Import qilinadigan tovarlar bo‘yicha schet-faktura bo‘lib bojxona yuk deklaratsiyasi va qo‘shilgan qiymat solig‘i amalda to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov hujjatlari hisoblanadi.
8.5-jadval Import shartnomalari bo‘yicha haq evaziga sotib olingan tovarlarning kelib tushishi
№
Muomala mazmuni
Debet
Kredit
1
Markaziy bankning bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish sanadagi kursi bo‘yicha tovarlar kirim qilindi
2920
6010
2
Tovarlarning xarid qiymatiga qo‘shiladigan, import vaqtida yuzaga kelgan bojxona to‘lovlari va boshqa xarajatlar aks ettirildi
Import qilingan tovarlar bo‘yicha QQSni (ixtiyoriy ravishda QQS to‘lovchilar tomonidan) hisobga kiritish aks ettirildi
6410
6990
Bojxonadan import tovarlar savdo korxonasi vakili (ekspeditori) tomonidan BYuD asosida qabul qilib olinadi. Ombor mudirlari ekspeditorlardan import tovarlarni tasdiqlangan shakllardagi “Kirim orderi” (M-3, M-4) tuzish yo‘li bilan qabul qilib oladilar.
Boshqa shah arlarda joylashgan ta’minotchilardan tovarlar asosan temir yo‘l va yo‘l avtotransporti orqali, bir shaharda joylashgan ta’minotchilardan ular asosan yo‘l avtotransporti bilan tashib keltiriladi.
Ta’minotchilar tovarlarni ulgurji savdo korxonalariga jo‘natishni tuzilgan shartnomalarga asosan oldindan to‘lovni kamida 15 foizi o‘tkazib berilgan taqdirda amalga oshiradilar. Tovarlarni jo‘natishda ta’minotchilar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
tovarlarni sifat jihatlarini tasdiqlovchi hujjatlar – bular muvofiqlik sertifikati, spetsifikatsiyalar, laboratoriya tahlili dalolatnomasi, o‘lchov tahlili dalolatnomasi, o‘rov yorliqlari;
hisob-kitob hujjatlari – bular belgilangan shakllarda tuzilgan schyot-fakturalar, invoys va to‘lov talabnomasi.
Tovarlarni bevosita ta’minotchilardan yoki temir yo‘l transporti stantsiyasidan qabul qilish va olib kelish uchun ulgurji savdo korxonalari o‘zlarining vakillari nomlariga ishonchnomalar beradilar. Tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2003 yil 7 maydagi 62-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Tovar-moddiy boyliklarni olishga ishonchnomalarni berish va ishonchnomalar bo‘yicha ularning berish tartibi to‘g‘risida Nizom”ga muvofiq amalga oshiriladi.
Chakana savdo korxonalari sotib olingan tovarlar hisobini sotish narxlari bo‘yicha ustama qiymatini ajratib ko‘rsatgan holda yuritishlari mumkin. Bunda sotib olingan va hisobga olingan tovarlar qiymati ustama summasiga ko‘payadi.
Buxgalteriya. hisobida bu operatsiya 2910-«Ombordagi tovarlar» va 2920-«Chakana savdodagi tovarlar» schyotlarining debetida 2980-«Savdo ustamasi» schyotining krediti bilan korrespondentsiyada aks ettiriladi.