6.14-jadval Asosiy vositalarning boshqa korxona va shaxslarga tekinga berilishi munosabati bilan chiqib ketishi
Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni
Debet
Kredit
Asosiy vositalar dastlabki (tiklash) qiymatining hisobdan chiqarilishi
9210
0100
Hisoblangan eskirishning hisobdan chiqarilishi
0200
9210
Chiqib ketayotgan aktivning qayta baholangan saldosini hisobdan chiqarish aks ettiriladi
8510
9210
Qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisoblanishi
9210
6410
Moliyaviy natija (zarar)ni aks ettirish
9430
9210
To‘liq amortizatsiyalanmagan asosiy vositalarni tekinga berishdan ko‘rilgan zarar berilayotgan asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklash) qiymati bilan jamlangan eskirish o‘rtasidagi, beruvchi taraf to‘laydigan QQS summasiga oshirilgan hamda asosiy vositalarni qayta baholash natijalariga (saldoga) tuzatilgan farq sifatida belgilanadi.
Masala. MChJda inventarlash jarayonida komissiya tomonidan amalda korxonaning barcha xodimlari tomonidan foydalaniladigan kseroks (nusxa ko‘paytirish moslamasi)ning buzilganligi aniqlandi. Komissiya kseroksning buzilganligi va keyinchalik foydalanish uchun uni tiklash maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida dalolatnoma tuzdi. Buzilishning aybdorlari aniqlanmadi. Kseroksning boshlang‘ich qiymati 1200 ming so‘mni, hisoblangan amortizatsiya summasi 960 ming so‘mni tashkil qiladi. 8510-hisobvaraqning kreditidagi saldo - 100 ming so‘m.
Asosiy vositalarni tugatish to‘g‘risidagi dalolatnoma (AV-4-son shakl) va transport vositalarini tugatish to‘g‘risidagi dalolatnoma (AV-4a-son shakl) ikki nusxada tuziladi, korxona, tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi va korxona, tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.