Moliyaviy hisob va hisobat


-rasm. Tovarlarining tasnifi



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə111/174
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#164705
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

8.3-rasm. Tovarlarining tasnifi
Turgan joyiga qarab korxonada tovarlar ombordagi tovarlar, jo‘natilagan tovarlar, ko‘rgazmadagi tovarlar va yo‘ldagi tovarlarga bo‘linadi.
Egalik qilish huquqiga ko‘ra, korxonaga tegishli tovarlar, komission tovarlar va konsignatsion tovarlariga bo‘linadi.
21-son BHMS “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma”ga muvofiq tovarlarning sintetik hisobini barcha savdo korxonalarida quyidagi schyotlarda olib borish nazarda tutilgan.
2910 “Ombordagi tovarlar”. Ombordagi tovarlarning qoldig‘i va ko‘payishi debetida, kamayishi esa kreditida hisob bahosida aks ettiriladi. Ulgurji savdo korxonalarida hisob bahosi bo‘lib tannarx, ya’ni sotib olish bahosi (tayyorlov-transport va boshqa sotib olishga doir xarajatlar bilan birgalikda) hisoblanadi.
2920 “Chakana savdodagi tovarlar”. Chakana savdo shohobchalari (savdo do‘kon, palatka, laryok, kioska va boshqalar)dagi tovarlarning qoldig‘i va ko‘payishi debetida, kamayishi esa kreditida hisob bahosida aks ettiriladi. Ulgurji savdo korxonalarining chakana savdo shohobchalarida hisob bahosi bo‘lib sotish bahosi, ya’ni savdo ustamalari bilan birgalikdagi hisoblangan chakana baho hisoblanadi.
2920 “Ko‘rgazmadagi tovarlar”. Ko‘rgazma zallariga qo‘yilgan tovarlarning qoldig‘i va ko‘payishi debetida, kamayishi esa kreditida hisob bahosida aks ettiriladi.
2940 “Vaqtincha foydalanishga (prokatga)berilgan tovarlar”. Vaqtincha foydalanishga (prokatga) berilgan tovarlarning qoldig‘ i va ko‘payishi debetida, kamayishi esa kreditida hisob bahosida aks ettiriladi.
2950 “Tovar ostidagi va qaytariladigan idishlar”. Tovar ostidagi va qaytariladigan taralarning qoldig‘i va ko‘payishi debetida, kamayishi esa kreditida hisob bahosida aks ettiriladi. Ulgurji savdo korxonalarida hisob bahosi bo‘lib tannarx, ya’ni sotib olish bahosi yoki o‘rtacha hisob bahosi hisoblanadi.
2960 “Komissiya (vositachilik) orqali sotishga berilgan tovarlar”. Shartnomalar asosida boshqa korxonalarga komissiya va konsignatsiya shartnomalari asosida berilgan tovarlarning qoldig‘i va ko‘payishi debetida, kamayishi esa kreditida hisob bahosida aks ettiriladi.
2970 “Yo‘ldagi tovarlar”. Guvohlik beruvchi boshlang‘ich hujjatlari asosida hisobga kiritilgan lekinda oy oxirida yo‘lda bo‘lganligi uchun omborlarga kirim qilinmagan tovarlarning qoldig‘i va ko‘payishi debetida, kamayishi esa kreditida hisob bahosida aks ettiriladi
2980 “Savdo ustamasi”. Hisob bahosining tarkibiy elementi bo‘lib, chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridagi tovarlarning sotib olish baholari ustiga qo‘yilgan savdo ustamalarini qoldig‘i va ko‘payishi kreditida, kamayishi esa debetida aks ettiriladi. Ulgurji savdo korxonalarida faqat chakana savdo shohobchalaridagi tovarlar bo‘yicha qo‘llaniladi.
2990 “Boshqa tovarlar”. Yuqoridagi schyotlarda aks ettirilmayin qolingan tovarlarning qoldig‘i va ko‘payishi debetida, kamayishi esa kreditida hisob bahosida aks ettiriladi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin