6.3-jadval MChJda uskunani sotib olish muomalalarini aks ettirish
T/r
Muomalalar mazmuni
Summa, ming so‘m
Debet
Kredit
1
Uskuna uchun oldindan to‘lov aks ettirildi
18400
4320
5110
2
Yetkazib berish uchun oldindan to‘lov aks ettirildi
1300
4330
5110
3
Yetkazib berishni hisobga olgan holda uskunaning omborga kelib tushishi aks ettirildi
19700
0710
6010
4
Uskuna uchun oldindan to‘lov summasi hisobga olindi
18400
6010
4320
5
Yetkazib berish uchun oldindan to‘lov summasi hisobga olindi
1300
6010
4330
6
O‘rnatiladigan uskuna montaj uchun berildi
19700
0820
0710
7
Montaj qilish bo‘yicha yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari uskuna qiymatiga qo‘shildi
1400
0820
2310
8
Uskunani foydalanishga topshirish aks ettirildi
21100
0130
0820
6.4- jadval Chet el valyutasida asosiy vositalar sotib olinishini aks ettirish
№
Muomalalar mazmuni
Debet
Kredit
1
Mol yetkazib beruvchiga oldindan to‘lov o‘tkazildi
4320
5210
2
Asosiy vositalar (shartnoma qiymati) O‘zR bojxona hududigacha keltirildi, bojxona rasmiylashtiruvi o‘tkaziladi, BYuDni rasmiylashtirish sanasidagi kurs bo‘yicha
0820
6010
3
Bo‘nakni qayta baholash: manfiy kurs farqi
musbat kurs farqi
9620
4320
4320
9540
4
Bo‘nak hisobdan chiqarildi
6010
4320
5
Mol yetkazib beruvchi bilan yakuniy hisob-kitob amalga oshirildi
6010
5210
6
Import qilishda yuzaga keladigan hamda asosiy vosita xarid qiymatiga kiritiladigan bojxona to‘lovlari va boshqa xarajatlar aks ettiriladi
0820
6990
7
Import shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar foydalanishga topshirildi
0100
0820
Misol. Korxona oldin foydalanilgan engil avtomobilni moliyaviy ijaraga olish to‘g‘risida shartnoma tuzdi(2 yil). Avtomobilning boshlang‘ich qiymati 20000ming so‘m. Hisoblangan eskirish 5 000 ming so‘mni tashkil etadi. Ikki yilga ijara haqi shartnomaga ko‘ra avtomobilning qoldiq qiymatiga teng va 15000 ming so‘mni tashkil etadi. Ushbu summa har oy teng ulushda to‘lanishi lozim.
Ijara to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlar joriy va uzoq muddalilarga bo‘linadi. Joriy qismi 6950-“Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi” schyotida, uzoq muddatlisi esa 7910-“To‘lanadigan uzoq muddatli ijara” schyotida aks ettiriladi. Har oylik ijara haqi 625 ming so‘mni tashkil etadi.
Molyaviy ijara shartnomasiga asosan olingan asosiy vositalar ijarachi tomonidan 0310-“Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar” schyotida hisobga olinadi. Ularga hisoblangan eskirish 0299-“Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi” schyotida aks ettiriladi.