Moliyaviy globallashuv sharoitida moliya bozorining rivojlanish tendensiyalari
Xalqaro moliya bozorining shakllanish va rivojlanish bosqichlari. O„zbekistonning xalqaro moliya bozoriga integratsiyasi
Moliyaviy globallashuv sharoitida xalqaro moliya bozori globallashuvning zamonaviy tendensiyalari.
1. Moliyaviy globallashuv sharoitida moliya bozorining rivojlanish tendensiyalari
Korporativ boshqaruvning moliyaviy bozorlar faoliyatini tashkil qilish bilan bog‘liq xalqaro modellari keng tadqiq etilganligiga qaramasdan, mazkur ilmiy va amaliy tajriba mamlakatimiz iqtisodiyoti real sektorida amalda sust qo‘llanilmoqda. Oqibatda aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida korporativ boshqaruv shartlari yetarlicha bajarilmayapti. Moliya bozori likvidliligi talabdagidek emasligi ikkilamchi bozor samaradorligining mavjud holati aholi va qimmatli qog‘ozlar bozori boshqa ishtirokchilarining moliya bozoridagi faoliyatini susaytirmoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy tushunchalarni mohiyatini olimlar, ekspertlar tomonidan tortishuvlar, ilmiy-nazariy jihatdan qarashlar, o‘sha davr g‘oyalari bilan uyg‘unlashgan, uni bajaradigan funksiyalari, tamoyillari, o‘ziga xos xususiyatlari, xarakterli tomonlari, bozor segmentlari orqali hamda ularning ishtirokchilari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar nuqtai nazaridan yanada chuqurroq ilmiy asoslab berish takomillashib bir tizimga keltirilmoqda, zamon talablari va fundamental omillarga mos holda u ilmiy jihatdan asoslangan holda rivojlantirib borilmoqda.
Xususan, xalqaro moliya bozorining iqtisodiy mohiyatini turli davrlarda yashab o‘tgan iqtisodchi olimlar tomonidan turli xil g‘oyalari orqali nazariyalar yaratilgan. Lekin, har bir iqtisodiy kategoriyalar doimiy ravishda zamonaviy omillar asosida takomillashib boradi. Xalqaro moliya bozori ham hozirgi kunda qo‘shimcha tarzda noan’anaviy zamonaviy yangi va xilma-xil funksiyalarni bajarmoqda. Shu nuqtai nazardan uning iqtisodiy mohiyatini bir nechta iqtisodchi olimlarning nazariy ilmiy qarashlarini, hozirgi zamonaviy omillarni va boshqa o‘ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda chuqurroq o‘rganib chiqish mavzuning dolzarbligini bildiradi.
Turli mualliflar xalqaro moliya bozori atamasini bir xilda izohlamaydilar. Ko‘pincha ushbu tushunchadan ko‘plikda: xalqaro moliya bozorlari ko‘rinishida foydalaniladi. Bundan tashqari, xalqaro moliya bozorini jahon ssuda kapitali bozori tushunchasiga o‘xshatish uchrab turadi. Xalqaro moliya bozori atamasining turli izohlardagi qat’iy farqi uning keng yoki tor ma’nodagi izohi hisoblanadi. Bunda keng yoki tor ma’nodagi izohi ham turlicha tushuniladi. Masalan, taniqli olim L.N.Krasavinaning qayd etishicha, “Xalqaro moliya bozorlari keng ma’noda – mamlakatlar orasida pulli kapitallarning akkumulyatsiyasi va qayta taqsimotini ta’minlovchi bozor munosabatlari sohasidir. Mohiyatan, bu tushuncha xalqaro moliya bitimlari shartlarini belgilovchi uning ishtirokchilari manfaatlarining o‘zaro ta’sirini anglatadi. Xalqaro moliya bozori tor ma’noda fond bozori, ya’ni qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar bozoridir” [1]. Shuningdek, Krasavina xalqaro moliya bozorlari tuzilmasini milliy hamda xalqaro darajadagi ishtirokchilar bilan o‘zaro bog‘liqlikda taqdim egan (1-jadval).
1-jadval
Xalqaro moliya bozorlari tuzilmasi va ishtirokchilari [1]
Milliy ishtirokchilar
Bozor tuzilmasi
Xalqaro ishtirokchilar
1
2
3
Korporatsiyalar
Valyuta bozorlari, shu jumladan
yevrovalyuta bozori
Xalqaro korporatsiyalar, TMK
Banklar va ixtisoslashtirilgan kredit-
moliya institutlari, shu jumladan sug‘urta
kompaniyalari
Ssuda kapitallari bozorlari:
pul bozori;
kapitallar bozori;
yevrobozor
Xalqaro banklar, TMK, ixtisoslashtirilgan kredit- moliya institutlari, shu jumladan sug‘urta kompaniyalari
Xalqaro moliyaviy munosabatlar sohasida taniqli olim D.M.Mixaylov xalqaro moliya bozorini unda muomalada bo‘lgan vositalar nuqtai nazaridan ko‘rsatib o‘tadi. Bunda uning fikricha, jahon ssuda kapitali bozori va xalqaro moliya bozori “tushuncha nuqtai nazaridan bu tushunchadan ko‘proq amaliy foydalanishda o‘xshash kategoriyalar hisoblanadi”, xalqaro moliya bozorida esa qarz kapitali, qarz vositalari va hosilaviy shartnomalar savdo obyektlari sifatida namoyon bo‘ladi [2].
Moliya bozori va ssuda bozori tushunchalarining o‘xshashligini boshqa manbalarda ham uchratish mumkin. Masalan, “Moliya bozori (ssuda kapitallari bozori)
- kapitalga talab va taklif asosida kapitalni vositachilar yordamida kreditor va qarzdorlar o‘rtasida qayta taqsimlash mexanizmi. U amaliyotda pul mablag‘lari oqimini mulkdorlardan qarzdorlarga va aksincha yo‘naltiruvchi kredit-moliya institutlari yig‘indisini namoyon etadi. Moliya bozorining asosiy vazifasi harakatsiz pul mablag‘larini ssuda kapitaliga transformatsiyasidan tarkib topgan” degan tushunchalarni uchratish mumkin [3].
Shuningdek, ta’kidlash joizki, V.A.Slepov va E.A.Zvonovalar xalqaro moliya bozori ta’rifida bozorning mohiyatini emas, balki moliyaviy tizim tushunchasini asos qilib oladilar: “Xalqaro moliya bozori – xalqaro moliyaning xalqaro moliya tizimidagi ma’lum doiralardagi harakati shakli” [4]. Mazkur mualliflarning fikricha, xalqaro moliya bozori tushunchasi xalqaro moliya bozoriga nisbatan kengroq tushuncha hisoblanadi, bunda xalqaro va milliy moliya bozorlari yig‘indisini tushunish lozim, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlar, alohidalik va mustaqillikka ega.
Shunday qilib, fikrimizcha, jahon kapital bozorlari atamasidan foydalanish cheklangan ko‘rinishga ega. Bundan tashqari, kredit bozori nima uchun qarzga oid qimmatli qog‘ozlar va bank kreditlari bozoridan iborat bo‘lishi noaniq bo‘lib qolmoqda, bunda davlat va xalqaro tashkilotlar tomonidan berilgan kreditlar alohida ajratilgan. Bir tomondan, ularning o‘ziga xosligini farqlash uchun alohida ko‘rsatish maqsadga muvofiq, lekin boshqa tomondan, ular ham kredit bozori kategoriyasiga, faqat ushbu muallif izohi holatida boshqa darajada kiradi.
Xorijiy iqtisodiy adabiyotlarda xalqaro moliya bozorini turli-tuman moliyaviy vositalar, shu jumladan aktsiya, obligatsiya, valyuta, muddatli shartnomalarni hosil qiluvchi hamda o‘zaro qayta sotuvchi xaridor va sotuvchilarning shartli (yoki real) uchrashuv joyi sifatida keng (hatto keng pragmatik) ma’noda tushunish ustunlik qiladi [5].
O‘zbekistonlik iqtisodchi olimlardan A.Vahobov, N.Jumayev, U.Burxonovlarning “Xalqaro moliya munosabatlar” o‘quv qo‘llanmasida “Xalqaro moliya bozorlari - mamlakatlar milliy manfaatlarini himoya qiluvchi tamoyillariga asoslangan bo‘lib, bu davlatlararo har tomonlama hamkorlikni bir ko‘rinishdagi xalqaro moliya bozorlari va ularning fondli ko‘rinishdagi umumjahon bozorlar yig‘indisidir yoki davlatlarni yagona moliya va kredit siyosatini amalga oshiruvchi bozorlar majmuasidir deb e’tirof etishgan [6].
Shuningdek, J.X.Ataniyazov, E.D.Alimardonovlarning “Xalqaro moliya munosabatlari” nomli darsligida xalqaro moliya bozorini tarkibi va mazkur bozorga chiqish mexanizmi to‘g‘risida fikr bildiradi. Xususan, xalqaro moliya bozori milliy moliya bozori va xalqaro moliya bozoridan tarkib topganligini e’tirof etadi. Mualliflar, chet el qimmatli qog‘ozlar ya’ni mamlakatlarda yevroobligatsiyalarni xalqaro muomalaga chiqarish orqali yuzaga kelayotgan bozorlar yig‘indisiga asosiy e’tiborni qaratadi [7].
Mоliya bоzоrining yuqоri dаrаjаdа tаshkillаshgаnligi uning аlоhidа fаоliyat mехаnizmi bilаn bеlgilаnаdi. Bu mехаnizm iqtisоdiyotning qоnun vа kаtеgоriyalаrining to‘liq аmаl qilishi nеgizidа vа dаvlаtning rеgulativ siyosаti аsоsidа mоliya bоzоrining bаrchа qatnashchilarining bеvоsitа ishtirоki nаtijаlаri bilаn bеlgilаnаdi, dаvlаt vа iqtisоdiyot sub’еktlаri tоmоnidаn birgаlikdа hаrаkаtgа kеltirilаdi.
3-rasm. Dunyo mamlakatlarining jahon moliya bozoridagi ulushi (2020-yil holatiga) [8]
2020-yil holatiga nisbatan kam sonli mamlakatlar o‘rtasida moliya bozorining salmoqli ulushi taqsimlangan. Bular ichida eng kattalari AQSh (40%), Yaponiya (8%),
Xitoy (7%), Gongkong (7%), Buyuk Britaniya (4%), Fransiya (3%), Germaniya (3%) kabi dunyoning eng qudratli mamlakatlari o‘rin olgan.
Ko‘rinib turibdiki dunyo moliya bozorining uchdan ikki qismi aksariyat rivojlangan mamlakatlarga tegishli.
Jahon moliya bozorining asosiy segmentlaridan biri fond birjasi yoki qimmatli qog‘ozlar(kapital) bozori hisoblanadi.
Moliya bozori hamda zamonaviy moliyaviy infratuzilmaning rivojlanishi innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Faqat shunday sharoitdagina investitsiya faoliyatini faollashtirish va investitsiya oqimlarini ishlab chiqarish, so‘ngra esa yuqori texnologiyalar sohasiga qayta yo‘naltirish mumkin bo‘ladi. Zamonaviy moliya bozorlarining asosiy unsurlarini yaratmasdan turib, iqtisodiy o‘sish asosiy omillaridan biri hisoblangan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning kirishiga erishib bo‘lmaydi.
Mоliya bоzоri fаоliyat ko‘rsаtishining аsоsiy tаmоyillаrigа riоya etilishi dаvlаtning tаrtibgа sоlishgа оid chоrа-tаdbirlаri bilаn birgа fоnd birjаlаri vа bоzоr qatnashchilarining birlаshmаlаri ishlаb chiqqаn qоidаlаrini uyg‘unlаshtirish аsоsidа tа’minlаnаdi.
O‘z navbatida, pulning kapital sifatida ishlab chiqarishga safarbar etilishi iqtisodiy salohiyatni kuchaytiradi, innovatsiyalar, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtiradi va shu asosda xalq farovonligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Moliya bozori iqtisodiy tizimning hal qiluvchi qismidir. Bu iqtisodni qo‘zg‘atuvchi vosita bo‘lib, ortiqcha birliklar tanqislik birliklarini qondiradigan va har xil moliyaviy kelishuvlar bo‘yicha muzokaralar olib boradigan maydonchadir. Shu sababli moliya bozorini rivojlantirishning maqsadi moliya bozorining vositachi sifatida samarali ishlash qobiliyatini oshirishdir. Samarali moliyaviy bozor - bu chuqurlik va kenglikdir, ya’ni ta’minot tomonida, aktivlarga talabning barcha sinflarini qondirish uchun emitentlar, kredit tavakkalchiliklari va boshqalarni taklif etuvchi ko‘plab moliyaviy vositalar mavjud. Talab tomonida, har xil turdagi investorlarning katta miqdordagi investitsiya talabi bo‘lishi kerak, ular turli hil xavfxatarlarni qaytaradigan ishtahalari bor. Bundan tashqari, emitentlar va investorlar o‘rtasidagi yaxshi xilma- xillik odatda bozor nuqtai nazarini uyg‘unlashtiradi, moliyaviy aktivlarni faol almashinuviga olib keladi. Yuqori likvidli moliya bozori, eng kam narx ta'siriga ega bo‘lgan yirik va xilma-hil moliyaviy vositalarni chiqarishni ta’minlay oladi. Bu erda moliyaviy vositalarni maqbul narxda tezda almashtirish mumkin. Samarali kliring va hisob-kitoblar tizimi operatsiyalar narxini pasaytirishga yordam beradigan asosiy omil hisoblanadi.
Mamlakatdan chetga chiqarilgan kapitallar xalqaro moliya bozori orqali dunyoning qolgan mamlakatlariga qayta taqsimlandi. Xalqaro moliya bozori xalqaro kapitallarga bo‘lgan talab va taklif shakllanadigan, baho beriladigan, jahon iqtisodiyotning moliya sektorida xalqaro moliyaviy aktivlar oldi-sotdi qilinadigan sohadir.
Bir mamlakat moliya bozoridagi salbiy va ijobiy o‘zgarishlarni boshqa bir mamlakat moliya bozoriga ta’siri moliya bozorining globallashuv darajasiga bog‘liq bo‘lib, bu jarayon milliy fond bozorini xalqaro fond bozoriga integratsiyasini ta’minlovchi vositalar orqali amalga oshiriladi va ularning nechog‘lik rivojlanganligini o‘zida namoyon etadi.
Jahon iqtisodiyotida xalqaro moliya bozorining segmentlari tadrijiy ravishda muayyan bosqichlarda shakllangan (2-jadval). Mazkur bozor taraqqiyotining oxirgi bosqichida fond segmenti va xalqaro derivativlar bozorlari jadal rivojlangan.
Xalqaro kapitalning asosiy shakllari sifatida rasmiy kapital – davlatlararo tashkilotlar va hukumat qarorlari asosida davlat byudjeti mablag‘larini chet eldan qabul qilish yoki chet elda joylashtirishdir. Xususiy kapital - xususiy yuridik shaxslar (firma, korxona, tashkilot, banklar va boshqalar)ning mablag‘larini ularning boshqaruv organlarining qarorlari asosida chet ellarda joylashtirishdir [9].
Xalqaro kapital harakatida ssuda kapitali ikki xil ko‘rinishda: o‘rta, uzoq muddatli hamda qisqa muddatli xalqaro kapital qo‘yilmalar shaklida namoyon bo‘ladi. Xalqaro kapital harakatida ssuda kapitalining qisqa muddatlisi afzal hisoblanadi. Ssuda kapitalining shartlari o‘zgaruvchanlikka moyilligi kamligi uchun mamlakatda iqtisodiy muhit o‘zgara boshlasa, ushbu kapitalning iqtisodiy risk darajasining oshishi, uni qisqa muddatli bo‘lishini ma’qul qilib qo‘rsatadi.
2-jadval Xalqaro moliya bozorining tarkibiy tuzilishi va uning shakllanish bosqichlari [7]
Bosqichlar
Yillar
Xalqaro moliya bozorining tarkibiy o‘zgarishlari
Birinchi bosqich
1860-yillar
Tashqi savdoning rivojlanishi. Xalqaro oltin-valyuta bozorining paydo bo‘lishi
Uzoq muddatli kapitallar xalqaro bozorining shakllanishi. Milliy fond bozorlarining erkinlashtirilishi. Xalqaro fond bozorining shakllanishi
1980-yillar
Transmilliy banklar va kompaniyalarning jadal sur’atlarda rivojlanishi.
Xalqaro fond bozorlarining yanada
kengayishi. Xalqaro sug‘urta bozoridagi dastlabki tizimli operatsiyalarning amalga oshirilishi. Xalqaro kredit bozoridagi operatsiyalarning rivojlanishi
To‘rtinchi bosqich
1990-yillar
Xalqaro moliya bozori fond segmentining jadal rivojlanishi. Xalqaro derivativlar bozorining shakllanishi
2000-yillar
Xalqaro derivativlar bozorining jadal rivojlanishi.
Shunday qilib, jahon iqtisodiyotidagi o‘zgarishlarning noaniqligi ortganligi hisobiga xalqaro kapital harakati sekinlashgan. Xalqaro kapital tarkibida qarz kapitali harakatining ustunligi saqlanib qolmoqda. Mamlakatning moliya bozorini uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb etishga asosiy e’tibor qaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi.