5. O‘z mablag‘lari va uzoq muddatli kredit, qarzlar summasi (O‘AMN+UMM)
2 201 552 667
9 835 046 265
7 633 493 598
4,46
6. Qisqa muddatli kredit va qarzlar (QMM)
14 744 216
8 878 479
-5 865 737
60,2
7. Zaxira va xarajatlarini moliyalashtirishning jami manbasi (JM)
2 216 296 883
9 843 924 744
7 627 627 861
4,44
8. Zaxira va xarajatlar (ZX)
2 185 621 680
9 488 500 196
7 302 878 516
4,34
9. O‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti (O‘AMN-ZX)
-288 315 799
-11 957 467 080
11 669 151 281
41,4
10. O‘z mablag‘lari va uzoq muddatli qarz mablag‘lari bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti (O‘AMN+UMM-ZX)
15 930 987
3 465 498 069
3 449 567 082
231
11. Jami mablag‘lar bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti (JM-ZX)
30 675 203
355 424 548
325 049 345
11,8
Korxonada moliyaviy ishlab chiqarish zaxiralarini moliyalashtirishda o‘z mablag‘lari, qarz mablag‘lari yetarligi va yetishmasligi tahlili yuzasidan shuni ta’kidlash lozimki, o‘tgan davrga nisbatan joriy davrda ko‘rsatkichlar ijobiy tomonga o‘zgargan. Zaxira va xarajatlarni moliyalashtirishning ikkita sharti bajarilgan. Korxona moliyaviy barqarorligining mutlaq ifodasini umumiy jihatdan ijobiy baholash mumkin.
Xulosa Korxona barqarorligini eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri bu moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichidir. Agar korxonada daromadlar xarajatlardan ortadigan bo‘lsa, moliyaviy baraqarorlikka erishishi mumkin bo‘ladi. Agar korxona mablag‘larni erkin tasarruf eta olsa, ulardan samarali foydalansa, doimiy ishlab chiqarish va sotishning mukammal siklik aylanish uzluksizligi ta’minlansa, bunday korxonani moliyaviy barqaror deyishimiz mumkin.
Korxona moliyaviy holatini qisqa va uzoq muddatga baholash mumkin. Qisqa muddatli oraliqda korxonaning to‘lovga qodirligiga uzoq muddatli o‘rganishda esa uning moliyaviy barqarorligiga ko‘proq ahamiyat qaratiladi.
Firma va kompaniyalar moliyaviy jihatdan barqaror rivojlanmas ekan, uning bankrotlikka uchrash ehtimoli yuqori bo‘ladi. Shu sababli, moliyaviy barqarorlikni makro va mikro ko‘lamda tadqiq etish doimo iqtisodchilarning doimiy e’tiborida bo‘lib kelgan.
Moliyaviy tahlilda moliyaviy barqarorlikning alohida olingan korxonalarda, firma va kompaniyalarda o‘rganishga, qisqa, o‘rta va uzoq davriylikda baholash amaliyotini yo‘lga qo‘yishga, uni o‘stirishning aniq chora-tadbirlarini belgilashga ahamiyat qaratiladi.
Moliyaviy barqarorlikni baholash bir qancha ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin.
- firma va kompaniyalarning to‘lov qobiliyati;
- korxona o‘z mablag‘larining qaramlik koeffitsiyenti;
- aktivlarning qaramlik koeffitsiyenti;
- foizlarni qoplash koeffitsiyenti.
Korxonada moliyaviy resurslarni to‘g‘ri shakllantirish, ularning taqsimlanishi, foydalanish samaradorligi moliyaviy barqarorlikni ta’minlashning muhim omillari hisoblanadi. Ya’ni, moliyaviy barqarorlik korxona moliyaviy resurslarni qay darajada mohirona boshqarayotganligini ifodalaydi.