Moliyaviy hisob va hisobat


-jadval Qo‘shilgan kapital hisobi schyotlari korrespondentsiyasi



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə129/174
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#164705
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

9.10-jadval
Qo‘shilgan kapital hisobi schyotlari korrespondentsiyasi



Xo‘jalik muomalarining mazmuni

Debet

Kredit

1.

Aksiyalarning emissiya va nominal qiymatlari o‘rtasidagi farq qo‘shimcha to‘langan mablag‘larning kelib tushishi

5010

8410

2.

Sotib olish qiymatidan yuqori bahoga o‘z aksiyalarini qayta sotishdan mablag‘larning kelib tushishi

5010
5020

8610
8620

3.

Sotib olish qiymatidan past bahoga o‘z aksiyalarini qayta sotishda qo‘shilgan kapital mablag‘laridan foydalanish

8410

8610
8620

4.

Kapitalni to‘lash paytida ustav kapitalining shakllanishidan kelib chiqadigan ijobiy kurs farqining aks ettirilishi

4610
4890

8420

5.

Kapitalni to‘lash paytida ustav kapitalining shakllanishidan kelib chiqadigan salbiy kurs farqining aks ettirilishi

8420

4610
4890

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, 8410-“Emission daromad” krediti bo‘yicha faqatgina aksiyalarning birlamchi emissiyasi paytidagi nominal qiymatidan ortiqcha summa hisobga olinadi. Mazkur summa foyda solig‘iga tortish obyekti bo‘lib hisoblanmaydi.


Rezerv kapital - bu taqsimlanmagan daromaddan ajratmalar hisobiga tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyati yoki xo‘jalik shirkati xususiy kapitalining bir qismidir. Rezerv kapitali operatsion faoliyatdan kelib chiqqan zararlarni qoplash va/yoki sof daromad etarli bo‘lmagan holatlarda dividendlar to‘lash uchun foydalaniladi. Rezerv kapitalidan foydalanish va uni tashkil etish tartibi amaldagi qonunchilik va ta’sis hujjatlari bilan belgilanadi. Uning miqdori jamiyat ustav kapitalining 15 foizidan kam bo‘lmasligi kerak. Rezerv kapitali har yili sof foydadan ajratmalar o‘tkazish yo‘li bilan jamiyat ustavida belgilangan miqdorga etguncha tashkil etiladi. Har yilgi ajratmalar miqdori jamiyatning ustavida nazarda tutiladi, lekin u jamiyatning ustavida belgilangan miqdorga etgunga qadar sof foydaning besh foizidan kam bo‘lishi mumkin emas.
Jamiyatning rezerv kapitali uning zararlarini qoplash va jamiyat tomonidan jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) olish uchun mo‘ljallangandir.
Aksiyadorlik jamiyatining zaxira kapitali ko‘rilgan zararni qoplash, jamiyat obligatsiyalarini muomaladan chiqarish, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash va ushbu Qonunga muvofiq aksiyalarni sotib olishni talab qilish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarning talabiga binoan aksiyalarni sotib olish uchun mo‘ljallanadi. Zaxira kapitalidan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin emas.
Korxona ta’sis hujjatlariga asosan foyda hisobidan shakllantiriladigan rezerv kapitali (fond), mulkni qayta baholashdan yuzaga keladigan inflyatsiya rezervlari, pul mablag‘laridan tashqari tekinga olingan mulklar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun 21-son BHMSga asosan quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
8510 - “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar”;
8520 - “Rezerv kapitali (fondi)”;
8530 - “Tekinga olingan mulk”.
8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotida mulklarni qayta baholash natijasida vujudga kelgan o‘zgarishlar hisobga olinadi. Mulklarni qayta baholash natijasida rezerv kapitalining shakllanishi va to‘ldirilishi 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotining kreditida qayta baholash natijasida qiymati oshgan mulklarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Asosiy vositalarni ularning bozor qiymati bo‘yicha qayta baholash hukumat yoki korxona (muassislar) mol-mulki egalarining qaroriga ko‘ra – mazkur bozor bahosini aniq belgilash sharti bilan amalga oshiriladi.
Agarda qayta baholash aktiv qiymatining oshishiga emas, balki kamayishiga olib kelsa, uni hisobda aks ettirishning 2 usuli mavjud. Agar bir aktiv qiymatining kamayishi uning avvalgi oshishi bilan kompensatsiyalansa, bu holat 8510-“Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotining debeti bo‘yicha aks ettiriladi. Arzonlashtirilishi qiymatning ko‘payishidan yuqori bo‘lsa, ortiqcha summa xarajat sifatida tan olinadi va 9430-“Boshqa operatsion xarajatlar” schyotida aks ettiriladi.
Agar uzoq muddatli aktivlar chiqib ketayotgan va chiqib ketishdan moliyaviy natijani aniqlash kerak bo‘lsa, qo‘shimcha baholash (ortiqcha) summalari bir vaqtning o‘zida 8510-schyot bo‘yicha rezerv kapitalining kamayishi bilan chiqib ketishdan daromadlar tarkibiga kiritiladi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin