8.3-jadval
Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlarning bog‘lanishi
T/r
|
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
Savdo korxonalarining asosiy va yordamchi ishlab chiqarishdan qayta ishlash jarayonida olingan tovarlarni kirim qilish
|
2920
|
2010, 2310
|
2
|
Tovarlarni hisobdor summa hisobidan sotib olish
|
2920
|
6970
|
3
|
Mol yetkazib beruvchilardan tovarlar olindi
|
2920
|
6010
|
4
|
Ustav kapitaliga ulush sifatida kelib tushgan tovarlarning kirim qilinishi
|
2910- 2990
|
4610
|
5
|
Tekinga olingan tovarlarni kirim qilish
|
2920
|
8530
|
6
|
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tovarlar va idishlar
|
2910- 2990
|
9390
|
7
|
Yaroqsiz holga kelgan prokat buyumlarini hisobdan chiqarish
|
9430
|
2940
|
8
|
Tovarlar qayta ishlashga berildi
|
2010
|
2920
|
9
|
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomad, agar aybdor shaxs aniqlanmagan bo‘lsa
|
5910
|
2920
|
10
|
Sotilgan tovarlarning tannarxini hisobdan chiqarish
|
9120
|
2920
|
11
|
Inventarizatsiya natijasida moddiy javobgar shaxs aybi bilan aniqlangan kamomad
|
4730
|
2920
|
12
|
Tovarlarga savdo ustamasi
|
2920
|
2980
|
13
|
Sotilgan savdo ustamasining hisobdan chiqarilishi
|
2980
|
9120
|
Agar yagona soliq to‘lovchilari Soliq kodeksiga muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan aylanmalarni amalga oshirsalar, qo‘shilgan qiymat solig‘ini ixtiyoriy ravishda to‘lashlari mumkin. Tegishincha, ixtiyoriy ravishda QQS to‘lovchi savdo korxonalari hisobot davri mobaynida haqiqatda kelib tushgan, shu jumladan import qilingan, soliq solinadigan aylanma, jumladan nol darajali stavka bo‘yicha aylanma uchun foydalaniladigan tovarlar uchun olingan schyot-fakturatar bo‘yicha to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan QQS summasini hisobga kiritishlari mumkin.
Misol. Chakana savdo korxonasi birining narxi 15000 so‘m bo‘lgan 40ta bolalar kiyimini sotib oldi. Xaridning umumiy qiymati 600 ming so‘m. To‘lov 100 % miqdorida oldindan to‘lov tarzida amalga oshirildi. To‘plamga ustama 20 % miqdorida belgilandi.
Dostları ilə paylaş: |