Moliyaviy hisob va hisobat


Asosiy vositalar amortizatsiyasi (eskirishi) hisobi



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə87/174
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#164705
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

6.6. Asosiy vositalar amortizatsiyasi (eskirishi) hisobi
Asosiy vositalarni uzoq vaqt davomida natural shaklini saqlagan va qiymatini bir vaqda o‘zgartirishi bilan ishlashi bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlari amortizatsiya miqdorini aniqlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ushbu miqdor asosiy vositalardan foydalanish jarayonida ularning eskirishi yoki boshlang‘ich qiymatini kamayishi miqdorini ko‘rsatadi.
Asosiy vositalarning eskirishi jismoniy va ma’naviy bo‘lishi mumkin.
Jismoniy eskirish deganda asosiy fondlarning boshlang‘ich iste’mol qiymatini faqatgina foydalanish jarayonidayo‘qotishi emas, balki ishlatilmay turganda ham (tashqi ta’sirlar, atmosfera ta’siri, zanglash natijasida) o‘z qiymatini asta-sekin yo‘qotib borishi tushuniladi.
Ma’naviy eskirish – mashina va uskunalarning joriy davrdagi bozor qiymatining ular sotib olingan davrga nisbatan pasayishidir (yoki yangi, yanada taraqqiy topgan va iqtisodiy samarali mashina va uskunalarning joriy etilishi natijasida ular qiymatining pasayishi). Boshqacha aytganda, ma’naviy eskirish natijasida asosiy vositalar o‘zining texnik xususiyati va iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha eskiradi.
Amortizatsiya – foydali xizmat muddati mobaynida aktivning amortizatsiyalanadigan qiymatini mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr xarajatlariga muntazam taqsimlash va o‘tkazish ko‘rinishidagi eskirishning qiymat ifodasidir.
Asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur obyekt asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning dastlabki sanasidan boshlanadi va mazkur obyektning amortizatsiyalanadigan qiymati to‘liq so‘ndirilgan yoki bu obyekt balansdan hisobdan chiqarilgan oydan keyingi oyning dastlabki sanasida to‘xtatiladi.
Quyidagilar amortizatsiya qilinmaydi:
1) yer uchastkalari va tabiatdan foydalanishga doir boshqa obyektlar (suv, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslar);
2) mahsuldor chorva mollari;
3) kutubxona fondi;
4) muzey qimmatliklari (muzey ashyolari);
5) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiyalashga o‘tkazilgan asosiy vositalar;
6) arxitektura yodgorliklari;
7) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, yo‘laklar, sayilgohlar, xiyobonlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo‘lgan obodonlashtirish inshootlari;
8) qiymati ilgari to‘liq chegirilgan mol-mulk;
9) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar tarkibiga o‘tkazilmagan kapital qo‘yilmalar.
6.8-jadval

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin