Moliyaviy boshqaruv abyektlar



Yüklə 184 Kb.
səhifə2/8
tarix03.06.2023
ölçüsü184 Kb.
#124594
1   2   3   4   5   6   7   8
Moliyaviy boshqaruv abyektlar

Moliya tizimi
Moliya tizimi - bu davlatning hamda korxonalarni pul mablag`larini shakllantirish, taqsimlash va ishlatish usullari majmuasidir.
Umuman moliya tizimini qo`yidagicha ifodalash mumkin(sxema):
Moliya tizimining asosini xo`jalik yurituvchi subyeklar moliyasi tashkil etadi, chunki ular moddiy ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadi va ular ishtirokida yalpi ichki maxsulot va milliy daromad yaratiladi.
Xo`jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy - huquqiy shaklidan kelib chiqib ular moliyasining shakllanishi va undan foydalanish o`ziga xos xususiyatlarga ega.
Jumladan, ijtimoiy tashkilotlar, kasaba uyushmalari, yoshlar va faxriylar tashkilotlari ,ijodiy uyushmalar, sport jamiyatlari va shu kabilardan iborat bo`lib, ularning moliyaviy resurslari asosan tashkilot azolik badallari,tijorat faoliyatidan olingan daromadlar, xomiylar va xayriya mablag`lari hisobiga tashkil topadi va shu tashkilotlar nizomiga asosan foydalaniladi. Ayrim korxona va tashkilotlar moliyasining xususiyatlari mavzuning 5 savolida yoritilgan.
Davlat budjeti moliya tizimining bosh bug`ini hisoblanadi. U yordamida davlat boshqaruv organlari funksiyalarini taminlash uchun markazlashgan pul fondlari shakllantiriladi va ishlatiladi.
Davlat budjeti mamlakatning asosiy moliya rejasi hisoblanadi va Oliy Majlis tomonidan qonun holida tasdiqlanadi. Davlat budjeti orqali davlat Xalq xujaligi tarakiyotini, ijtimoiy - madaniy tadbirlarni, mudofani,davlat xokimiyati va boshqaruv organlarini saqlash moliyalashtiriladi.
Davlat budjetini shakllanishi,tayyorlanishi, ko`rib chiqilishi va uning ijrosining nazorati batafsil keyingi 5 mavzuda berilgan.

Davlat korxonalari moliyasi



Xususiy korxonalar moliyasi





Jamoa korxonalari moliyasi





Xissadorlik jamiyatlari


moliyasi



Ijara korxonalari moliyasi

Kushma korxonalar moliyasi


Jamoat tashkilotlari moliyasi va boshkalar

Davlat budjeti



Pensiya jamgarmasi



Fond bozori

Davlat krediti va boshqalar

Ish bilan ta’minlashga kumaklashish davlat jamgarmasi




Respublika yul jamgarmasi

Mulk kumitasi maxsus fondi va boshkalar

Ijtimoiy sug’urta



Мол – мулк сугуртаси



Хаётни сугурталаш ва бошкалар


Budjetdan tashqari jamg`armalar, soliqlar kabi ma`lum maqsadga yunaltirilgan ajratma va ushlovlardan tashkil topadi. Budjetdan tashqari jamg`armalar so`mmasining asosiy qismi maxsulot (ish xizmat) lar tannarxiga kiritiladi va u asosan ish haqi fondiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Budjetdan tashqari maqsadli jamg`armalardan biri Pensiya jamg`armasi hisoblanadi.Ushbu jamg`armaning shakllanishi va undan foydalanish tartibi fanning 6- «Ijtimoiy ta`minot moliyasi» mavzusida berilgan.
Budjetdan tashqari jamg`armalarning yana biri bo`lib, ish bilan ta`minlashga kumaklashish jamg`armasi. Ushbu jamg`arma «Axolini ish bilan taminlash to`g`risida » gi (1992 y 13 yanvar) qonuniga muvofiq Vazirlar Maxkamasining 1992 y 13 dekabrdagi 606-sonli «Ish bilan ta`minlashga kumaklashish Respublika jamg`armasining tashkil etish to`g`risida» gi qarori asosida tashkil etilgan.Jamg`arma mablag`lari qo`yidagi mablag`lar hisobiga shakllanadi:
- Mulkchilik shaklidan kat`iy nazar barcha korxonalar, tashkilotlar, muassasalar xodimlariga hisoblangan ish xaqiga nisbatan majburiy ajratmalar . Ushbu ajratma 2007 yilga 0,3 foiz miqdorida belgilangan.
- Rezedent va norezedent yuridik shaxslar, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning ixtiyoriy badallari.
- Majburiy ajratmalar belgilangan muddatda tulanmaganligi uchun jarimalar.
- Ish bilan ta`minlashga ko`maklashish jamg`armasining tijorat faoliyatidan daromad va boshqalar
Ish bilan ta`minlashga ko`maklashish davlat jamg`armasining mablag`lari qo`yidagi maqsadlarga foydalaniladi.
-Axolini ish bilan ta`minlashning umumdavlat va mintaqaviy dasturini ishlab chiqishga
- Ishdan bo`shab qolgan xodimlarni va ish bilan band bo`lmagan axolini kasbga yo`naltirish, qayta o`qitish va qayta tayyorlashga doir ishlarga.
- Ishsizlik bo`yicha nafaqalar tulash.
-Nogironlar va axolining ijtimoiy jixatdan kam ta`minlangan tabaqalari mexnatidan foydalanish uchun ixtisoslashtirilgan ishchi o`rinlarini tashkil etish.
- Ish bilan ta`minlash organlarini saqlash, moddiy - texnikaviy ta`minotni amalga oshirish.
- Axborot ma`lumotlarini tuplash, reklama-nashr ishlarini amalga oshirish, bo`sh o`rinlar yarmarkalarini o`tkazish va boshqalar.
Maqsadli jamg`armalar tarkibida yetakchi o`rinlardan birini O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi xo`zuridagi Respublika yo`l jamg`armasi egallaydi.Ushbu jamg`arma O`zbekiston Respublikasi «Avtomobil yo`llari to`g`risida» gi qonunga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1995 yil 5-yildagi 334-sonli «O`zavtoyo`l davlat xissadorlik konserni» tarkibida tashkil qilingan. Ushbu jamg`armani tashkil qilishdan maqsad mamlakatimizda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo`llarini loyixalash,qo`rish,to`zatish va saqlashni mablag` bilan ta`minlash, shuningdek Respublika yo`l tarmoqlaridan samarali foydalashni ta`minlashdir.
Respublika yo`l jamg`armasi 2008 yilda qo`yidagi majburiy ajratmalar va yig`imlar hisobiga shakllanishi ko`zda tutilgan:
I. Majburiy ajratmalar.


1. Vositachilik shartnomalari bo`yicha vositachilik xizmatlari ko`rsatadigan korxona va tashkilotlar KKS ni chegirgan holda vositachilik haqi so`mmasidan - 1 %
2.Tayyorlov, ta`minot-sotish tashkilotlari-KKS ni chegirgan holda tovar aylanmasi hajmidan - 1 %
3.Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiradigan respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza – kantoralari va ularning xududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalari yalpi daromadidan – 1,0%
4. «Uzdonmaxsulot» AK korxonalari (galla kabul kilish korxonalari va don kabul kilish faoliyatini amalga oshiruvchi), donni kayta ishlish korxonalari – KKS ni chegirgan xolda ta`minot – sotish, ustvmasi va chegirmasidan – 1,0 %
5. Kredit va sugurta tashkilotlari daromadidan – 1,5 %
6. Lizing xizmatini ko`rsatadigan korxonalar daromadidan - 1,5 %
7. Kommunal xujalik tiziminin issiklik, suv va gaz ta`minoti korxonalri (ishlar, xizmatlar) sotilishi xajmi, KKS ni chegirgan xolda issikli energiyasi, suv va tabiiy gazning xarid kiymatini chegirgan xolda – 1,5 %
8. Qurilish, qurilish-montaj, ta`mirlash-qurilish, ishga tushirish, loyixa-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari-KKS ni chegirgan holda o`z kuchlari bilan bajarilgan ishlar qiymatidan - 1,5 %
9. Avtotransport korxonalari - KKS ni chegirgan holda maxsulot (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasi xajmidan - 2,5 %
10. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari korxonalari – maxsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishi xajmi, KKS va aksiz solig`ini chegirgan holda - 1,5%
II. Respublika yo`l jamg`armasiga yig`imlar va ajratmalar:
1. Sotib olingan va vaqtinchalik olib kiriladigan avtotransport vositalari (shu jumladan, maxsus avtomobillar) narxidan 6% (bundan 2 bandda ko`rsatilganlar mustasno).
2. Sotib olingan va vaqtinchalik olib kiriladigan avtotransport vositalari narxidan: qirktagacha o`tirish joy bulgan avtobuslar; 10 tonnagacha yuk kutaradigan yuk avtotransport vositalari – 20%
3. «O`zavtoyo`l» DAK korxona va tashkilotlari mol – mulkini sotib olishdan tushgan mablag`larning budjetga tushishi lozim bo`lgan umumiy so`mmasidan ajratmalar – 50%;
III. O`zbekiston Respublikasi hududiga xorijiy va chegaradosh davlatlardan avtotransport vositalarini olib kirish, olib chiqish va tranzit qilishdan yig`imlar stavkalari, AKSH dollarida:
1. O`zbekiston Respublikasi hududiga chet el davlatlaridan avtotransport vositalarini olib kirganlik uchun to`lov (bir avtomashinani olib kirganlik uchun chegaradosh respublikalardan tashqari) – 400
2.O`zbekiston Respublikasi hududi orqali Tojikiston Respublikasining har bir yuk avtotransport vositasi va avtobusni olib kirganlik va tranzit kilganlik uchun yig`im;
- bitta avtotransport vositasi va avtobusdan – 130
- yuk avtotransport vositasi va avtobus O`zbekiston Respublikasi hududida bulgan 8 sutkadan oshgan har bir kun uchun – 50
- yuk avtoransport vositalari va avtobuslarni O`zbekiston Respublikasi hududi orqali uchunchi mamlakatlarga (MDX mamlakatlaridan tashqari) tranzit olib utganlik uchun – 90
3.Qozog`iston Respublikasining har bir yuk avtotransport vositalarini O`zbekiston Respublikasi hududiga olib kirganlik yeki olib chiqib ketganlik uchun yig`im (O`zbekiston Respublikasi hududiga tranzit qilish bundan mustasno)-300
4. O`zbekiston Respublikasi hududi orqali Kirgiziston Respublikasining yuk avtotransport vositalari va avtobuslarni olib kirish va tranzit qilish uchun yig`im – 300
5. O`zbekiston respublikasi hududi bo`ylab avtotransport vositalari турлари бўйича Turkmaniston Respublikasi avtotransport vositalarini olib kirish va tranzit qilish uchun yig`im :
Qo`yidagi xajmdagi yuklarni kutaradigan yuk avtotransport vositalari:
10 tonnagacha -50
10 tonnadan 20 tonnagacha -100
20 tonnadan kup -150
O`rindiklar soni qo`yidagichabulgan avtobuslar :
12 o`rindikgacha -25
13 o`rindikdan 30 o`rindikgacha-50
30 o`rindikdan kup -100
Tranzit yunalishli yengil avtotransport vositalari -30
Tranzit yunalishli mototsikllar -15
Izox: Gumanitar yuklarni olib o`tishda avtotransport vositalarining olib kirilishi va tranzitda undiriladigan yig`imlar stavkalariga nisbatan 0,5 kamayuvchi koeffitsenti qo`llaniladi .
Davlat budjetining 2007 yilga muljallangan parametrlariga ko`ra Respublika yo`l jamg`armasining daromadlari va harajatlari qo`yidagi xajmda belgilangan, mln.so`m
A. Jami daromadlar , 292996,0
I. 2007 yilni boshiga kutilayetgan koldik 26,0
II. Daromadlar 292970,0
2.1 Majburiy ajratmalar 272700,0
2.2. Sotib olingan va vaqtincha kiritiladigan avtotransport vositalari uchun yig`imlar 9110.0
2.3. Chet el mamlakatlari avtomobil vositalarini O`zbekiston Respublikasi hududiga kirishi bo`yicha to`lov 980.0
2.4 Boshqa tushumlar 1300.0
B. Harajatlar jami 292996.0
1. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo`llarini loyixalash harajatlari 3400.0
2. Umumiy foydalanishdagi avtomabil yo`llarini qurish va qayta tiklash harajatlari 83097.0
3. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo`llarini ta`minlash va saqlash harajatlari 154644.8
4. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo`llaridan foydalanish uchun mashina va mexanizmlar sotib olish harajatlari 11500.0
5.Moliya vazirligi qoshidagi Respublika yo`l jamg`armasi boshqaruvi apparatini saqlash harajatlari 560.0
6. «O`zavtoyo`l» DAK markaziy boshqaruv apparatini saqlash harajati 260.0
7. «O`zavtoyo`l » DAK hududiy shu`ba yo`l - ekspluatatsiya tashkilotlari boshqaruvi apparatini saqlash harajatlari 1840.0
8. Tabiiy ofat natijalarini bartaraf etish bo`yicha zaxira 11100.0
9. Umumiy foydalanishdagi yo`llarni qurish, ta`minlash va saqlash bilan bog`liq bulmagan harajatlar 18832.0
10. Respublika yo`l jamg`armasi bilan GTK va xizmat kursatuvchi banklar urtasidagi yig`im va bojxona postlarida volyuta tushumlari bo`yicha shartnomalarni bajarilishi 390.0
11. Yo`l qurilishi ishlari bo`yicha zaxira 7372.2
Maqsadli jamg`armalarning yana biri bo`lib davlat mulk qumitasining maxsus jamg`armasi hisoblanadi .
Ushbu jamg`arma O`zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 1995 yil 11-iyuldagi 279-f-sonli farmoyishi asosidagi «Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, obyektlarni kim oshdi savdosida, tanlab va birja oldi-sottisida sotishdan mablag`lar tushumini taqsimlanishi, hisobga olinishi va ulardan foydalanishni nazorat qilishning yagona tartibi to`g`risida » gi qarori ga asosan tashkil etilgan .
Ushbu jamg`arma qo`yidagi mablag`lar evaziga shakllanadi :
-Xissadorlik jamiyatlariga aylantirilgan davlat korxonalari birlamchi emissiya aksiyalarini sotishdan olingan daromadlar :
-Davlat mulki obyektlarini kim ochdi savdolari, tanlovlar, birja savdolari , birjadan tashqari savdolarda sotilishidan tushumlar :
-Davlat mulkini ijaraga berilishi asosida ijara to`lovlaridan tushumlar :
-Yer uchastkalarini fukorolarga meros kilib koldiriladigan umrbod egalik qilish uchun kim oshdi savdolarida sotishdan va qonun xujjatlarida nazarda tutilgan xollarda yer uchastkalarini xususiylashtirishdan tushgan mablag`lar va ayrim boshqa manbalar.
Jamg`arma mablag`larini Respublika mulk qumitasi tomonidan qo`yidagi maqsadlarga foydalanish ko`zda tutilgan :
-Davlat budjeti va investitsiya loyixalarini mablag` bilan ta`minlashga
-Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni kullab-quvvatlashga
-Ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish loyixalarini mablag` bilan ta`minlashga
-Xususiylashtirish bo`yicha davlat dasto`rini amalga oshirish,in- vestitsiya va bozor infra to`zilmalarini tashkil etish va rivojlantirish yuzasidan O`zbekiston Respublikasi davlat mulk qumitasi harajatlariga va boshqa maqsadlarga
Boshqa budjetdan tashqari jamg`armalardan biri bo`lib O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2004 yilni 7 iyunidagi qarori bilan tashkil etilgan budjetdan tashqari maktab ta`limi jamg`armasi xisoblanadi.
Ushbu jamg`armaning mablag`lari asosan barcha korxonalar, tashkilotlar, muassasalar (savdo va umumiy ovkatlanish korxonalari, latoreyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa uyinlarni tashkil etish bo`yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar, tayyorlov, ta`minot-sotish, brokerlik faoliyati , shuningdek komission shartnomalar bo`yicha vositachilik xizmatlari kursatuvchi mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari ) xodimlariga hisoblangan ish haqiga nisbatan 1% miqdoridagi majburiy ajratmalar hisoblanadi.
Ushbu jamg`arma mablag`larini qaysi maqsadlarga sarflanishini qo`yidagi yo`nalishlardan ham bilish mumkin:


Budjetdan tashqari maktab ta`limi jamg`armasi parametrlari:

т/р

Ҳаражатлар



2006 й

2007 й

млн. сўм

Салмо-ғи, %

млн. сўм

Салмо-ғи, %

1

Курилиш, қайта тиклаш ишлари

207751

79,3

262490

72,1




Шундан: Янги курилишга

41793

20,2

45070,0

17,1




Капитал реконструкция

109747

52,8

142028

54,1




Капитал таъмирлаш

46625

22,4

68732,0

26,2




Жорий таъмирлаш

9586

4,1

6660,0

2,6

2

Мактабларни моддий – техника базасини мустахкамлаш

54104

20,7

101737

27,9




Шундан: мебеллар билан жихозлаш

23482

43,4

25005,0

24,6




Укув лаборатория ва
Махсус ускуналар сотиб олишга

24001


44,4


56786,0


55,8





Компьютер ускуналари сотиб олишга

2345


4,3


3929,0


3,7





Спорт инвентари ва ускуналар сотиб олишга

4276


7,9


16017,0


15,7





Жами ҳаражатлар

261855

100

364227

100



Moliya tizimining muhim bug`inlaridan biri sug`urtalashdir. Uning obyektlari bo`lib fuqarolar hayoti, mexnat qobiliyatini , jismoniy va yuridik shaxslarnng mol-mulki, moddiy boyliklari, javobgarligi, mulkiy hamda mulkka oid bulmagan huquqlari yoki manfaatlari hisoblanadi .
Sug`urtalash ijtimoiy ishlab chiqarishni samarali taraqqiy ettirish va aholini ijtimoiy ximoyalashga qaratilgan xo`jalik yurituvchi subyektlar iqtisodini mustaxkamlashga , shuningdek mavjud ijtimoiy ta`minotga qo`shimcha ravishda aholining moddiy ta`minotini yanada yuqoriroq ko`tarishni ta`minlaydi.
Sug`urtalash oddiy g`oyaga asoslangan : bir shaxs yoki subyekt kurgan zarar ko`pchilik shaxs yoki subyektlar o`rtasida taqsimlanadi va bunda tabiiy ofat, favqulodda xodisa hamda boshqa voqealar natijasida bitta shaxsga (subyektga) yetkazilgan zarar kupchilik uchun sezilarli bo`lmaydi. Ayni paytda zarar ko`rgan shaxs (subyekt) qisqa vaqt ichida o`zining iqtisodiy axvolini to`liq tiklab olish imkoniyatiga ega bo`ladi . Demak, sug`urtalashda «Bir kishi hamma uchun , hamma bir kishi uchun» degan qoida to`liq amal qiladi .
Sug`urtalash - bu sug`urta jamg`armasini yaratish va undan foydalanish usulidir. U moliyaviy munosabatlarning bir turi bo`lib, sug`urtalovchilarning sug`urta badallari evaziga sug`urta jamg`armasini tashkil etish va ularga sug`urta qoplamasini berish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib mamlakatimizda sug`urta munosabatlari:
1. Ijtimoiy sug`urta ;
2. Mol-mulk sug`urtasi;
3. Xayotni sug`urtalash va boshqalarga bo`linadi.
Ijtimoiy sug`urta mablag`lari:
Ijtimoiy sug`urta xodimlarga korxona , kasaba uyushma va ijtimoiy ximoya organlari tomonidan amalga oshirilib, uning mablag`lari xodimlarning kasaba uyushmalariga a`zolik badallaridan ,mulkchilik shaklidan qat`iy nazar barcha korxonalar, tashkilotlar , muassasalar xodimlariga hisoblangan ish xaqiga nisbatan majburiy ajratmalar (2007 yilda 0.2%), xayriya badallari va boshqalardan tashkil topadi .
Ushbu mablag`lar Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi tomonidan dam olish maskanlarini qurish , saqlash harajatlariga , xodimlarga dam olish maskanlariga yo`llanmalar berishga , moddiy yerdam kursatish va boshka maqsadlarga foydalaniladi.
Mol-mulk sug`urtasi va sug`urtalash xodimlar va xo`jalik subyektlarini tegishli sug`urta tashkilotlari bilan to`zilgan shartnomalariga asosan tulanadigan sug`urta badallari va tegishli xollarda ulardan olinadigan sug`urta koplamasi shaklida amalga oshiriladi.
Respublikamizda sug`urta ishini shakllantirish 2 yunalishda ,ya`ni Gosstrax tizimini takomillashuvi va bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib yangi sug`urta kompaniyalarini tashkil etish yo`lidan bordi. Mamlakatimizda 1993 yilda «Sug`urta to`g`risida»gi qonun kabul kilindi. 1994 yilda «O`zbekinvest» milliy sug`urta kompaniyasi, keyinrok xususiylashtirish va xususiy tadbirkorlikni kullab – kuvvatlash bo`yicha «Madad» sug`urta agentligi, chet el investitsiyalarini siyosiy va tijorat xatarlaridan ximoyalash bo`yicha o`zbek – amerika «UZ-AIG» kompaniyasi to`zildi. 1997 yilni fevralidan «O`zbekinvest» eksport – import milliy kompaniyasiga aylantirildi.
Hozir mamlakatimizda 21 sug`urta tashkiloti mavjud bo`lib ularning 9 tasi aksioner jamiyatlari hisoblanadi, 4 tasida davlat mulki mavjud.
Xozirgi vaqtda respublikamizda sug`urta faoliyati davlat nazoratini O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qoshida 1999 yil fevralidan tashkil etilgan sug`urta nazorati davlat inspeksiyasi olib boradi.
Fond bozori moliya bozorining muxim elementi bo`lib moliya tizimida muhim o`rinni egallaydi. Qimmatli qog`ozlarni (aksiya, obligatsiya, sertifikat va boshqalar) dastlabki sotilishi birlamchi fond bozorida yuz beradi. Ularni o`z egalari tomonidan qaytadan sotilishi ikkilamchi fond bozorida sodir bo`ladi.
Fond bozori – bu jismoniy va yuridik shaxslarning qimmatli qog`ozlarni chiqarish, ularni muomalada bulishi va sundirilishi bilan bog`liq munosabatlar tizimidir. Qimmatli qog`ozlar bozorining ishtirokchilari bo`lib, ularni sotish va sotib olishda moliyaviy vositachi vazifasini bajaruvchi emitentlar, investorlar, investitsiya institutlari, banklari va boshqalar hisoblanadi.
Moliya tizimida davlat kreditining ham munosib o`rni bor. Davlat kreditining asosiy xususiyati kredit munosabatlarida davlatning qatnashivudir. Davlat kreditida davlatning bir tomondan qarz beruvchi va ikkinchi tomondan qarz oluvchi sifatida ishtirok etishi, qarz beruvchi vazifasini bajara turib davlat kredit institutlari, jumladan Markaziy bank orqali iqtisodiyotning turli soxalarini kreditlashni o`z zimmasiga oladi.
Davlat krediti birinchi marta kapitalning dastlabki jamg`arilishi davrida, ya`ni XVI – XVIII asrlarda paydo bo`lgan. Bunda Yevropada yirik mamlakatlarning harbiy yurishlari orqali davlat harajatlari, xazinaga tushadigan soliqlardan anchagina oshib ketganligi tufayli harajatlarni daromadlar bilan tenglashtirishda davlat kreditidan foydalanilgan.
Hozirgi vaqtda rivojlangan davlatlarda davlat krediti o`zining eng yuqori darajasiga ko`tarilgan, chunki davlatlarning harajatlari o`sib bormoqda, uni qoplash uchun esa davlat soliq bilan birgalikda davlat kreditiga murojaat qilishga majbur.
Davlatning qarzdorligi u tomondan chiqariladigan zayomlar va davlat xazina majburiyatlarida ifodalanadi.
Davlat zayomlari qancha kup chiqarilsa, davlatning qarzdorligi shuncha o`sib boradi. Rivojlangan mamlakatlarda maxalliy hukumat organlari ham o`z zayomlarini chiqaradi va bu o`z navbatida davlat qarzlarini yanada oshirib yuboradi.
Davlat qarzlarini bu holdagi doimiy o`sib borishi muomaladagi pul va qimmatli qog`ozlarning ko`payishiga olib keldi, bu mamlakat moliyasiga bevosita ta`sir ko`rsatadi. Davlat qarzlarining, soliqlarni, pul emissiyasini o`sib borishi birinchi navbatda ijtimoiy soxaga ta`sir etadi.
Shunga qaramasdan davlat krediti budjet takchilligini koplashda, ssuda kapitali bozorini rivojlantirishda, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta`minlashda ma`lum ahamiyatga ega.



Yüklə 184 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin