Debet; debit; дебет; buxgalteriya hisobi schyotining bir qismi. Aktiv schyotlarning debeti bo‘yicha hisob ob’yektining ko‘payishi aks ettiriladi, passiv schyotlarning debeti bo‘yicha esa kamayishi yoziladi.
Depozit sertifikati; certificate of deposit; депозитный сертификат; ma’lum bir muddatga pul mablag‘larini bankka qo‘ygan shaxslarga bu haqda tasdiqlovchi qimmatbaho qog‘oz bo‘lib, uning egasi daromad manbai hisoblanadi.
Dividend; the dividend; дивиденд; aktsiyadorlik jamiyati foydasining bir qismi bo‘lib, aktsiyadorlar o‘rtasida soliqlarni, ishlab chiqarishni kengaytirishga ajratmalarni, zaxiralarni tashkil etish, obligatsiyalar bo‘yicha foizlarni va boshqa to‘lovlarni amalga oshirilganidan so‘nggina taqsimlanadi.
Ehtiyotkorlik; foresight; предвидение; qarorlar qabul qilishda ehtiyotkorlik qoidasiga rioya qilish aktivlar va daromad qaytadan baholanmasligi, majburiyatlar yoki xarajatlar esa etarlicha baholanmasligiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida noaniqlik sharoitida baho chiqarish uchun zarurdir.
Funktsiya; function; функция; lot. functio — bajarish, amalga oshirish) (tilshunoslikda) — muayyan til, til birligi, lisoniy shaklning u yoki bu vazifani bajarish qobiliyati; tilning kishilik jamiyatidagi roli, vazifasi; til tizimining barcha sathlaridauning birliklari o‘rtasidagi bog‘liqlik yoki munosabatlar.
Hisob; account; счет; biror narsa mavjudligini belgilash, uni o‘lchash va son hamda sifat tomonidan qayd etish
Hisob siyosati; accounting policy; учетная политика; bu buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ekt qo‘llaydigan usullarning jamlamasidir.
Hujjat aylanishi; flow of documents; документооборот; hisob jarayonida hujjatlarni tuzish vaqtida ularni arxivga topshirishgacha bo‘lgan hujjatlar harakati. Korxonalarning xo‘jalik bo‘limlari (boshqaruv bo‘limi, ishlab chiqarish sexi, uchastka, brigada va h.k.) da tuzilgan hujjatlar buxgalteriyaga topshiriladi. U yerda shaklan va mazmunan tekshiriladi, bir xillik belgilariga qarab guruhlanadi va hisob registrlariga yozilgandan so‘ng papkalarga tikilib, turli ma’lumotlar berish va turli tekshirishlar uchun foydalaniladi. Ilmiy – tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar davlat arxiviga topshiriladi, qolganlari yo‘q qilinadi. Har bir korxonada hujjatlarni tuzish kimga yuklatilganligi, kim kimga qaysi muddatda hujjatlarni taqdim etishi, hujjatlarning hisobda foydalanilishi ko‘rsatiladi.