6.11-jadval
Asosiy vositalar haq evaziga sotilganda ularning chiqib ketishi
Muomalalar mazmuni
|
Debet
|
Kredit
|
Asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklanish) qiymatini hisobdan chiqarish
|
9210
|
0100
|
Hisoblangan eskirishni hisobdan chiqarish
|
0200
|
9210
|
Asosiy vositalarni sotishdan tushgan tushumning aks ettirilishi
|
4010
|
9210
|
Asosiy vositalar chiqib ketayotganida 8510-schyot bo‘yicha saldoni hisobdan chiqarish
|
8510
|
9210
|
Qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisoblanishi
|
9210
|
6410
|
Asosiy vositalarni sotishdan olingan zararning aks ettirilishi
|
9430
|
9210
|
Asosiy vositalarni sotishdan olingan foydaning aks ettirilishi
|
9210
|
9310
|
Asosiy vositalarning boshqa korxonalar ustav kapitaliga ulush sifatida berilishi munosabati bilan chiqib ketishi ta’sis shartnomasiga asosan amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobida bu tarzda berish “Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 6-paragrafiga va 21-son BHMSga asosan aks ettirilishi kerak.
6.12-jadval
Asosiy vositalarning boshqa korxonalar ustav kapitaliga ulush sifatida berilishi munosabati bilan chiqib ketishi
Muomalalar mazmuni
|
Debet
|
Kredit
|
Asosiy vositalar dastlabki (tiklash) qiymatining hisobdan chiqarilishi
|
9210
|
0100
|
Hisoblangan eskirishning hisobdan chiqarilishi
|
0200
|
9210
|
Ustav kapitaliga asosiy vositalar bilan kiritilgan ulushning aks ettirilishi
|
0600
|
9210
|
Qo‘shimcha baholangan asosiy vosita chiqib ketayotganida 8510-hisobvaraqning yopilishi
|
8510
|
9210
|
Asosiy vositalarning chiqib ketishidan olingan moliyaviy natija (foyda)ni aks ettirish
|
9210
|
9310
|
Asosiy vositalarning chiqib ketishidan olingan moliyaviy natija (zarar)ni aks ettirish
|
9430
|
9210
|
Masala. MChJ kompyuterni tiklash samarasizligi tufayli uni foydalanishdan hisobdan chiqaradi. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga ko‘ra kompyuterning dastlabki qiymati 5 000 ming so‘mni, chiqib ketish paytida u bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya 4 000 ming so‘mni tashkil qiladi. Qismlarga ajratishda foydalanish uchun yaroqli qism 160 ming so‘m bozor qiymati bo‘yicha kirim qilindi. Qismlarga ajratuvchi xodimga ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar bilan birga 54 ming so‘m ish haqi hisoblandi.
Kompyuterni tugatishdan olingan moliyaviy natija quyidagicha aniqlanadi:
5000000 - 4000000 - 160000 + 54000 = 894000 so‘m - AV tugatilishidan ko‘rilgan zarar.
Dostları ilə paylaş: |