Moliyasi tizimidagi ahamiyati



Yüklə 207,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix24.04.2023
ölçüsü207,57 Kb.
#101864
  1   2


International Conference on Developments in Education 
Hosted from Amsterdam, Netherlands 
httpseconferencezone.org June 8
th
 2022 

G‘AZNACHILIK TIZIMINING JORIY QILINISHINING DAVLAT 
MOLIYASI TIZIMIDAGI AHAMIYATI 
Shodmonqulova Shaxlo 
TDIU «Davlat moliyasi va xalqaro moliya» 
magistratura mutaxassisligi 
II bosqich magistranti 
Bugun mamlakatimizning iqtisodiy sohasida qator yangilik va o‘zgarishlarning joriy qilinishi uning iqtisodiy 
jihatdan yanada takomillashishiga xizmat qilmoqda. Xususan, davlat moliyasi yo‘nalishida institutsional 
islohotlar keng ko‘lamda amalga oshirilyapti. Ushbu amaliy harakatlarning negizida eng avvalo, davlat 
byudjeti ijrosiga dunyo tan olgan va dunyo mamlakatlarida sinovdan o‘tgan, byudjet mablag‘laridan natijakor 
foydalanishni ta’minlab beruvchi g‘aznachilik tizimining joriy qilinganini alohida e’tirof bilan tilga olish 
lozim.
Mamlakatimizda davlat byudjetining g‘azna ijrosini samarali tashkil qilinishiga mustaqillikning sharofati, 
jumladan, barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlarini qo‘lga kirita boshlanimizdan so‘nggina muvaffaq bo‘lindi. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimi bo‘yicha ham keng qamrovga ega bo‘lgan 
muvaffaqiyatli natijani berayotgan islohotlarni joriy qilmoqda. Bunday ishlohotlarning ijobiy natijalari davlat 
byudjeti g‘azna ijrosining omadli tarzda joriy qilinishida yaqqol ko‘zga tashlanadi, deya aytish mumkin.
Davlat byudjetining g‘azna ijrosi davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining barcha daromadlarini, 
shuningdek, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha tushumlarini yagona g‘azna 
hisobraqamga jamlash va ularning barcha xarajatlarini shu hisobraqamdan amalga oshirishni nazarda tutadi. 
Bu esa davlat byudjeti, byudjetdan tashqari fondlar, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari, 
davlat qarzlari va ularga xizmat ko‘rsatish jarayonlarining tezkor nazoratini va monitoringini olib borish, 
davlat mablag‘larining samarali ishlatilishini ta ’minlash, davlat moliyaviy resurslarining harakati to‘g‘risida 
operativ tarzda ma’lumotlarni jamlash imkonini yaratadi. 
Zamonaviy jamiyatimiz taraqqiy etayotgan bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni 
erkinlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida davlat moliyasi tizimida chuqur iqtisodiy islohotlar amalga 
oshirilmoqda. Bu islohotlar, qator vazifalar bilan birgalikda, davlat moliyasini boshqarish samaradorligini 
oshirishni nazarda tutadi. Bunda davlat moliyasini boshqarish shakllari va usullarini takomillashtirish, fan-
texnika taraqqiyoti yutuqlari va boshqa texnik vositalar yordamida axborotni jamlash, qayta ishlash, uzatish 
qoidalari va usullarini o‘zlashtirish asosida axborotlashtirishni yanada rivojlantirish talab etiladi.
Davlat moliyasini boshqarishdagi islohotlar sharoitida umumdavlat moliya tizimining bosh bo‘g‘ini – davlat 
byudjetini boshqarish, byudjet jarayonini tashkil etish tizimidagi islohotlar, xususan, byudjet ijrosida kassali 
tizimdan jahon amaliyoti tajribasida sinovdan o‘tgan va o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsata olgan byudjet 
tizimi byudjetlarining g‘azna ijrosiga o‘tishning amalga oshirilishi davlatimiz iqtisodiy sohasidagi 
yutuqlaridan bo‘ladi.
Hozirgi zamonaviy iqtisodiy yangiliklardan kelib chiqib aytish mumkinki, byudjet jarayonini samarali tashkil 
qilishning amaliy ishlarini g‘aznachilik nazoratidan chetda tasavvur etib bo‘lmaydi. Buni hattoki, zamonaviy 
iqtisodiyot vakillari — olimlar, iqtisodchilar, qolaversa, sohaning yetuk mutaxassislari ham asosli ravishda 
e’tirof etmoqdalar. Negaki, g‘aznachilik tizimi byudjet daromadlari va xarajatlarini yagona g‘azna 
hisobraqamiga jalb qilish, pul oqimlarini to‘g‘ri va samarali boshqarish, rejalashtirish, moliyaviy oqimlarning 
esa ilk va joriy nazoratini amalga oshirish, shu jumladan, davlat byudjetini yuqori operativlikda ijro etish 
imkoniyatining kengayishiga xizmat qiladi.
Mamlakatda davlat moliyasini boshqarishni, shu bilan bir qatorda davlat byudjetini ijro etishda asosiy 
mexanizmlardan biri hisoblangan g‘aznachilik tizimini tashkil etish va uni shakllantirishda xorij 
mamlakatlarining tajribasi muhim o‘rin egallaydi. O‘zbekiston ular tajribasidan oddiy nusxa olmaydi, chunki 
mamlakatimiz davlat boshqaruvini tashkil etish, iqtisodiy va huquqiy munosabatlarni boshqarish sohasida 
o‘ziga xos yo‘nalishga ega davlatdir. Biroq, bu bilan g‘aznachilik tizimini tashkil etish va rivojlantirish 
yo‘nalishida xalqaro tajribalarning o‘rganilish darajasi passivlashmaydi.



Yüklə 207,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin