Moliyaviy globallashuv sharoitida moliya bozorining rivojlanish tendensiyalari


Moliyaviy globallashuv sharoitida xalqaro moliya bozori globallashuvning zamonaviy tendensiyalari



Yüklə 64,76 Kb.
səhifə3/4
tarix18.05.2023
ölçüsü64,76 Kb.
#115854
1   2   3   4
Bozor munosabatlari shakllanayotgan mamlakatlar bank tizimining rivojlanish tendensiyalari

3. Moliyaviy globallashuv sharoitida xalqaro moliya bozori globallashuvning zamonaviy tendensiyalari.
Moliya bozorining globallashuvi jahon bozor iqtisodiyoti rivojlanishining obyektiv va tabiiy jarayoni hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotining moliyaviy globallashuvi jarayonlari to’g’risida so’z yuritilar ekan, birinchi navbatda asosiy e‘tiborni soni o’sib borayotgan jahon va mintaqaviy moliya markazlariga qaratish lozim. Bularga quyidagilar kiradi:(xalqaro biznes markazi sifatida muhimligi bo’yicha pastga qarab) London, Nyu–York, Tokio, Singapur, Gonkong, Parij, Frankfurt, Seul, Toronto, Taybey, Shanxay, Dubay,Tel–Aviv, Moskva, Mexiko, San–Paulu,Stambul, Sankt–Peterburg55 . Xalqaro moliya bozorining globallashuvi xalqaro moliya bozori ishtirokchilarining operatsiyalari mamlakat va mintaqalar bo’yicha (filiallar tarmog’i, vakolatxona va sho’‘ba korxonalari tashkil etilishi orqali) xalqaro keng diversifikatsiyalashuvida kuzatilmoqda. Bu o’z navbatida, birja operatsiyalarida yagona qoida va standartlardan foydalanuvchi, global moliya markazlari, transmilliy korporatsiyalar va transmilliy banklar, elektron birjalar va xalqaro moliya tashkilotlari tarmog’ini kengayishiga olib keladi56 . Bugungi kunda globallashuv natijasida ishlab chiqarish omillari va jahon bozori shaklanishida yyetakchi rolni transmilliy korporatsiyalar (TMK) va transmilliy banklar (TMB) o’ynamoqda. Globallashuvning asosiy belgilari quyidagilar hisoblanadi57 :  TNK va TNB larning jahon xo’jaligidagi hal qiluvi va yyetakchi roli;  ichki iqtisodiy munosabatlarga nisbatan tashqi iqtisodiy munosabatlarning ustuvorligi;  global informatsion–texnologik va informatsion–telekommunikatsion tarmoqlarning rivojlanishi;  zamonaviy sharoitda ilmiy–texnik taraqqiyotining kapital va ishlab chiqarishni baynalminallashuviga sezilari ta‘siri, ularning rivojlanayotgan mamlakatlarga ko’chishiga olib kelishi;  davlat standartlarining yaqinlashishi (texnologik, ekologik, statistik, buxgalteriya, moliyaviy va boshqalar);  turli shakllardagi firmalararo xalqaro hamkorlik intensifikatsiyasi va ko’lamini kengayishi;  kapitalning baynalminallashuv mexanizmlari, shakllari va tarmoqlari ko’lamini global kengayishi, uning davlatlar o’rtasidagi migratsiyasi ko’lami va intensivligining oshishi, ayniqsa sanoati rivojlangan mamlakatlarda kompaniya va banklar qo’shilishi va yutilishi asosida kapital kontsentratsiyasi va markazlashuvi;ishlab chiqarishdagi globallashuv darajasiga moliya–bank sohasining ta‘sirini keskin kuchayishi;  xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlarning global miqyosdagi tartibga soluvchi roli;  dunyoning barcha eng muhim iqtisodiy mintaqalarning mintaqaviy integratsiya qamrab olishi. Moliya bozorlarini globallashuvi va yangi moliyaviy oqimlarni paydo bo’lishi dunyodagi TMK, TMB manfaatlari ortishiga olib keldi. Bu milliy moliya bozorlarining liberalizatsiyalashtirish (milliy bozorlar faoliyatining huquqiy normalaridagi o’zgarishlar, milliy huquqiy–normativ aktlarning yaqinlashishi) siyosatini olib borilishi natijasi hisoblanadi.
UNCTAD ma‘lumotlariga asosan yuqori daromad olish imkoniyati mavjudligi sababli, oxirgi yillarda rivojlanayotgan mamlakatlarda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hajmi ortishining (55 foiz) (iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda hajmi qisqarib borishi) ijobiy dinamikasi kuzatilmoqda59 . Moliyaviy globallashuvning zamonaviy jarayonlari milliy hukumatlar tomonidan uning ko’lamini kengaytirishga intilishlariga asoslangan. Mazkur jarayon xorijiy investitsiyalarga cheklovlar qo’llanish darajasining pasaytirish usullari orqali bozorni rag’batlantirish hisobiga yuz bermoqda. Informatsion va telekommunikatsiya texnologiyalari, kapital bozorining liberalizatsiyalashuvi va yangi moliyaviy insturmentlarning ishlab chiqilishi, shubhasiz kelajakda xalqaro kapital oqimi o’sishini rag’batlantirib boradi va bu o’z navbatida, xalqaro moliya bozorlarini kengayishi va samaradorligini oshishiga olib keladi. Zamonaviy global moliya bozori quyidagilar bilan xarakterlanadi60 : moliya bozori pul oqimlari summasida uzoq muddatli davrda o’sish tendensiyasi saqlanib qolinishi, ularning jahon iqtisodiyotiga ta‘sirini oshib borishi, shu bilan birga bir vaqtni o’zida qisqa muddatli davrdagi kapital oqimi dinamikasi bozorlarni nolikvidlik riskini ortishiga olib kelishi; moliyaviy resurslar mobilizatsiyasining tezlashuvi arbitraj operatsiyalar imkoniyatlari pasaytirib, hududiy bozorlarda turli foiz stavkalari o’rtasidagi farqlarning kamayishiga olib kelishi; yuqorida ko’rsatilgan omillarning bir vaqtda ta‘siri xalqaro moliya bozoridagi aktivlar harakatini sinxronizatsiyaga olib kelishi va buning natijasida milliy moliya bozorlari o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarning xalqaro diversifikatsiyasini zaiflashtiradi. Moliya bozorlarining globallashuv darajasini ko’tarish uchun milliy hukumatlar tomonidan qulay investitsion iqlim yaratish bo’yicha samarali infratuzilma va qonun bilan ta‘minlangan investitsiya mexanizmiga asoslangan chora-tadbirlarni amalga oshirilishi zarur. Bu milliy iqtisodiyotda xorijiy investitsiyalar hajmining o’sishi, iqtisodiyot raqobatbardoshligi va iqtisodiy o’sishining asosiy manba bo’lib hisoblanishi bilan bog’liq. Zamonaviy xalqaro moliya bozorida turli-tuman moliyaviy insturmentlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning paydo bo’lishi va keng masshtabda rivojlanishi, xalqaro moliya bozori evolyutsiyasining tezlashuviga, shu bilan birga bir qator tendensiyalarning shakllanishiga olib keldi. Xalqaro moliya bozorining zamonaviy faoliyatida quyidagi tendensiyalar kuzatilmoqda61 :  xalqaro moliya bozorining globallashuvi;  xalqaro moliya bozorining integratsiyasi va konvergentsiyasi;  xalqaro moliya bozori ishtirokchilari o’rtasida xalqaro raqobatning ortishi;  xalqaro moliya bozorida yutilish va qo’shilishni o’sishi;  xalqaro moliya bozori ishtirokchilarining keng ixtisoslashuvi va vositachilikni yo’qolishi;  xalqaro moliyaviy hududiylashuv (regionalizatsiya);  xalqaro moliya bozorini tartibga solishning amaldagi samarali tizimini mavjud emasligi. Shunday qilib, globallashuv jarayonlari xalqaro moliya bozorining shakllanishidagi asosiy bosh omillardan biriga aylandi. Shu bilan bir qatorda, ushbu jarayonga ta‘sir etuvchi quyidagi: xalqaro moliya operatsiyalari amalga oshirish vaqti va operatsion xarajatlarini keskin qisqarishiga hamda asosiy moliya markazlarini bog’lovchi yangi informatsion–texnologiyalarni rivojlanishi, xalqaro moliyaviy insturmentlar bilan operatsiyalar va banklar faoliyatini liberalizatsiyalashuviga bog’liq xolda xalqaro moliya bozori ishtirokchilari faoliyati shartlarini o’zgarishi, risklarni boshqarish va xejirlash mexanizmlari asosida yangi xorijiy valyuta insturtmentlarini paydo bo’lishi va rivojlanishi kabi boshqa omillarni keltirish mumkin. Xalqaro moliya operatsiyalarining liberalizatsiyalashuvi moliyaviy transaktsiyalardan olinadigan soliqlar va komission to’lovlarning pasayishiga, imtiyozli soliq rejimida faoliyat ko’rsatuvchi offshor moliya institutlari tarmog’ining shakllanishiga olib keladi. Liberalizatsiya davomida moliya institutlari tomonidan amalga oshiriladigan ko’pgina operatsiyalar bo’yicha cheklovlarning olib tashlanishi, jumladan, investitsion banklar, sug’urta va pensiya fondlari tijorat kreditlash, tijorat banklari–fond operatsiyalari, sug’urta, xorijiy valyuta derivativlari savdosi bilan shug’ullanishi. Natijada, mijozlarga xalqaro moliyaviy insturmentlar to’liq to’plamini taklif qiluvchi global moliya tarmoqlarini shakllantiruvchi moliya xoldinglari vujudga keldi. Oxirgi yigirma yillikda xalqaro moliya bozorining integratsiya va konvergentsiya tendensiyasi rivojlanmoqda. Xalqaro moliya bozorining integratsiyasi xalqaro savdoni liberlizatsiyalashuvi va sanoati rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda investitsion muhitni yaxshilanshiga olib keladi. Xalqaro moliya bozorining konvergentsiyasi asta-sekinlik bilan uni segmentlari o’rtasidagi chegarani yo’q bo’lib ketishidan iborat bo’lib, bu xorijiy valyuta oqimlariga qonunda o’rnatilgan cheklovlarning olib tashlanishi va yangi xorijiy valyuta hisobiga yuz beradi. Oxirgi yuz bergan global moliyaviy inqiroz xalqaro moliya bozorini tartibga solishning amalda samarali mexanizmi mavjud emasligini ko’rsatib berdi. Xalqaro moliya bozorining globallashuvi jarayoni uning beqarorligini kuchayishiga va tartibga solishda qiyinchiliklarga olib keldi
XULOSA
Moliyaviy globallashuv sharoitida moliya bozorining rivojlantishning asosiy maqsadi ishlab chiqarilgan tovarlarning eksport salohiyatini oshirish, iste’molchilarni jahon talablariga mos keladigan tovarlar bilan ta’minlash va mamlakatning monetar siyosati barqarorligii ta’minlashdir.
Mamlakatimizda kapital bozorini rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarda ushbu bozorni rivojlantirishning yaxlit strategiyasini shakllantirish, uning samarali infratuzilmasi shakllanishida ko‘maklashish hamda ikkilamchi qimmatli qog‘ozlar bozorini jadal rivojlantirish va kengaytirishga qaratilgan amaliy harakatlarni faollashtirish, korporativ boshqaruv tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, kapital bozorini tartibga solish sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish kabi masalalar alohida ustuvorlik kasb etishi lozim.
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish uchun katta hajmdagi investitsiyalar zarur bo‘ladi. Investitsiyalarni esa moliya bozori va qimmatli qog‘ozlar bozori orqali olib kelish mumkin. Shuning uchun ham mamlakatning iqtisodiy o‘sishida moliya bozori va qimmatli qog‘ozlarning roli nihoyatda kattadir.

Yüklə 64,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin