International Conference on Developments in Education
Hosted from Amsterdam, Netherlands
https: econferencezone.org June 8
th
2022
2
Rivoj topgan mamlakatlarning iqtisodiy amaliyotidagi davlat byudjetining g‘aznachilik tizimini O’zbekiston
Respublikasida joriy qilish va uni yanada rivojlantirish, davlat moliyaviy resurslarini boshqarishning
axborotlashtirilgan tizimiga asos solish davlat moliyasining holati to‘g‘risida tezkor va ishonchli axborotlarga
ega bo‘lish uchun imkoniyatlar eshigini ochib beradi, bu esa davlat moliyasini samarali boshqarishning
ta’minotdir. Yana aytish joizki, davlat byudjetida mablag‘lardan samarali hamda maqsadli foydalanish
maqsadida ham g‘aznachilik tizimi joriy qilindi. Ushbu tizimning yaratilishi iqtisodiy soha uchun joriy va
yakuniy nazorat jarayonini takomillashtirish bo‘yicha kattadan-katta o‘zgarishlarning amalga oshishiga sabab
bo‘ldi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar hayotida davlat byudjeti ijrosini boshqarish asosan, g‘aznachilik
tizimiga asoslanib amalga oshiriladi. Davlat byudjeti ijrosining yangi mexanizmini amaliyotga joriy qilinishi
respublikaning iqtisodiy sohasidagi bugungi kunda byudjet islohotlarining ulkan yo‘nalishlaridan biri deyilsa,
mubolag‘a bo‘lmaydi. Sababi davlat moliyasini samarali boshqarish zaruriyati byudjet daromadlarini to‘liq
va o‘z vaqtida to‘plash bilan bir qatorda byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanish uchun ham byudjet
xarajatlarining nazoratiga bo‘lgan ehtiyojning kuchaytirilishini talab qiladi.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash kerakki, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
albatta, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish davrida O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimidagi
o‘tkazilayotgan tub islohotlar mohiyati moliya tizimida davlat byudjeti ijrosini takomillashtirish, g‘aznachilik
tizimining joriy qilinishi sanaladi. Bundan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad — byudjet mablag‘larini samarali
boshqarish, byudjet mablag‘larining moliyaviy nazoratini kuchaytirish va barcha byudjet tashkilotlarining
xarajatlarini boshqarishda g‘aznachilik faoliyatining joriy qilinishiga, amalda bo‘lishiga erishishdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Steven M. Bragg. “TREASURY MANAGMENT” The Practitioner’s Guide.
2. T.Eshnazarov. Davlat byudjetining g’azna ijrosini rivojlantirish omillari. “Byudjet ijrosiga g’aznachilik
tizimini joriy etishning dolzarb muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya
materiallari to’plami. – Toshkent: «IQTISOD-MOLIYA» nashriyoti, 2011 y.
Dostları ilə paylaş: |