funktsiyalaridir.
Ma’lumki, insoniyat qadim zamonlardan buyon juda ko’p tabiiy ofatlarni boshidan kechirgan. Shu sababli u mahsulot, urug’lik, yoqilg’i va boshqa moddiy-moliyaviy zahiralar hosil qilib, ular hisobidan ko’rilgan zararlarni qoplagan. Sug’urtaning xavf-xatar funktsiyasi aynan mana shunda namoyon bo’lib kelgan. Kelajakda ham uning bu funktsiyasi saqlanib qolaveradi.
Sug’urtaning ogohlantirish funktsiyasi uning xavf-xatar funktsiyasi bilan bog’liq bo’lib, mazkur funktsiya sug’urta to’lovlarining umumiy tushumidan ma’lum qismini xavf-xatarning oldini olish uchun quyidagi maqsadlarda foydalanishda namoyon bo’ladi.
1.Yong’indan ogohlantirish va yong’inga qarshi kurash tadbirlarini amalga oshirish.
2.Qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligining kamayishiga qarshi tadbirlar.
3.Chorva mollarida uchraydigan kasalliklarning oldini olish tadbirlarini bajarish.
Sug’urtaning investitsiya funktsiyasi bo’sh turgan mablag’lardan samarali foydalanib, sug’urta tashkilotining moliyaviy ahvolini yaxshilashga yordam beradi. Sug’urta badallarining yig’ilishi va ular hisobidan zararning qoplanishi bir vaqtda emas, balki turli muddatlarda sodir bo’ladi. Ishlatilmay bo’sh turgan mablag’lar hisobidan zahira fondlari tashkil qilinadi va ularning bo’sh turgan qismidan tijorat maqsadlari uchun foydalaniladi.
Sug’urtaning omonat funktsiyasi shundan iboratki, shaxsiy va mulk sug’urtasida sug’urta badallari ma’lum muddatda sug’urta tashkiloti ixtiyorida bo’ladi. Agar sug’urta davrida biror sug’urta hodisasi ro’y bersa, sug’urta tashkiloti etkazilgan zararni o’z hisobidan to’laydi, omonat kassalarida esa bunday xususiyat mavjud emas. Omonat kassalarida omonatlarga ma’lum muddatlarga saqlangan davrga nisbatan foiz olish huquqi beriladi xolos.
Sug’urtaning axborot funktsiyasi bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan funktsiyadir. Ilgari, ya’ni O’zbekistonda sug’urta monopoliyasi mavjud bo’lgan sharoitda, sug’urta bunday funktsiyani bajarmagan. Endilikda Respublika hududida o’nlab yangi sug’urta kompaniyalari va tashkilotlari paydo bo’lib, ularning har biri o’ziga xos sug’urta ob’ektlari va shartlari mavjudligi munosabati bilan sug’urta axborot funktsiyasini ham bajara boshladi. Sug’urta tashkilotlarining ko’pchiligi mol-mulkni sug’urta qilish bilan shug’ullanadi, tibbiyot, transport va boshqa sug’urta kompaniyalari mavjud bo’lib, ular xorijiy mamlakatlar bilan ham hamkorlikda ish olib boradi. Shunday ekan, bular haqidagi xolis axborotlarni sug’urtalanuvchilarga etkazish, albatta, birinchi navbatda sug’urta tashkilotlari zimmasiga tushadi.
Qimmatli qog’ozlar, bu - qonunda belgilangan tartibda chiqarilgan va nominal qiymatga ega bo’lgan pulli xujjatlardir. Ular mulkchilik munosabatlarini ifodalaydi va qandaydir mulk yoki pul miqdoriga egalik qilish huquqini tasdiqlaydi. Qimmatli qog’ozlar dividend yoki foizlar ko’rinishida daromad to’lashni hamda mazkur xujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga berish imkoniyatini ham nazarda tutadi.
Boshqacha qilib aytganda, egalik qilish huquqini tasdiqlovchi, divident yoki foizlar ko’rinishida daromad olishni ko’zlovchi, emissiya qiluvchi va sotib oluvchi o’rtasidagi o’zaro mulkiy munosabatni bildiruvchi, boshqa shaxslarga berish imkoniyatini nazarda tutuvchi barcha pulli xujjatlar qimmatli qog’ozlar deb yuritiladi.
O’zbekiston Respublikasining "Qimmatli qog’ozlar va fond birjasi to’g’risida"gi Qonunida ko’rsatilishicha, mamlakatimiz hududida qimmatli qog’ozlarning quyidagi turlari amal qiladi: aktsiyalar, obligatsiyalar, xazina majburiyatlari, depozit sertifikatlari, veksellar, hosilaviy qimmatli qog’ozlar.
Aktsiyalar aktsiyadorlik jamiyatining ustav jamg’armasiga muayyan hissa qo’shganlikdan guvohlik beruvchi, uning egasiga jamiyat foydasining bir qismini olish va uni boshqarishda qatnashish huquqini tasdiqlovchi qimmatli qog’ozdir.
Aktsiyalar bo’yicha ularning egasi oladigan daromad divident deb aytiladi. Dividentlarning miqdori aktsiyadorlik jamiyatining yil davomida olgan foydasiga bevosita bog’liqdir. Katta foyda olgan jamiyatning o’z aktsiyadorlariga ko’proq divident to’lash imkoniyati mavjud bo’lsa, kamroq foyda olgan jamiyatlarning to’laydigan dividentlari ham kamroq bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasida chiqarilayotgan aktsiyalarning 2 xil turi mavjud bo’lib, ularning birinchisi ochiq va yopiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarining aktsiyalaridir. Ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarining aktsiyalari ochiqchasiga muomalaga chiqarilib, keyinchalik aktsiyadorlarning roziligisiz qo’ldan-qo’lga o’tib, o’z egasini almashtirib turishi mumkin. Yopiq turdagi jamiyatlar aktsiyalari sarmoyadorlar o’rtasidagina taqsimlanib, faqat kompaniya umumiy yig’ilishining roziligi bilan qo’ldan-qo’lga o’tishi mumkin.
Aktsiyalarning ikkinchi turi, bu – egasining nomi yozilgan va faqat uning mulki hisoblanadigan aktsiyalardir. Aktsiya egasi jismoniy shaxs bo’lsa, uning familiyasi, agar yuridik shaxs bo’lsa, tashkilotning nomi ko’rsatiladi.
Aktsiyalar, shuningdek, oddiy va imtiyozli bo’ladi. Oddiy aktsiya egasi aktsiyadorlar umumiy yig’ilishida qatnashish huquqiga ega bo’lib, u oladigan dividentining miqdori jamiyatning yil davomidagi ish natijalariga bog’liq. Imtiyozli aktsiyalar egasi aktsiyadorlar yig’ilishida qatnashish, demak, jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqiga ega emas. Aktsiya egasiga beriladigan imtiyoz shundan iboratki, unga to’lanadigan divident miqdori kafolatlangan bo’lib, jamiyatning ish natijalariga bog’liq emas.
Obligatsiyalar deyilganda, uning egasi ma’lum miqdordagi pul mablag’larini qarzga berganligini va uning evaziga ma’lum muddat o’tgandan keyin qarz belgilangan foiz bilan qaytarilishini tasdiqlovchi qimmatli qog’oz tushuniladi.
Obligatsiyalar, ularni chiqaruvchi, ya’ni emitentning xususiyatiga ko’ra 3 xil bo’ladi: davlat obligatsiyalari, munitsipal (mahalliy) obligatsiyalar va korxonalarning obligatsiyalari.
Xazina majburiyatlari, bu – ularning egalari tomonidan byudjetga ma’lum miqdordagi pul mablag’larini berilganini va ular ma’lum muddat davomida belgilangan daromadni olish huquqiga ega ekanligini tasdiqlovchi qimmatli qog’ozlardir.
Tabiatan xazina majburiyatlari davlat obligatsiyalari bilan nihoyatda yaqin bo’lib, odatda 3 xil ko’rinishga ega:
1. Uzoq muddatli – 5 va undan ortiq yillik muddat;
2. O’rta muddatli – 1 yildan 5 yilgacha;
3. Qisqa muddatli – 3,6 va 9 oylik.
Jahon amaliyotida ularning birinchisi Bond, ikkinchisi Note va uchinchisi Bill deb yuritiladi.

Yüklə 329,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin