1-chi ishtirokchi pul mablag‘lari ko‘rinishida qo‘shimcha hissa qo‘shdi
2700
5110
6630
2
2-chi ishtirokchi uskuna ko‘rinishida qo‘shimcha hissa kiritdi
3300
0890
6630
3
1-chi ishtirokchi tomonidan xissa kiritilganda ustav kapitalining ko‘payishi
2700
6630
8330
4
2-chi ishtirokchi tomonidan hissa kiritilganda ustav kapitalining ko‘payishi
3300
6630
8330
Ma’suliyati cheklangan jamiyat o‘z ustav kapitalini kamaytirishga haqlidir. Jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir yil mobaynida uning ustav kapitali to‘liq to‘lanmagan taqdirda, jamiyat o‘zining ustav kapitalini amalda to‘langan miqdorgacha kamaytirishini e’lon qilishi va uning kamaytirilganligini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi yoki jamiyatni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishi lozim.
Agar ikkinchi va har bir keyingi moliya yili tugaganidan keyin jamiyat sof aktivlarining qiymati jamiyatning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi sanasidagi holatga qonunda belgilangan ustav kapitalining minimal miqdoridan kam bo‘lib qolsa, jamiyat tugatilishi kerak. Jamiyat sof aktivlarining qiymati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
MChJ ustav kapitalini kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida jamiyatning ustav kapitali kamaytirilgani va uning yangi miqdori haqida jamiyatning o‘ziga ma’lum bo‘lgan barcha kreditorlarini yozma ravishda xabardor qilishi, shuningdek qabul qilingan qaror to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida xabar e’lon qilishi shart. Bunda jamiyat kreditorlari o‘zlariga xabarnoma yo‘llangan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida yoki qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabar e’lon qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kun ichida jamiyat tegishli majburiyatlarini muddatidan ilgari tugatishini yoki ijro etishini hamda o‘zlari ko‘rgan zararning o‘rnini qoplashini yozma ravishda talab qilishga haqlidirlar.
Jamiyat ishtirokchisi jamiyatning ustav kapitalidagi o‘z ulushini yoxud uning bir qismini jamiyatning bir yoki bir necha ishtirokchisiga sotishga yoki o‘zga tarzda ular foydasiga voz kechishga haqlidir. Bunday bitimni tuzish uchun, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, jamiyatning yoki jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligi talab qilinmaydi. Jamiyat ishtirokchisi, agar jamiyatning ustavida taqiqlangan bo‘lmasa, o‘z ulushini (ulushining bir qismini) uchinchi shaxslarga sotishi yoki boshqacha tarzda ularning foydasiga voz kechishi mumkin.
Jamiyat ishtirokchisining ulushi to‘liq to‘langunga qadar bo‘lgan davrda u faqat to‘langan qismi bo‘yicha boshqa shaxsga o‘tkazilishi mumkin.