3.5. Ish haqi va boshqa to‘lovlarni hisoblash Ishchi va xizmatchilarga ish haqi bo‘yicha hisoblashishlarni olib borish buxgalteriya hisobining schyotlar rejasida quyidagi schyotlardan foydalanish ko‘zda tutilgan:
6710-“Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar” schyoti;
6720-“Deponentlangan ish haqi” schyoti.
6710-“Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar” hisobvarag‘ining kredit tomonida mehnat haqi, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar, pensiyalar va boshqa shu kabi summalarning hisoblab yozilishi aks ettiriladi. 6710-“Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar” hisobvarag‘ining debet tomonida hisoblangan mehnat haqini to‘lash va undan ushlanmalar aks ettiriladi.
6720-“Deponentlangan ish haqi” hisobvarag‘ida olinmagan ish haqi bo‘yicha xodimlarga bo‘lgan qarzlar aks ettiriladi.
Mehnat shartnomalariga yoki ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish predmeti bo‘lgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga hisoblanadigan va to‘lanadigan barcha to‘lovlar mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar deb e’tirof etiladi (Soliq kodeksining 172-moddasi). Ya’ni bu holatda daromadlarga mehnat shartnomasiga ko‘ra majburiyatlarni bajarganlik uchun haq sifatida olingan daromadlar (ish haqi, mukofotlar va boshqa to‘lovlar), shuningdek fuqarolik-huquqiy majburiyatlar – pudrat, o‘zaro xizmat ko‘rsatish, topshiriq shartnomalari bo‘yicha to‘lov sifatida olingan haq va boshqalar kiradi.
Mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi (Mehnat kodeksining 153-moddasi). Bunda mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas va uning eng ko‘p miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi.
3.1-jadval Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar aks ettirilishi