O‘AMN = O‘MM - UMA
Bunda: O‘MM – O‘z mablag‘lari manbasi;
UMA – uzoq muddatli aktivlar.
2. Zaxira va xarajatlarni o‘z va qarz mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilish manbasi (O‘QMHM);
O‘QMHM = O‘AMN + UMKQ
Bunda: UMKQ – uzoq muddatli kreditlar va qarzlar
3. Zaxira va xarajatlarni jami manbalar hisobiga moliyalashtirish manbasi (JMHM)
JMHM = O‘QMHM + QMKQ
Bu yerda: QMKQ – qisqa muddatli kreditlar va qarzlar (ular qatoriga mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar ham qo‘shiladi)
Uzoq muddatli aktivlarning o‘z va qarz mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish koeffitsiyentlari
Ko‘rsatkichlar
|
Aniqlanishi
|
Me’yor darajasi
|
Uzoq muddatli aktivlarni (UMA) o‘z mablag‘lari manbasi (O‘MM) hisobiga ta’minlanish koeffitsiyenti
|
O‘MM/UMA
|
1,0 dan yuqori
|
Uzoq muddatli aktivlarning o‘z va uzoq muddatli majburiyatlar (UMM) hisobiga ta’minlanish koeffitsiyenti
|
O‘MM+UMM/UMA
|
Minimum 1,0 ga teng deb
|
Zaxira va xarajatlarni manbalash yuzasidan mablag‘lar naqdligini va moliyalashtirish darajasini hisob-kitobi
Ko‘rsatkichlar
|
Aniqlanishi
|
Zaxira va xarajatlarning moliyalashtirish holati (+,-)
|
O‘z aylanma mablag‘larining naqdligi (O‘AMN)
|
O‘MM – UMA
|
O‘AMN – ZX
|
O‘z mablag‘lari va uzoq muddatli qarz mablag‘larining naqdligi (O‘UMMN)
|
O‘MM + UMM – UMA
|
O‘UMMN – ZX
|
Jami mablag‘larning naqdligi (JMN)
|
O‘MM + UMM – UMA + QMM
|
JMN – ZX
|
Zaxira va xarajatlarni manbalashda mablag‘lar yetarliligi va yetishmasligini koeffitsiyent usulida ham hisob-kitob qilish mumkin. Koeffitsiyent usuli zaxira va xarajatlarni moliyalashtirishdagi holatni qiyosiy o‘rganish, uning ijobiy siljishlarini o‘rganishda muhim hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |